Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Yurak va qon tomirlar faoliyati


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

Yurak va qon tomirlar faoliyati nerv -gumoral yo‘l bilan
boshqariladi. Simpatik nerv yurak faoliyatini tezlashtiradi,
parasimpatik nerv, aksincha, yurak faoliyatini sekinlashtiradi.
Shunday qilib, bu ikkala nerv yurak ishini muvozanatga solib turadi.
Yurak va qon tomirlar faoliyati gumoral yo‘l bilan ham
boshqariladi. Buyrakusti bezining miya qismida ishlab chiqariladigan
adrenalin gormoni, xuddi simpatik nervga o‘xshab, yurak ishini
tezlashtiradi va arterial bosimni oshiradi. Giðofiz bezining orqa
bo‘lagidan ishlanib chiqadigan vazopressin gormoni ham qon
tomirlarini toraytirib, bosimni oshiradi.
1. Tomir urishi qanday paydo bo‘ladi?
2. Qon bosimi qanday hosil bo‘ladi va qaysi asbob yordamida o‘lchanadi?
3. Odamning qanday holatlarida arterial bosim o‘zgaradi?
4. Yurak va qon tomirlar faoliyati qaysi nervlar orqali boshqariladi?
33-rasm. A — tananing arteriya tomirlari yuza joylashgan qismlari;
B — pulsni sanash.
4 — B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
A
B


50
18- §. Òashqi muhit omillarining yurak
faoliyati va qon bosimiga ta’siri
Odam organizmi o‘zi doimiy yashaydigan joyning iqlimiga, ob-
havo sharoitiga moslashadi. Ob-havoning inson salomatligiga, uning
mehnat qobiliyatiga va ruhiy kayfiyatiga ta’siri qadimdan ma’lum. Ob-
havoning noqulay o‘zgarishlari, ayniqsa, yurak va qon tomir kasal-
liklari bilan og‘rigan odamlarga ko‘proq ta’sir etadi.
Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhit havosining bosimi va
odam tanasining barcha bo‘shliqlaridagi bosim o‘rtasida farq paydo
bo‘ladi. Bunday vaqtda, ayniqsa, giðertoniya, revmatizm va yurak-
ning boshqa kasalliklari bilan og‘rigan odamlarda bosh og‘rig‘i,
bo‘g‘inlarda, yurakda og‘riq seziladi. Arterial qon bosimi ko‘tariladi.
Ayniqsa, qon bosimi ko‘tarilgan keksa odamlarda miyaning mayda
qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon quyilishi mumkin. Buning
natijasida qo‘l-oyoqlar shol bo‘lib qolishi, odam gapirish qobi-
liyatini yo‘qotishi mumkin.
Balandlikka ko‘tarilganda havo bosimi pasayadi. Bunday vaqtda
odam gavdasining ichki bo‘shliqlaridagi gazlar kengayadi. Shuning
uchun baland tog‘larga chiqqanda odamlarda „tog‘ kasalligi“ deb
ataluvchi holat yuzaga keladi. Issiq vaqtda tanadagi qon tomirlari
kengayadi. Qon tananing yuza qismidagi tomirlarda va to‘qimalarda
to‘planib, organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi ko‘payadi.
Bu issiqlikning nurlanishi ter bezlaridan ajralgan suyuqlikning
bug‘lanishi orqali amalga oshadi.
Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlari torayadi
va organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi kamayadi. Bunday
vaqtda odamning terisi, ayniqsa, yuzlari oqaradi, biroz qaltiraydi
va sovuq sezadi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling