Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Katta qon aylanish doirasi


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan aorta
deb ataluvchi katta arteriya qon tomiridan boshlanib, yirik, o‘rta
va mayda arteriya tomirlari orqali tananing barcha to‘qima va
organlarini arteriya qoni sifatida kislorod va oziq moddalar bilan
ta’minlab, vena qoniga aylanadi hamda yuqorigi va pastki kovak
venalar orqali o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.
Kichik qon aylanish doirasi yurakning o‘ng qorinchasidan —
o‘pka arteriyasi deb ataluvchi katta qon tomiridan boshlanib, u
o‘ng va chap o‘pka arteriyalari, kapillarlarga bo‘linadi. Bu qon
o‘zidagi karbonat angidridni o‘pka alveolalariga o‘tkazib, ulardan
kislorodni qabul qilib, arteriya qoniga aylanadi va 4 ta o‘pka venalari
orqali yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi (31- rasm).
30- rasm. Qon tomirlari devo-
rining tuzilishi: A—arteriya,
B—vena, D—kapillar: 1—tashqi
zich biriktiruvchi to‘qima qavat;
2—silliq muskulli qalin o‘rta
qavat; 3—silliq muskulli yupqa
o‘rta qavat, 4—elastik tolalar;
— bir qavat hujayralardan
iborat ichki qavat— venadagi
klapanlar.
2
1
5
4
3
6
5
A
B
D


46
Limfa aylanishi. Odam tanasida qon tomirlari bilan birgalikda
limfa tomirlari ham mavjud bo‘lib, ular orqali limfa suyuqligi oqadi.
Limfa sistemasi limfa kapillarlari, mayda, o‘rtacha, yirik limfa
tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa aylanishining qon aylani-
shidan farqi shundaki, limfa tomirlari organ va to‘qimalarga kelmaydi,
balki ulardan boshlanadi.
Odam tanasida 460 taga yaqin limfa tugunlari bor (32- rasm).
Òanadagi barcha limfa tomirlarida hammasi bo‘lib o‘rtacha
1—2 l limfa suyuqligi bo‘ladi. Bir kecha-kunduzda 1200—1500 ml
limfa suyuqligi limfa tomirlaridan vena qon tomirlariga quyiladi.
Buning o‘rniga to‘qimalardagi suyuqlikdan limfa hosil bo‘lib turadi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling