114
XII b o b
.
OLIY NERV FAOLIYATI
41- §. Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha.
Shartsiz va shartli reflekslar
Ø
Reflekslarning yuzaga kelish sabablari va xususiyatlari
Bosh miya katta yarimsharlari va ularning po‘stlog‘i markaziy
nerv sistemasining yuqori qismi bo‘lib hisoblanadi. Odamning
xulq-atvori,
fikrlashi, ongi va barcha ruhiy xususiyatlari oliy nerv
faoliyati bo‘lib, u bosh miya katta yarimsharlari va ular po‘stlog‘ida
joylashgan nerv markazlarining normal funksiyasiga bog‘liq.
Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namo-
yon bo‘ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog‘la-
nishini, uning har xil sharoitga moslashishini ta’minlaydi.
Odamning
barcha ixtiyoriy harakatlari, fikrlashi va ruhiy holatlari
reflekslar orqali sodir bo‘lishini rus fiziolog olimi I. M. Sechenov
1863- yilda yozgan „Bosh reflekslari“ kitobida ko‘rsatib o‘tgan.
Uning reflekslar haqidagi fikrlarini I. P. Pavlov yanada rivoj-
lantirib, shartli reflekslar haqidagi ta’limotni yaratdi.
U odamning
oliy nerv faoliyatini shartli reflekslar orqali namoyon bo‘lishini
ko‘rsatib berdi.
Refleks — tashqi va ichki muhit ta’siriga odam organizmining
nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan javob reaksiyasidir. Marka-
ziy nerv sistemasining qaysi
qismi ishtirok etishiga qarab, reflekslar
ikki xil: shartsiz va shartli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: