Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
- rasm. Emadigan bola kalla suyagining tutashish joyidagi
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab yoshi davri.
- Akseleratsiya.
83- rasm. Emadigan bola kalla suyagining tutashish joyidagi
bo‘shliqlar va liqildoqlar. 84- rasm. Emadigan bolaning umurtqa pog‘onasida anatomik egriliklar hosil bo‘lishi. 155 Maktabgacha tarbiya yoshi davri. Bola 2 yoshligida jismoniy va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi, tanasining og‘irligi har oyda 200—250 g dan ortib boradi, bo‘yi 1 sm dan o‘sadi. Uch yoshli bola tanasining massasi 1 yilda 2—2,8 kg, bo‘yi 7—8 sm ga ortadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3- yosh oxirida so‘z boyligi 1000—1200 taga yetadi. 2—3 yoshdagi bolalarning xarakterli xususiyati shundaki, ular juda harakat- chan, tinib-tinchimas bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda shikastlanish, har xil kimyoviy moddalar, kattalar iste’mol qiladigan dorilar bilan zaharlanish hollari tez-tez uchrab turadi. Shu tufayli bu yoshda ularni bir daqiqa ham qarovsiz qoldirmaslik kerak. 4—5 yoshli bolalarning og‘irligi har yili 1,5—2 kg ga ortadi, bo‘yining o‘sishi 4—6 sm ni tashkil etadi; 6—7 yoshda bo‘yining o‘sishi tezlashib, bir yilda 8—10 sm ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi. Maktab yoshi davri. Ma’lumki, har bir odam umrining o‘n ikki yilini maktab, akademik litsey, kollejda o‘tkazadi. Bu davrda bola va o‘smir organizmi uzluksiz o‘sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga, u tashqi muhitning turli ta’sirlariga juda beriluvchan bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning yashash, o‘qish va tarbiyalanish sharoiti ularning normal o‘sishi va rivojlanishiga, sog‘lig‘iga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, bu sharoitning qulay yoki noqulay tashkil qili- nishiga ko‘ra, bolalar va o‘smirlarning o‘sishi va rivojlanishi normal yoki nonormal bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo‘lib yetishishi uchun maktabda va oilada gigiyena talablariga rioya qilishlari zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi, o‘quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug‘lik yetarli bo‘lishi, stol-stullar bo‘yiga mos bo‘lishi, o‘quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani tog‘ri tutish kabilarga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Akseleratsiya. So‘nggi yillarda odam organizmi jismoniy va fiziologik rivojlanishining tezlashuvi kuzatilmoqda. Masalan, bo‘yning o‘rtacha uzunligi so‘nggi 100 yil davomida chaqaloqlarda 5 sm, o‘smirlarda 10—15 sm, o‘rta yoshdagi erkaklarda 6—8 sm ga ortgan; bolalarning psixik rivojlanishi va 156 balog‘at yoshiga yetishi ham tezlashgan. Akseleratsiya deb ataladigan bu jarayon odamlar oilaviy sharoitining yaxshi- lanishi, yaxshi ovqatlanish, yorug‘ kunning uzayishi bilan bog‘liq. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling