Odamlarni hayvonlarni va o'simliklarni radiaktivlar bilan zararlanish xususiyati


Odamlar, hayvonlar, qishloq xo’jalik o’simliklari, oziq-ovqat, suvlarning radionukleidlar bilan zaharlanishi xarakteristikasi


Download 113.07 Kb.
bet4/6
Sana01.05.2023
Hajmi113.07 Kb.
#1419620
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Odamlarni hayvonlarni va o\'simliklarni radiaktivlar bilan zararlanish xususiyati 22

Odamlar, hayvonlar, qishloq xo’jalik o’simliklari, oziq-ovqat, suvlarning radionukleidlar bilan zaharlanishi xarakteristikasi.

Atom elektr stantsiyalaridagi avariyalarda, sanoat va korxonalarda kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) hamda boshka radioaktiv manbalar bilan bo’ladigan ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyalar natijasida, shuningdek yadro qurolini qo’llash natijasida hududda, undagi havo bo’shlig’ida radionukleidlar bilan zararlarnish ruy beradi.


Radionukleidlar bilan zararlangan joyda istiqomat qiluvchi odamlar radiatsiya dozasi bilan ham zaharlanadilar.
Radiaktiv zararlanishning manbai bo’lib tepadan tushadigan radiaktiv izotoplar hisoblanadi. Shunday izotoplardan ko’p yashaydiganlari inson salomatligiga juda xavfli hisoblanadi. Bu radioaktiv moddalarga quyidagilar misol bo’ladi: strontsiy 90, tseziy - 137, tseriy -144, tsirkoniy - 85, niobiy - 95 va boshqalar.
Avariyalar va portlashlar natijasida atrof muhitga tarqalgan parchalanish davri uzoq bo’lgan izotoplardan hosil bo’lgan neytronlarning erda va havoda ushlanishi natijasida yunaltirilgan radiatsiya xili bo’ladi. Bu izotoplarning asosiylari: uglerod - 14, natriy - 24, kremniy - 31, kamniy - 45, marganets - 52, temir - 59, fosfor - 32, yod - 134.
Radionukleidlar bilan zararlangan hududda odamlar va hayvonlar ionlashgan nurlanishga yo’liqishadi. Bu holatda 3 xil nurlanish yuz beradi:
-tashqi gamma nurlanshp;
-kichik dozadaga sirtqi (yuza - poverxnost) beta va gamma nurlanish;
-ichki nurlanish.
Nurlanish dozasiga bog’lik holda odamlar va hayvonlar radiatsiya bilan zaharlanishi mumkin. Ularga - o’tkir va surankali nurlanish kasalliklari, terining radiatsion kuyishlari, miketlar.
Zararlangan hayvonlar mahsulotlari - go’sht, sut, iste’molga yaroqsiz bo’lib qoladi. O’simliklar shikastlanadilar (zararlanadi), shuningdek zararlangan oziq - ovqat mahsulotlari, o’simliklar, suv ham iste’molga yaroqsiz bo’lib qoladi. Zararlangan mol-mulk texnika asbob - uskuna va boshqa predmetlardan foydalanish mutlaqo man etiladi.
Favqulodda vaziyat sodir bo’lgan zonadan tarqaluvchi gamma-nurlar va neytronlar oqimidan iborat. Ular ming-minglab metrlarga tarqalishi, atomlar va molekulalar ionlanishini keltirib chiqargan holda turli muhitlarga kirishi mumkin. Gamma nurlar va neytronlar organizm to’qimalariga kirib, bilogik jarayonlar hamda organlar va to’qimalar faoliyatini buzadi, natijada nur kasalligi rivojlanadi.
Aholi, hayvonlar, qishloq xo’jalik o’simliklari, oziq-ovqat va suvlarning radionukleidlar bilan zararlanishi juda katta talofatlarga olib kelishi mumkin. Favqulodda vaziyat tufayli tashqi nurlanish va bunda rivojlanadigan o’tkir nur kasalligi katta xavf tug’diradi. O’tkir nur kasalligi bir martalik nurlanishda yuzaga kelib, 1 Grey (Gi miqdoridagi) dozadan boshlanadi, bu esa 100 rentgen (R) ga tengdir. Nurlanish paytida kishi hech qanday ta’sirni bilmaydi.
Bir martalik doza deb, to’rt kecha-kunduzdan oshmaydigan davrda bir lahzada yoki bo’lingan qismlarda olingan doza tushiniladi. Bir martalik nurlanish dozasi ko’payishi bilan o’tkir nur kasalligining og’irligi kuchayadi. Inson butun tanasining bir martalik tashqi teng nurlanishi dozasining kattaligiga qarab o’tkir nur kasalligi to’rt og’irlik darajaga bo’linadi: 1-2 Gi nurlanish dozasida yuzaga keladigan engil (I) daraja; 2-4 Gi nurlanish dozasiga teng bo’lgan o’rta og’irlikdagi daraja (II); 4-6 Gi nurlanish dozasidagi og’ir (III) daraja; 6 Gi dan oshgan dozada nurlanishdan keyin rivojlanadigan o’ta og’ir (IV) daraja.
Radiatsion jarohat olish xavfi borligi sababli radiatsiya darajasi yuqori bo’lgan joyda aholiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish mumkin emas. Bu sharoitda zarur bo’lgan muolajalarni aholining o’zi-o’ziga va o’zaro yordam ko’rsatishi, zararlangan hududda yurish-turish qoidalariga qattiq rioya qilishi katta ahamiyatga ega.
Radioaktiv moddalar bilan zararlangan hududda ovqatlanish, zararlangan manbalardan suv ichish, erga yotish mumkin emas. Ovqat tayyorlash tartibi va aholini ovqatlantirish favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari tomonidan joyning radioaktiv zararlanish darajasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Radioaktiv zararlangan xududida birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda gamma- nurlanishini bartaraf etish yoki kamaytirish zarur, buning uchun boshpana, chuqurroq joylashgan xonalar, g’isht, beton va boshqa binolar kabi himoya vositalaridan foydalanish mumkin. Radioaktiv moddalarning teri va shilliq pardalarga keyinchalik ta’sir ko’rsatishining oldini olish uchun kiyim-kechak va poyafzalga qisman sanitar ishlov berilishi va qisman dezaktivatsiyalanish o’tkaziladi. Qisman sanitar ishlov berish terining ochiq joylarini toza suv bilan yuvish yoki ho’l tampon bilan artish yo’li bilan bajariladi. Jarohatlangan ko’z yuviladi, og’iz chayqab tashlanadi. Keyin jarohatlanganlarga respirator, paxta-doka bog’ichini kiygizib yoki uning og’zi va burnini sochiq, ro’molcha, sharf yoki boshqa yumshoq narsalar bilan yopib, uning ustki kiyimi qisman dezaktivitsiyadan o’tadi. Bunda kiyimdan qoqiladigan chang boshqalarga tushmasligi uchun shamol yo’nalishi hisobga olinadi.
Radioaktiv moddalar organizm ichiga tushganda oshqozon tozalanadi, adsorblovchi moddalar (aktivlashtirilgan ko’mir) beriladi. Ko’ngil ayniganida shaxsiy dori qutichasidan qayt qilishga qarshi dori ichiladi. Nurlangan shaxslar yuqumli kasalliklarga moyil bo’lishi sababli, ushbu kasalliklarning oldini olish maqsadida № 2-bakteriyaga qarshi vositani ichish tavsiya etiladi. Radioaktiv moddalar bilan jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam berilgandan so’ng, ularni favqulodda vaziyat sodir bo’lgan hududdan uzoq bo’lmagan shifoxonalarga evakuatsiya qilinadi.

Download 113.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling