Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud bo’ladi


Internet lotoreyada juda katta pul yutganlik xaqidagi firibgarlik


Download 67.49 Kb.
bet11/20
Sana11.03.2023
Hajmi67.49 Kb.
#1261466
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
9.elektron tijorat muammolari a unga bo\'lgan tahdidlar 3

Internet lotoreyada juda katta pul yutganlik xaqidagi firibgarlik
Ko’pchilik insonlar g’oyibdan katta pul kelishini yoki lotoreyadan katta miqdordagi pul yutib olishni orzu qilishadi. Firibgarlar xuddi shu orzuga osongina erishishni va’da qilib, sizning oxirgi pulingizni ham shilib oliga xarakat q ilishadi. Bunda sizning elektron pochtangizga xat kelib, sizni katta xalqaro loyixa yoki internet resurslar doirasida o’tkazilgan o’yinda juda katta miqdordagi yutuq egasi bo’lganligingizni bildirishadi. Yutug’ingiz esa chiroyli qilib, ko’p miqdordagi nollar vositasida ko’rsatiladi. Pulingizni olishingiz uchun esa sizdan bir qancha xujjatlar so’raladi. Siz bu xujjatlarni jo’natganingizdan sung, endi pulni sizning nomingizga notarius orqali o’tkazish masalasi qo’yiladi va ushbu notariusning elektron pochta manzili va sayti ko’rsatiladi. Siz noturius bilan aloqa qilganingizda u xam sizdan bir qancha ma’lumotlarni junatishingizni so’raydi. Undan so’ng sizga minnatdorchilik bildirib, pul jo’natilishga tayyor va sizdan pulni xavfsiz jo’natish uchun sug’urta qilish so’raladi. Keyin sizdan sug’urta summasini qandaydir to’lovtizimi, masalan Webmoneyorqali jo’natishingiz taklif qilinadi. Xuddi shu pul firibgarlar uchun sizning sovgangiz bo’ladi va endi siz o’z pulimdan ajraldim deyishingiz mumkin.
Uyda ishlash taklifi bilan bog’liq firibgarliklar
Bunda uyda o’tirib qolgan va ishsiz kimsalar uchun internetda yoki kompyuterda ishlab, pul topish takliflari aytiladi. Bu takliflar qandaydir matnlarni komp’yuterda terish, uyda yigilishi mumkin bo’lgan konstruktsiyalar tayyorlash, elektron pochta ma’lumotlarni qayta ishlash yoki ko’rib chiqish, komp’yuter dasturlari yozish, konvertlar tayyorlash va shu kabi uyda masofaviy rejimda bajarilishi mumkin bo’lgan ishlar bo’lishi mumkin. Bunday takliflar elektron e’lonlar doskalarida, forumlarda, maxsus saytlarda, sizga jo’natilgan elektron pochta ma’lumotlarida va boshqalarda bo’lishi mumkin. Firibgarlar o’z manzillari sifatida faqatgina internetdagi adreslarini ko’rsatishgan bo’ladi xolos. Sizdan rozilik olganlaridan sung, ko’rsatilgan manzilda qayd qilinish uchun yoki keyinchalik qaytirish sharti bilan qandaydir kattalikdagi registratsion vznos, ishingiz uchun xomashyo sifatidagi detallar sotib olishga yoxud kafolat uchun qandaydir pul summasi junatishingizni so’raydilar. Pul junatganingizdan so’ng, firibgarlar siz xaqingizda batamom unutadilar yoki yana qandaydir bir laqillatish usulini o’ylab topadilar. Bunday firibgarliklarni tekshirish uchun kompaniyani qayd qilinishi bo’yicha xujjatlarni, aloqa telefonlarni, kompaniya manzilini so’rash mumkin. Bular bo’yicha javob berilmaydi va bu xolda siz bilan aloqalar xam
darxol tugatiladi.

Download 67.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling