Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish
Download 221.84 Kb.
|
kurs ishi dasturlash
11-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish
49. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, o‘z notarial arxivini yuritishi shart. Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi o‘rinlarda — notarial arxiv) topshirilishi kerak. Notarial rasmiylashtirilgan guvohnomaning elektron nusxasi Tizimda saqlanadi va elektron arxiv shakllantirib boriladi. 50. Hujjatlar yig‘majildlari notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri ta’siridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini ta’minlaydigan shkaflarda turadi. Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va elektron axborot tashuvchi jismlarda saqlanadi. Kalendar yil yakunida audio va videoyozuvlar fayllari nusxalari DVD disklarga yoziladi hamda notarial idoraning temir javoni yoki seyflarida alohida saqlanadi. Elektron axborot tashuvchi jismlarda yoki DVD disklarda saqlanayotgan audio va videoyozuvlar fayllari notarius ishdan bo‘shaganda yoki boshqa ishga o‘tkazilganda tekshirib ko‘rilgan holda dalolatnoma asosida qabul qilinib, yangi tayinlangan yoki vazifasi yuklatilgan notariusga topshiriladi. Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini qayd etilgan audio va videoyozuvlar fayllari belgilangan tartibda notarial harakatlar yig‘ma jildlari bilan idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak. 51. Yig‘majildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 52. Kalendar yil tugashi bilan mas’ul shaxs yig‘majildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi. Yig‘majilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi. Yig‘majild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa mas’ul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qo‘yiladi. Yig‘majild muqovasidagi sana hujjatlar yig‘majildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak. 53. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin mas’ul shaxs ularni tayyor holga keltiradi. 54. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini ko‘rib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 55. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqishda arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi. (55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 56. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar ro‘yxati to‘liq ko‘rsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi a’zolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qo‘yiladi. 57. Meros ishi bilan bog‘liq hujjatlar yig‘majildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arxivda 75 yil mobaynida saqlanadi. Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling