47
Taloqda
limfotsitlar hosil bo‘la-
di va ular limfa tomirlariga chiqarib
turiladi.
Limfotsitlar odam orga-
nizmining immunitet xususiyatini
ta’minlashda ishtirok etadi. Demak,
taloq organizmni yuqumli kasal-
liklardan himoya qilish (immunitet)
vazifasini bajarishda ishtirok etadi.
Bundan tashqari,
taloqda qonning
ortiqcha qismi zaxira holda to‘planadi,
ya’ni u
qon deposi vazifasini bajaradi.
Shu bilan birga, taloqda qonning
yashash muddatini o‘tagan shaklli
elementlari (eritrotsitlar va leyko-
tsitlar) parchalanadi.
Jismoniy
mehnat va sport bilan
shug‘ullanganda taloqda limfotsitlar
hosil bo‘lishi ko‘payadi. Demak,
bunda odam organizmining yuqumli
kasalliklardan himoyalanish qobili-
yati (immunitet) kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: