Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud bo’ladi
Download 67.49 Kb.
|
9.elektron tijorat muammolari a unga bo\'lgan tahdidlar 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skandinaviya kim-oshdi savdosi
- Sport o’yinlari uchun pul tikish
- Elektron tijoratdagi firibgarliklar dan himoyalanish
Faol reklama tizimlari
Bunday turdagi pul ishlash usullari internetda juda keng tarqalgan, ammo bunda oldingi usullarga qaraganda ancha kamroqammo doimiypul topiladi. Firibgarlar sizga veb-ilovalarni xar bir turtganingiz uchun ma’lum miqdorda pul to’lashni va’da qiladilar. Masalan, agar sizga xar bir turtki uchun 50-60 tsentdan to’lashni va’da qilsalar, demak bu firibgarlarning ishi. Ammo agarda xar bir turtkiga 0,1-0,5 tsentdan to’lashni va’da qilsalar, buni normal taklif sifatida qabul qilish mumkin. Bunday faol reklama tizimlarida ishlash taklifi orqalifiribgarlar ko’pchilikning elektron ma’lumotlarini qandaydir g’araz maqsadlarda yigadilar. Skandinaviya kim-oshdi savdosi Bunday turdagi auktsionda biror bir tovar juda past narxda sotuvga qo’yiladi va xaridorlar uni sotib olish uchun narx qo’yishda musobaqalashadilar. Kim eng ko’p narx qo’ysa, o’sha inson tovarni yutib oladi. Bunda xar bir stavka qo’yish uchun ma’lum miqdorda xak to’anadi. Bunday kim-oshdi savdosida yaxshigina tovarlarni ancha arzon narxlarda sotib olish mumkin. Ammo firibgarlar bunday auktsionlarning klonini yaratgan xolda sizning xar bir stavka qo’yish uchun to’laydigan stavka pulingizni o’zlashtirib olishlari xam mumkin. Sport o’yinlari uchun pul tikish Turli xil sport musobaqalari uchun stavka qo’yadigan yoki pul tikadigan tashkilotlarni bukmeyker kontoralar deb nomlanadi. Bu soxada xam yetarlicha firibgarliklarni topish mumkin. Ular sport o’yinlari natijasi xaqida tajribali profesionallar tomonidan aytilgan juda ajoyib bashoratlarni sotib olishni taklif qiladilar yoki natijalari oldindan kelishilgan sport o’yinlari natijalarini bilishlari bilan ham ko’pchilikni jalb qila oladilar. Natijada ishonuvchan va sodda insonlardan yaxshigina miqdorda pularl ishlab oladilar. Elektron tijoratdagi firibgarliklar dan himoyalanish 1. Elektron pochta orqali amalga oshiriladigan firibgarliklardan ximoya usullari. Barchaga ma’lumki, elektron pochta xozirgi kunda xavfli dasturlarni internet orqali tarqatishning eng ommaviy va keng tarqalgan usulidir. Elektron pochtadan jo’natiladigan ma’lumotlar oddiygina matn ko’rinishida bo’lib, u unchalik xavfli emas. Ammo bu ma’lumotga biror bir fayl biriktirilsa, endi ushbu elektron ma’lumot viruslar tufayli xavfli yoki o’ta xavfli bo’lib q olishi mumkin. Xavf-xatar tugdiradigan dasturlar u yoki bu ko’rinishidagi bajariladigan fayllar (mustaqil yoki skriptli fayllar) bo’lib, ular yozilgan kompyuterda ishga tushib ketadilar va foydalanuvchini o’ta nochor axvolga solib qo’yadilar. Ular bilan kurashish usullari sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: Xavfli va virus bilan zararlangan fayllarni kompyuteringizga tushishining oldini olish; Agarda ular kompyuteringizga tushganini bilib qolsangiz, bunday dasturlarni kompyuteringizda ishga tushirmaslik; Agarda virus ishga tushib ketgan bo’lsa, ular katta talofat yetkazmasligi uchun kerakli chora-tadbirlarni ko’rish. Agarda siz virusli ma’lumotni olib bo’lgan bo’lsangiz, demak kompyuteringizning zararlanishi tomon birinchi qadamni qo’ygansiz, chunki xavfli fayl qattiq diskingizda saqlanib bo’lgan. Ammo xozircha bu xolat barcha ish barbod bo’ldi degani emas, lekin bu juda xavfli xolat. Shuning uchun xam zudlik bilan kerakli bo’lgan ximoya chora-tadbirlarini ko’rish lozim. Ko’pchilik elektron pochta aloqa serverlarida xavfli va shubxali ma’lumotlarni filtrlaydigan dasturlar o’rnatib qo’yilgan. Lekin umumiy filtrlarning samarali ekanlgiga qaramasdan, ularoldindan ma’lum bo’lgan viruslarnigina filtrlaydi, yangi viruslar esa elektron pochta qutisiga bemalol kirib, joylashaveradi. Bu esa o’z navbatida xavfsizlikni ta’minlash uchun qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rishni taqozo qiladi. O’z pochta qutingizni xavfli dasturlardan saqlashning eng yaxshi usuli - bajariladigan fayllar biriktirilgan elektron ma’lumotlarni qabul q ilmaslikdir. Agar shunday filtr o’rnatilsa, bajariladigan fayllar biriktirilgan barcha elektron pochta ma’lumotlari pochta serverida avtomatik ravishda yo’qotiladi. Bu tadbirning juda xam radikal ekanligiga qaramasdan, u juda xam samarador va foydalanuvchiga unchalik noqulaylik tugdirmaydi. Chunki, birinchidan, elektron pochta orqali ko’pincha dasturlar emas, balki xujjatlar va tasvirlar junatiladi. Ikkinchidan, agar pochta orqali dastur olinishi kerak bo’lsa, bu xaqda jo’natuvchi bilan aloxida kelishib olish mumkin (masalan, unga dasturni arxivlangan ko’rinishda jo’natishni so’rashingiz mumkin). Bunda ikki karra yutasiz - virusdan ximoyalanisiz xamda faylingiz tezroq uzatiladi. Yana bir usul serverdan dastlab ma’lumotlarning sarlavxalarini olib ko’rib chiqish va keyin keraksizlarini yuqotgan xolda faqatgina keraklilarini kompyuterga yuklash. Bu ishni amalga oshirish uchun xam maxsus dasturlar mavjud. Agar siz ma’lumotlarni faqatgina bajariladigan fayllar ko’rinishida olishga majbur bulsangiz, u xolda xavfli dasturlarni o’z kompyuteringizda aslo ishga tushirmaslik choralarini ko’rishingiz lozim. Agarda elektron ma’lumot sizga tanish bo’lmagan insondan sizga jo’natilgan bo’lsa, sichqoncha bilan ikki marta turtgan xolda ma’lumotni ochib ko’rish mumkin emas! Matnni tez ko’rib chiqish rejimida ko’rmoq tavsiya etiladi, buning uchun ma’lumotga sichqoncha bilan bir marta turtiladi va uning nomiga qarab, nimaligi aniqlanadi xamda shubxali ma’lumotlar darxol yo’qotiladi. Siz jo’natilgan fayllarni (u do’stlaringizdan, xamkasblardan yoki taniqli firmalar nomidan bo’lsa xam) darxol ochib o’tirmang. Chunki ular tarmoq chuvalchanglari tomonidan avtomatik ravishda junatilgan bo’lishlari xam mumkin. Elektron pochta ma’lumotlarini ko’rib chiq ayotganda fayllarning kengaytirgichlariga xam e’tibor bering. Quyidagi kengaytirgichli fayllar juda xavfli bulishlari mumkin: -ade adp bas bat -chm cmd com cpl -crt eml exe hlp -hta inf ins isp - jse lnk mdb mde -msc msi msp mst -pcd pif reg scr -sct shs url vbs -vbe wsf wsh wsc Ko’pchilik xollarda viruslar oddiy grafik, audio va videofayllar tarkibiga joylashib oladilar. Shuning uchun faylning xaqiqiy kengaytmasini bilish uchun tizimda fayl kengaytirgichlarini ko’rsatish rejimini o’rnatish tavsiya etiladi. Fayllar biriktirilgan elektron ma’lumotlarni olishda ayniqsa extiyot buling va shubxali ma’lumotlarni darxol o’chirib tashlang. Pochta dasturida ma’lumotlarni to’la uchirish uchun quyidagi amallarni bajaring: Kirish papkasidan ma’lumotni o'chiring; O’chirish papkasidan ma’lumotlarni yo'qoting; Fayl/Papka/Barcha papkalar siqishtirilsinoptsiyasini tanlab, papkalar uchun «Siqishtirilsin» operatsiyasini bajaring. Ming afsuski, ba’zi xolatlarda (shoshib yoki yanglishib) elektron fayllar ochilib ketishi mumkin. Bundan ximoyalanish uchun esa quyidagi chora-tadbirlar ko’rish tavsiya etiladi: Eng avvalo antivirus dasturlarning eng so’nggi versiyalarini kompyuteringizga o’rnatib qo’ying; Kompyuteringizga shaxsiy tarmoqlararo ekran (firewall) o’rnatib qo’ying; Xavfli dasturlar bajarishi mumkin bo’lgan amallarni tekshirish va oldini olishga imkon beradigan va antivirus dasturlar tarkibiga kiruvchi qorovul-dasturlarni kompyuteringizga o’rnating. Ular operatsion tizim ishga tushirilganida avtomotik ravishda ishga tushadilar va bilintirmagan xolda o’z ishlarini boshlaydilar; Kompyuteringizning internetga ulanish seansida kompyuteringizda nimalar ro’yberayotganiga aloxida e’tibor qarating. Agarda siz internetda xech qanday ish olib bormayotganingizga qaramay, ma’lumot uzatish indikatorining ma’lumot uzatilayotganini ko’rsatishi viruslar ishga tushganini anglatadi. Bunda siz darxol aloqani to’xtatib, kompyuteringizni antivirus dastur yordamida tekshirib chiqing. Tashki modemning chiroqchasi o’chib-yonishi yoki masalalar panelidagi kompyuterlarning ulanganini ko’rsatuvchi belgichaning ko’rinib turishi tarmoq bilan aktiv ish olib borilayotganini ko’rsatadi. 2. Muloqot vositalari, telekonferentsiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va yangilik guruxlari orqali amalga oshiriladigan firibgarliklardan ximoya usullari. Internetda viruslar eng ko’p miqdorda uchraydigan joy - turli xildagi yangilik guruxlari, ijtimoiy tarmoqlar va telekonferentsiyalar mavjud bo’lgan internet resurslarihisoblanadi. Boshqacha suzlar bilan aytganda, yangiliklar fayllar olishning eng ishonchsiz usuli bo’lib, himoya ma’nosida ularndan juda extiyot bo’lmoq lozim. Shuning uchun xam yangiliklardan faqatgina kerakli ma’lumotlarni olish va bilish uchungina foydalaning. Ulardan tekin dasturlar olish uchun foydalanish achinarli natijalarga olib kelishi mumkin. Yangiliklar guruxlarida ishlaganda o’zaro aloqa vositasi xuddi elektron pochta singari bo’lgani uchun yuqoridagi tavsiyalarga og’ishmay rioya qilishingiz kerak bo’ladi. Ammo bunday avtomat dasturlarni osonlik bilan aldab ketish mumkin. Masalan, unga quyidagicha qilibqandaydir ajralib turgan kism kiriting: Download 67.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling