Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud bo’ladi


Download 67.49 Kb.
bet15/20
Sana11.03.2023
Hajmi67.49 Kb.
#1261466
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
9.elektron tijorat muammolari a unga bo\'lgan tahdidlar 3

«Goroskop tuzib beramiz»
Internetda istalgan inson uchun shaxsiy goroskop tuzib berishni taklif qiluvchi e’lonlar to’lib-toshib yotibdi. Mualliflar bunday goroskoplarni tezda va tekinga jo’natishni va’da qiladilar. Buning uchun foydalanuvchiga standart anketani to’ldirish va elektron manzini ko’rsatish taklif qilinadi. Astrologiyaga qiziquvchi inson bu ma’lumotalarni junatganidan so’ng, unga goroskopni olish uchun ko’rsatilgan nomerga u yoki bu raqamlar bilan birgalikda SMS-ma’lumot jo’natish taklif etiladi. Agar ushbu ko’rsatilgan ishlar qilinsa, ishonuvchan insonning mobil telefoni hisobidan bir necha dollar kamayib qoladi. Goroskopni sizga yuborishlari yoki yubormasliklari mumkin.
«Bolalarga yordam bering»
Bu eng uchchiga chiqqan internet-firibgarlarning ishidir, chunki bunda kasal bolalarning nomidan ularning xaqqiga xuruj qilinadi. Og’ir kasallikka chalingan bolaga yordam berish xaqidagi ko’pchilik insonlarning raxmini keltiradigan ma’lumotlar uning rasmi bilan birgalikda elektron pochta, tirik jurnal va forumlarda tarqatiladi. Bu bolaga yordam bermoqchi bo’lganlarga ko’ rsatilgan bank hisobraqamiga, elektron xamyonga yoki Western Union ga pul junatish taklif qilinadi. Jo’natgan pulingiz esa firibgarlar tomonidan osonlikcha o’zlashtiriladi. Shuning uchun agar biror bir kasal bolaga yordam puli junatmoqchi bo’lsangiz, avvalo bolaning ota-onasi bilan aloqaga chiqing va ularga pulni adresli ko’rinishda yoki bevosita qo’ldan qo’lga bering.
«Boshqalarning telefonda yoki elektron pochtada o’zaro nimalar xaqida
so’zlashishlarini bilishga yordam beramiz»
Bu firibgarlak rashkchi er-xotinlardan pul undirish usuli bo’lib, unda kerakli insonga noma’lum foydalanuvchi tomonidan mobil telefondagi suzlashishlarni, SMS-xabarlarni yoki elektron pochta orqali amalga oshirilgan yozishmalarni bilib berish taklif etiladi. Ular sizni to’liq ishontirish uchun bir necha kun davomida siz bilan dustona yozishma olib boradilar va ishonchga kirgandan so’ng, ma’lum miqdordagi avans jo’natishni taklif qiladilar. Avans olgandan so’ng, ular siz bilan aloqa qilishni bas qiladilar, chunki ular maqsadlariga erishdilar va internetdagi boshqa laqma odamlarni chuv tushirishni davom ettiradilar. Pulni oldindan to’lash taklifi bor yoki yo’qligi rostdan xam ma’lumot bermoqchi bo’lganlarni soxtalaridan farqlashga imkon beradi.

Download 67.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling