Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

Ko‘zning funksiyasi. Ko‘z bajaradigan funksiyasiga ko‘ra, ikki
qismdan: ko‘zning optik tizimi va retseptor qismidan iborat.
Ko‘zning optik sistemasiga uning shox pardasi, ko‘z ichi
suyuqligi, gavhar va  shishasimon tana kiradi. Bular ko‘zga tushadigan
yorug‘lik nurini sindirib o‘tkazadi va uni ko‘zning ichki to‘r-
pardasida joylashgan retseptorlarga to‘plab beradi. Yorug‘lik nurini
sindirib o‘tkazishda, ayniqsa, ko‘z gavhari muhim o‘rin tutadi.
Yaqindagi buyumlarga qaraganimizda gavhar qalinlashadi. Uzoqdagi
buyumlarga qaraganimizda esa yassilashadi. Gavhar shaklining
bunday o‘zgarishi akkomodatsiya deb atalib, u gavhar atrofini o‘rab
turgan kiðriksimon muskul tolalarining qisqarishi va bo‘shashishi
orqali amalga oshadi. Demak, akkomodatsiya ko‘zning uzoqni va
yaqinni ko‘rish qobiliyatini ta’minlaydi.
Ko‘z qorachig‘i — ko‘zning rangli pardasi o‘rtasida joylash-
gan teshikcha bo‘lib, uning atrofi aylana va to‘g‘ri yo‘nalgan
72- rasm. Ko‘z soqqasi:
— ko‘z soqqasining oq pardasi;
— ko‘z soqqasining shox pardasi;
— ko‘zning qon tomir pardasi;
— ko‘zning kamalak pardasi;
— ko‘zning oldingi bo‘shlig‘i
(suyuqlik bilan to‘lgan); — ko‘z
qorachig‘i; — ko‘z gavhari; 
gavharni o‘rab turuvchi
ki priksimon muskul; — shisha-
simon tana; 10 — ko‘zning
to‘rpardasi; 11 — ko‘rish nervi.


132
muskullar bilan o‘ralgan. Qorachiqning ana shu funksiyasi tufayli
buyumlarning shakli, rangi, ko‘rinishi va boshqa xususiyatlari
ko‘zning to‘rpardasiga aniq o‘tkaziladi (73- rasm).
Ko‘zning ichki to‘rpardasi joylashgan kolbasimon retseptorlar
rang bilish xususiyatiga ega, ular ko‘k, yashil va qizil ranglarni
qabul qiladi (74- rasm.)

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling