Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud bo’ladi


Download 67.49 Kb.
bet17/20
Sana11.03.2023
Hajmi67.49 Kb.
#1261466
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
9.elektron tijorat muammolari a unga bo\'lgan tahdidlar 3

«Tekinga mobil telefon oling»
Xozirgi paytda bunday firibgarliklarning ikki xil usuli mavjud: Ularning birinchisini internet magazinlar ishlatishsa, ikkinchisini kim oshdi savdosi o’tkazish baxonasi bilan ishlatishadi. Internet-magazinlar o’z saytlarida eng yangi mobil telefonni yutib olish mumkin bo’lgan tadbir o’tkazilishini reklama qilib, bunda ishtirok etish uchun ulardan, masalan, ikkitagina musika diski sotib olishni taklif qiladilar va kim sotib olsa, ular orasida telefon yutib olish bo’yicha tanlov o’tkaziladi deydilar. Siz albatta yutmaysiz xam, kim yutganini bilmaysiz xam.
Chunki bu tanlov magazinga xaridorlarni jalb qilish uchungina o’tkaziladi.Agar kimdir yutsa xam, u odam magazin bilan oldindan kelishib olgan odam bo’lib chiqadi. Bir oz vaqtdan so’ng, uning yutib olgani reklama qilinib, yana boshqa laqmalar bu tanlovga jalb qilinadi. Ikkinchi usulda firibgarlar sizga ma’lum b ir telefon nomeriga SMS-xabar jo’natishni taklif qiladilar va kim ko’proq xabar yuborsa, o’sha eng yangi modeldagi mobil telefon egasi bo’ladi deb ishontiradilar.
Siz biror muddat SMS-xabarlar jo’natganingizdan so’ng, sizga «Eng oldindasiz, tezrok xarakat kiling, liderdan 1-2 tagina xabar orqadasiz» degan ma’noda SMS-xabarlar kela boshlaydi. Siz yana xam qiziqib ketib, SMS-xabarlar jo’nataverasiz. Tanlov tugaganidan so’ng, sizga «Ishtirokingiz uchun katta raxmat, siz 222 ta xabar jo’natdingiz, yutuq esa 223 ta xabar joqnatganga berildi. Yana bir marta ishtirok etishingiz mumkin – sizning omadingiz kelishiga biz astoydil ishonamiz» degan ma’lumot keladi.
Juda xam ajoyib firmada ishlash taklifi
Sizga qandaydir firma nomidan ish taklif qilinadi va buning uchun kerakli xujjatlarni xamda qandaydir miqdordagi pulni jo’natish taklif qilinadi. Bu firmaga ishga kirish uchun ular bilan birgalikda ish olib boradigan biror bir joyda malakangizni oshirish, test topshirish yoki sertifikat olish xam taklif qilinishi mumkin. Bu ish nima uchun qilinganinin tushungan bo’lsangiz kerak – tushungan odamning sadag’asi bo’laylik!

Download 67.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling