Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]


-bob. Ishonchnomani rasmiylashtirish tartibi


Download 221.84 Kb.
bet52/70
Sana28.03.2023
Hajmi221.84 Kb.
#1304875
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70
Bog'liq
kurs ishi dasturlash

6-bob. Ishonchnomani rasmiylashtirish tartibi
19. Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslar ishonchnoma bo‘yicha vakil bo‘lishi mumkin.
Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning so‘zlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchining so‘zlariga asosan yozilgan hollarda berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ishonchnoma beruvchi mas’uldir. Bu haqda ishonchnoma matnida qayd etib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius tomonidan tegishli ma’lumotlarga aniqlik kiritilgandan so‘ng, idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan avtomatik tarzda MIB ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar olinadi. Bunda, tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqti ko‘rsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega bo‘lgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ko‘chirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
20. Ishonchnoma bir yoki bir nechta vakilga berilishi mumkin. Agar ishonchnoma bir nechta vakilga berilsa, ularning har biri ishonchnomada ko‘rsatilgan vakolatlarni birgalikda amalga oshirishi yoki alohida-alohida bajarishi haqida ishonchnomaning matnida ko‘rsatiladi.
Bunday holatda, notarius ishonchnoma bo‘yicha har bir vakilga berilgan vakolatlar doirasini aniqlaydi va bitimni tasdiqlaydi.
21. Agar ishonchnoma bo‘yicha vakillik qiluvchi yuridik shaxs bo‘lsa, ishonchnoma matnida yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli yoziladi.
22. Belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor o‘zining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini boshqa shaxsga ishonchnoma berish orqali o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
23. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila a’zolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
24. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalarni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalar berish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Notarius ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23 va 24-moddalari mazmuni tushuntirilganligi haqida ko‘rsatib o‘tishi lozim.
27. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma matnida asosiy ishonchnoma tasdiqlangan sana, joy va reyestr raqami, asosiy ishonchnoma olgan, bergan va vakolat ishonib topshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili, asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha yoki ayrim vakolatlarini (masalan, avtomototransport vositasini sotish, boshqarish, ta’mirlash, haydab olib borish va h.k.) berilayotganligi haqida aniq ko‘rsatilishi kerak.

Download 221.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling