Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
- rasm. Asosiy mimika harakatlari
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
70- rasm. Asosiy mimika harakatlari:
1 — osoyishta chehra; 2 — tabassum; 3 — xushchaqchaq chehra; 4 — savol ma’noli chehra; 5 — e’tibor; 6 — o‘ylash; 7 — nafratlanish; 8 — qayg‘u; 9 — yig‘i. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 123 larning xususiyatlarini va hokazo. Albatta, bunda har bir odam nerv sistemasining individual xususiyatlari, tajribasi, malakasi kabilar muhim rol o‘ynaydi. Uzoq muddatli xotirada ta’sirning izi miya hujayralarida uzoq muddat davomida, ba’zilari umr bo‘yi saqlanadi. Sodir bo‘lgan voqealarning eslab qolinishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘ladi. Ixtiyorsiz eslab qolish odamning xohishiga bog‘liq emas, bunda odam uchun ahamiyatga ega bo‘lmagan ba’zi o‘tkinchi, tasodifiy ta’sirlar ma’lum vaqt davomida saqlanib qoladi. Ixtiyoriy eslab qolishda odam tashqi muhitdagi voqealarni, ta’sirni tanlab, ularning kerakligini, zaru- rini, xohlaganini xotirada saqlaydi. Voqealar, ta’sirlar ko‘p bo‘l- ganida ularning hammasi esda qolmaydi. Ko‘p yoki oz voqea ta’sirini eslab qolish va ularni oz yoki ko‘p muddat davomida saqlash har bir odamning individual qobiliyatiga hamda voqealarning ahamiyatiga bog‘liq. Bundan tashqari, har bir ta’sir (axborot, voqea) qancha ko‘p takrorlansa, shuncha uzoq vaqt esda qoladi. Shu bilan birga, har bir odam nerv sistemasining xususiyatlariga ko‘ra, voqealarni eslab qolishi har xil bo‘ladi. 1. Odamning nutqi va fikrlash qobiliyati qanday rivojlanadi? 2. Odam xulq-atvorining shakllanishi nimalarga bog‘liq? 3. Hissiyot va uning turlarini hamda sodir bo‘lishini tushuntiring. 45- §. Uyqu va uning ahamiyati Uyquning fiziologik tabiati. Uyqu bosh miya katta yarimsharlari po‘stloq qismidagi nerv markazlarining tormozlanishi natijasida hosil bo‘ladigan fiziologik holatdir. Uyqu vaqtida analizatorlarning faoliyati pasayadi yoki butunlay yo‘qoladi, ya’ni ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, harakatlanish, terining issiq-sovuqni, siypalashni, kuchsiz og‘riqni sezish xususiyatlari deyarli yo‘qoladi. Uxlagan odamda oliy nerv faoliyatiga xos bo‘lgan fikrlash, ong, tashqi muhitdagi voqealarni, o‘zgarishlarni sezish, ular to‘g‘risida xulosa qilish qobiliyati deyarli yo‘qoladi. Shartli reflekslar hosil bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, uyqu vaqtida markaziy nerv sistemasi- ning quyi qismlari, ya’ni orqa miya, uzunchoq, o‘rta, oraliq miya- dagi markazlarning ish faoliyati butunlay yo‘qolmaydi. Ma’lum darajada pasayadi, chunki bu markazlar odamning hayotini ta’minlaydigan organlar (yurak-qon tomir, nafas olish tizimi, buyrak, endokrin sistemasi kabilar) ishini boshqaradi. Shuning uchun uyqu vaqtida bu organlarning ishi pasayadi, xolos. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling