Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
-bob. Bitim loyihasini tayyorlash tartibi
Download 221.84 Kb.
|
kurs ishi dasturlash
7-bob. Bitim loyihasini tayyorlash tartibi
41. Mazkur Reglamentning 20 — 40-bandlarida keltirilgan tegishli hujjatlar talab qilib olingan va ma’lumotlar tekshirilganidan so‘ng notarius, notarius yordamchisi, stajori yoki kotibi tomonidan bitim loyihasi tayyorlanadi. Oldingi tahrirga qarang. Bitim loyihasi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa — notarius bitim loyihasining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi. (41-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki notarial idorada tayyorlanadigan bitimlarning loyihalari qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim. (41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Bitim loyihasi notarial idorada tayyorlangan hollarda taraflarning xohishiga qarab bitim matni o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 42. Bitim matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan, hujjatning matnida baholar ko‘rsatilsa, raqam hamda so‘z bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisobvaraq va soliq to‘lovchining shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — STIR) ko‘rsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili, STIRi to‘liq ko‘rsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan bo‘lsa, ularning fuqaroligi ham ko‘rsatib o‘tilishi kerak. Bunda, bitimning mazmuni Tizimga aniq va to‘liq kiritilishi hamda taraflarga tushuntirilishi lozim. 43. Bitimning matnida (tegishliligiga qarab): u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi); bitim imzolangan sana so‘zlar bilan qayd qilinishi; bitim tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan eri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi; taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi bo‘lsa, uning fuqaroligi; bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning to‘liq nomi, joylashgan eri (pochta manzili), STIRi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi; bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi; bitim predmeti qaysi hujjatga asosan tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki tasdiqlanganligi; bitim predmeti boshqa shaxsga o‘tkazilishi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi (Tizim orqali chiqarilgan ma’lumotnoma raqami); bitim predmetining kadastr qiymati (agar mavjud bo‘lsa) va taraflar tomonidan kelishilgan baho; bitim predmeti uchun haq to‘lashning shakli va zarur hollarda muddatlari; bitim predmetiga nisbatan uni oluvchida mulk huquqining vujudga kelishi; bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga o‘tishi yoki boshqa holatlar; Oldingi tahrirga qarang. taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining o‘tishi haqidagi boshqa shartlar; (43-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘lganida, mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida foydalanish huquqini saqlab qoluvchi shaxslar ro‘yxati (oldi-sotdi, ayirboshlash shartnomalarida); Oldingi tahrirga qarang. bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining o‘tishi munosabati bilan qonunchilik hujjatlari talablari tushuntirilganligi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mulklar bo‘yicha); (43-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) bitim necha nusxada tuzilganligi; bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, bitim matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi o‘z aksini topishi kerak. Bitimning tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatilishi lozim. 44. Bitim Tizimga kiritiladi hamda har bir bitim alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatiladi. Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi. Oldingi tahrirga qarang. 45. Bitimni rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSh ShIR) kiritilishi shart: O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan fuqarolari; O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; JSh ShIR mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; JSh ShIR mavjud bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar. 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarda JSh ShIR mavjud bo‘lmaganda Tizimga ularning tug‘ilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi. Oldingi tahrirga qarang. (45-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart. (45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son) Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling