Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

Yurak biotoklari. Tirik organizmlarda hujayra sitoplazmasi
bilan tashqi muhit o‘rtasida doimo „bioelektrik tok“ deb atala-
digan elektrik potensial hosil bo‘ladi. Bu potensial qo‘zg‘alishni
nerv va muskul tolalari bo‘ylab uzatadigan elektr signal
hisoblanadi. Yurakning ishlayotgan va ishlamayotgan qismlari
elektropotensiallari o‘rtasida farq bo‘ladi. Bu farqni elektro-
kardiograf yordamida qog‘oz tasmasiga tushirish mumkin. Bu
jarayon elektrokardiogramma deyiladi. U yordamida yurak
ritmining o‘zgarishi tekshirilib, yurak muskullarining holatiga
baho beriladi.
1. Qon aylanish sistemasiga qanday organlar kiradi?
2. Qon aylanish sistemasi qanday funksiyani bajaradi?
3. Yurakning devori qanday tuzilgan?
4. Yurakning sikli nima?
5. Yurakning „sistolik va minutlik hajmi“ deganda nima tushuniladi?
6. Yurak avtomatiyasi nima?
7. Yurak biotoklari qanday qayd qilinadi?
16- §. Katta va kichik qon aylanish doirasi
Ø
Arteriya va vena qon tomirlari, limfa aylanishi
Qon tomirlarining tuzilishi. Qon tomirlari tanamizning hamma
qismlariga tarqalgan. Ular arteriya, vena va kapillarlarga ajratiladi.
Arteriyalar — yurak chap qorinchasidan chiqib, tananing
hamma qismlariga qon olib boruvchi qon tomirlari. Arteriyalar
sirtdan qalin va elastik biriktiruvchi to‘qima bilan qoplangan.
Biriktiruvchi to‘qima ostida qalin silliq muskul va elastik tolalardan
iborat o‘rta qavat, uning ostida bir qator hujayralardan iborat
yupqa ichki qavat joylashgan (30- rasm). Arteriyalar organlar va
to‘qimalarda ingichkalashib arteriolalar va kapillarlarni hosil qiladi.


45
Kapillarlar devori bir qavat hujayralardan iborat. Kapillarlar
odam sochiga nisbatan 50 marta ingichka bo‘lib, barcha to‘qimalar
orqali o‘tadi. Organlardan chiqadigan kapillarlar asta-sekin birlashib
venalarni hosil qiladi.
Venalar — qonni yurak bo‘lmalariga olib keladigan qon tomirlari.
Venalar devori ham arteriyalarga o‘xshash uch qavatdan iborat,
lekin yupqa bo‘ladi. Yirik venalarda joylashgan klapanlar qonni
faqat yurak tomonga oqishiga imkon beradi.
Odam tanasida qon juda ko‘p yirik va mayda qon tomirlar
bo‘ylab harakatlanadi. Yurakdan boshlanuvchi qon tomirlari, ularda
qanday qon bo‘lishidan qat’i nazar, arteriya qon tomiri, yurakka
quyiluvchi qon tomirlari esa vena qon tomiri deyiladi. Bu qon
tomirlar ikkita yopiq, ya’ni katta va kichik qon aylanish doirasini
hosil qiladi. Bu qon aylanish doiralarining ikkalasi ham yurakdan
boshlanadi va yurakda tugaydi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling