Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘zning ko‘rish maydoni.
- Ko‘rish gigiyenasi.
Ko‘rish o‘tkirligi. Ko‘rish o‘tkirligi ikkita buyum bir-biriga
qo‘shilib ketmasdan, alohida-alohida ko‘rinishi uchun zarur bo‘l- gan ular orasidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Ko‘rish o‘tkirligi normal bo‘lgan odam 60 sekundda burchak hosil qilib joylashgan ikkita nuqtani yaqqol aniqlay oladi. Ko‘rish o‘tkirligi maxsus Golovin jadvali yordamida aniqlanadi (75- rasmga qarang). Aniqlash usuli laboratoriya mashg‘ulotida berilgan. Ko‘zning ko‘rish maydoni. Ko‘zni harakatlantirmay turganda atrofdagi buyumlarni, ularning rangini ko‘ra olish xususiyati. Ko‘rish organi funksiyasining buzilishi. Yaqindan ko‘rish (miopiya) holati tug‘ma va hayotda orttirilgan bo‘ladi. Uzoqdan ko‘rish (giðermetropiya) holati, asosan, tug‘ma bo‘ladi, ammo keksalarda ko‘z gavhari do‘ngligining kamayishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi odamlarda kolbasimon retseptorlarning funksiyasi tug‘ma buzilishi tufayli yashil, qizil va boshqa ranglarni sezish qobiliyati buziladi (daltonizm kasalligi). Bu ko‘pincha erkaklarda uchrab, irsiy o‘tadi. Ko‘rish gigiyenasi. Ko‘rish qobiliyati me’yorida saqlanishi uchun quyidagi gigiyenik qoidalarga rioya qilish lozim: — yorug‘likning yetarli (100—150 luks) bo‘lishi; — yorug‘likning chap tomondan tushishi; — kitob, daftar, tikish va rasm chizish buyumlarini ko‘zdan o‘rtacha 40 sm masofada tutish (har bir odamning ikki qarichiga teng masofada); — o‘qish, yozish, chizish, mashg‘ulotlarida har 15 minutda ko‘zga 15 daqiqa dam berib, derazadan uzoqqa qarash; — kundalik ovqat tarkibida A vitaminga boy taomlar (jigar, sariyog‘, sabzi, qovoq)ni muntazam iste’mol qilish; — avtobus, tramvay, metro, poyezd va boshqa transport vositalarida ketayotganda o‘qish yaramaydi. Bu vaqtda qo‘ldagi kitob yoki jurnal, gazeta qimirlab turadi. Bu esa ko‘z gavhari shaklining uzluksiz o‘zgarib turishiga sabab bo‘ladi va ko‘zni toliqtirib, uning 133 xiralashib qolishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, yotib o‘qish ham zararli; uzoq vaqt davomida televizor ko‘rish ham ko‘zni toliqtiradi; — ko‘zni quyosh nuridan, yonib turgan olov shu’lasidan, changdan va shunga o‘xshash noqulay ta’sirlardan himoya qilish lozim. Shuningdek, ko‘zni qo‘l barmoqlari bilan ishqalash yara- maydi. Ko‘z qichishsa, toza bint yoki ro‘molcha bilan avaylab usti- dan silash mumkin; — zararli odat bo‘lgan chekish, spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlik ko‘zning turli kasalliklari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi; Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling