Oddiy foizlar; murakkab foizlar
YaIMdagi salmog’i dinamikasi
Download 233.6 Kb.
|
Mahsulot va xizmatlar bozori va uni YaIMdagi salmog’i dinamikasi
3. YaIMdagi salmog’i dinamikasi.
Pul muomalasi statistikasi pul munosabatlarini faqatgina o’rganish, o’zgartirish quroli, hamda ularni miqdoriy o’lchash va kompleks tahlil qilish metodlari yig’indisi bo’lib qolmasdan, balki u pul muomalasi jarayonini tashkil qilishni rivojlantirish va bu jarayonni boshqarishni samaradorligini va umumiy sotsial-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan umumiy vazifalarni echishda bevosita qatnashadi. Shu nuqtai nazardan pul muomalasi statistikasining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat: pul muomalasi ko’rsatkichlarni guruhga, tiplarga va maxsus sinflarga ajaratish, pul munosabatlarini bir butunlikda tasvirlash, tahlil qilish va bashoratlash uchun ularni zarur va etarli miqdorini aniqlash; pul muomalasi jarayonidagi o’zgarishlarni to’liq va doimiy ravishda kuzatib borish maqsadida statistik kuzatishni tashkil qilish va uning metodlarini takomillashtirib borish; pul muomalasi bo’yicha hisoblanadigan ko’rsatkichlarni aniqlik darajasini, ma’lumotlarini to’plashga, qayta ishlashga va tahlil qilishga sarflanadigan kuch va mablag’larni kamaytirishni ta’minlaydigan, bu jarayon qonuniyatlarini o’rganadigan statistik metodlarini ishlab chiqish, asoslash va samarali qo’llash; pul muomalasini darajasini, dinamikasini, va tarkibini xarakterlovchi ko’rsatkichlarini hisoblash, tahlil qilish va bashoratlash; pul muomalasidagi umumiy qonuniyatlarni va o’ziga xos evolyutsion xususiyatlarini aniqlash, pul muomalasi ko’rsatkichlarini o’zgarishini mamlakatni umumiy iqtisodiy rivojlanishi ko’rsatkichlarini o’zgarish sur’atlari va proportsiyalariga ta’sirini o’rganish (odatda bu ishni teskarisi ham bajariladi, ya’ni umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zgarishini pul muomalasi ko’rsatkichlariga ta’siri o’rganiladi). Yuqorida keltirilgan umumiy vazifalar bilan bir qatorda pul muomalasi statistikasi bir qancha xususiy vazifalarni ham echadi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: alohida olingan ko’rsatkichlarni va pul muomalasini agregatlari bo’yicha mavjud o’zgarish tendentsiyalarini aniqlash va o’rganish. Masalan, pul, kassa va valyuta oboroti ko’rsatkichlari bo’yicha; baho, valyutalar kursi, stavkalar uchyoti, qimmatli qog’ozlar kotirovkasi va boshqa ko’rsatkichlarni statistik monitoringi; pul massasasiga bo’lgan talab, emissiya, pul birliklari tuzilishi, pulni yaroqsizlik darajasi va ularni oborotdan qaytarib olish, alohida olingan pul birliklarini aylanish yoki xalq qo’lida turib qolishi, pul migratsiyasi va boshqalarni statistik o’rganish va tahlil qilish; pul muomalasi bozorni samaradorligini statistik metodlar yordamida tahlil qilish va bashoratlash. O’zbekistonda pul muomalasini tashkil qilish va boshqarish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Xalqaro miqyosda pul muomalasini tashkil qilish va ma’lumotlarni chop qilish bilan BMT statistik komissiyasi, iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) va Xalqaro valyuta fondi (HVF) shug’ullanadi. Pul massasi deganda bir mamlakat ichida jismoniy va yuridik shaxslarning naqd pul va naqd pulsiz qilinadigan hisob-kitob mablag’lari yig’indisi tushuniladi. Umumiy pul massasi (M) alohida agregatlardan tashkil topadi. Pul agregati deganda, to’lov vositalarini likvidlilik darajasi bo’yicha maxsus klassifikatsiyasi yoki jamg’arila borilayotgan va xarid qobiliyatini saqlovchi barcha pul vositalari tushuniladi. Umumiy ko’rinishda pul massasi quydagi parametrdan tashkil topadi: Download 233.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling