Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chaqaloqlik davri.
- Emadigan davri.
yetti oylik homila.
Bo‘yining uzunligi 35 sm, tanasining vazni 1000 — 1300 g atrofida bo‘ladi. 153 yoshi (7—11 yosh); o‘rta maktab yoshi (12—14 yosh); katta maktab yoshi (15—18 yosh) ga bo‘linadi. 12—18 yosh o‘smirlik davridir. Chaqaloqlik davri. Bola bir oylik bo‘lguncha chaqaloq hisob- lanadi. Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo‘lib, u har xil kasalliklarga tez chalinadi. Shuning uchun uni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimiz urf-odatiga ko‘ra, chaqaloq 40 kunlik bo‘lguncha chilla davri deb ataladi. Bu davrda ona va bola juda avaylab, ehtiyot qilinadi. Buning natijasida ular har xil kasalliklardan muhofaza etiladi. Bolaning kindigi kesilgandan keyin uning o‘rni bitgunicha (8—12 kun) jarohatni toza saqlash, unga mikrob tushishidan ehtiyot bo‘lish zarur. Kindik yarasiga brilyant yashili surtib turiladi. Bolaning terisi juda yupqa, nozik bo‘lganligi uchun uni nihoyatda toza saqlash kerak. Yo‘rgaklari toza, dazmollangan bo‘lishi, parvarish qiluvchi kishi qo‘lini sovunlab yuvib turishi va og‘iz-burniga to‘rt qavatli doka niqob tutishi kerak. Chaqaloqning hazm organlari juda nozik bo‘lganligi sababli uni ovqatlantirish qoidalariga alohida e’tibor berish kerak. U onasini emib o‘sa boshlaydi. Ona suti bo‘lmasa yoki yetishmasa, sun’iy sut aralashmalari beriladi. Emadigan davri. Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bola o‘sa borishi bilan asta-sekin uning sezgi organlari, nerv sistemasi, tayanch-harakatlanish sistemasi rivojlana boradi. Bir oylik bolada ko‘rish organining faoliyatini yaqqol kuzatish mumkin, ya’ni u o‘yinchoq qimirlagan tomonga ko‘z soqqasini harakatlantiradi. Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi, kuladi, qo‘llari bilan o‘yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi. Besh oylik bola o‘ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi, qiyqiradi; 7 oylikda bemalol o‘tiradi, emaklaydi, 8 oylikda buyumlarni ushlab o‘rnidan tura boshlaydi; 11 oylikda oddiy so‘zlarni ayta boshlaydi va qo‘lidan yetaklasa yuradi; 12 oylikda o‘zi yura boshlaydi va 10—12 ta so‘zni ayta oladi. Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi. Sut tishlari 6—7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga to‘lganida 8 ta sut tishi bo‘lishi kerak. Bola boshining ensa va tepa suyaklari o‘rtasida kichik liqildoq 154 (bo‘sh joy), peshana va tepa suyaklari o‘rtasida katta liqildoq bo‘ladi. Bolaning boshini avaylab ushlash, biron narsaga urilishidan ehtiyot qilish kerak (83-rasm). D vitamini yetishmasa, bola suyaklarining shakllanishi buziladi, liqildoqning bitishi va sut tishlarining chiqishi kechikadi. Suyaklar yumshab egiluvchan bo‘lib qoladi. Chaqaloqning umurtqa pog‘onasi tekis bo‘ladi, ya’ni unda fiziologik egriliklar bo‘lmaydi. U 8—10 haftalik bo‘lganda, boshini tikka tuta boshlaydi va umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismida oldinga egilish hosil bo‘ladi. Bola 5 oyligida o‘tira boshlaydi va uning umurtqa pog‘onasi ko‘krak qismida orqaga egilma hosil bo‘ladi. Bir yoshga kirgan bola yura boshlaydi va uning bel umurtqasida oldinga tomon egilma hosil bo‘ladi (84- rasm). Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling