Oila muqaddas dargoh


Download 366 Kb.
Sana18.06.2020
Hajmi366 Kb.
#119954
Bog'liq
Oila – muqaddas dargoh tadbir






O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha

ta’lim vazirligi

Farg‘ona viloyati maktabgacha ta’lim

boshqarmasi

Uchko‘prik tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi
9-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbari

BARDAMBOYEVA ZILOLAXONning
OILA – MUQADDAS DARGOH” mavzusida



Oila – muqaddas dargoh” nomli bayram tadbiri

Bizning oila” qo‘shig‘i bilan bayram tadbiri boshlanadi. (Tomosha guruhi)
a) ta'limiy maqsad: oila tushunchasi, oilaning tarbiya o‘chog‘i ekanligi, oilada shakllanadigan fazilatlar, «Oila kodeksi» haqida, oilaning muqaddasligini saqlovchi omillar haqida ma'lumot oladilar.

b) tarbiyaviy maqsad: oilaning muqaddas dargoh ekanligi, unga gard yuqtirmaslik, unda Vatan shakllanishi, komil inson tarbiyalanishi haqida fikrlashadilar.

d) guruhlarda ishlash orqali hamkorlikda ishlash ko‘nikmasini, mavzularni yoritish orqali mustaqil fikrlash ko‘nikmasini, og‘zaki nutqlarini rivoj lantiradilar.


Yangi bilimlarni shakllantiruvchi.

Interfaol.

Daraxt orqali oila shajarasi, tarqatmalar, rasmlar, A4 qog‘oz va Sinkviyen yozish uchun format qog‘ozlar.


a) tashkiliy qism: Salomlashiladi, faoliyat turi she'r orqali aniqlanadi.

Ma'naviyat inson toji,

Ma'naviyat qalb quyoshi.

Qayda bo‘lsa ma'naviyat,

Rivojlangay jamiyat.

- Ma’naviyat qanday fan?

- Ma'naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonni uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.

2-bola:

-I Ma'naviyat - insonning ichki go‘zalligi.

Bolalar fikrlarini aytishadi, sinf sardorining haftalik hisoboti, o‘tilgan faoliyat, uy vazifalari so‘raladi. Yangi mavzu kirish savoli bilan yoritiladi.

Musiqa rahbari:

- Oila insonning voyaga yetadigan, o‘sib-ulg‘ayadigan joyi, makoni. Mening nazarimda, oila shu. Sizchi, siz oilani qanday tushunasiz?



1-bola:

- Oila bu insonni voyaga yetkazadigan, unga eng go‘zal tuyg‘ularni singdiradigan, undagi barcha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradigan maskan.



2-bola:

- Oila arabcha so‘z bo‘lib, nikoh va qarindoshlik asosida birgalikda yashashni bildiradi,



3-bola:

- Oila insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari shakllanadigan joy.



4-bola:

- Yurtboshimiz oila haqida shunday degan: «Bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne'mat bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi».



Musiqa rahbari:

- Oila kimlardan iborat?



Bola:

- Ota-ona va farzanddan iborat,



Musiqa rahbari:

- Ota kirn?



Bola:

- Ota - oila boshlig‘i. Oilani boshqarib turuvchi adolat tarozisi.



Musiqa rahbari:

- On a kim?



Bola:

- Ona - bu oilaga nur sochuvchi issiq quyosh. Go‘dak ilk bor panoh, rizq topadigan issiq bag‘r. Inson on a timsoli orqali kimgadir kerakligini his qiladi.



Musiqa rahbari:

- Farzand kim?



Bola:

- Farzand oilaning quvonchi, kelajakning ishonchi.

U oilaning urf-odatlarining, qadriyatlarning davomchisi. (Shu fikrlar aytilganda, oila shajarasi daraxt qismlari joylab boriladi).

Azizlarim” qo‘shig‘i kuylanadi.



Musiqa rahbari:

- Rivoyat qilishlaricha, birinchi oila Odam Ato va Momo Havodan tarqalgan ekan. Shundan so‘ng xalqlar, millatlar paydo bo‘libdi. Shuning..uchun insonlar bir oilaning farzandi deyilar ekan. Bugun biz sizlar bilan shu qutlug‘ dargoh haqida suhbatlashamiz (bolalarga avvalgi faoliyatda guruh ishlari berilgan bo‘ladi).

1-guruh: «Sadoqat» - Oila - tarbiyaning o‘chog‘i;

2-guruh: «Muhabbat» - Oilada ota kasbi tushunchasi;

3-guruh: «lymon» — Mustahkam oila - kelajak poydevori;

4-guruh: «Or-nomus» - Oila - muqaddas dargoh. Bolalar o‘z ishlarini taqdimot qiladilar.

1-guruhning taqdimoti quyidagicha bo‘lishi mumkin:

1-bola:

- Oila - tarbiyaning o‘chog‘i. Oilada inson tarbiyasiga asos solinadi. Oila bolada shakllanishi lozim bo‘lgan barcha insoniy jihat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi sanaladi.



2-bola:

- Biz, avvalo, tarbiyaning o‘zi nima ekanligi haqida bilishimiz lozim. Tarbiya haqida gap ketganda, Abdulla Avloniyning quyidagi fikrlari yodimga tushadi: «Tarbiya biz uchun yo hayot -yo najot, yo halokat - yo saodat - yo falokat masalasidir». Tarbiya 3 xil bo‘ladi. Oila tarbiyasi, ustoz tarbiyasi, jamiyat tarbiyasi.

Lekin inson uchun eng muhimi oila tarbiyasidir. Chunki, axloq-odob asoslari asosan oilada shakllanadi.

3-bola:

- Biz guruhimiz bilan bu masalaga to‘xtalib, oilada shakllanadigan fazilatlarni, sifatlarini quyidagicha gapirdik.

Bolalar o‘z ko‘rgazmalarini namoyish etadilar.

4-bola:

- Xalqimizda bir maqol bor «Qush uyasida ko‘rganini qiladi». Masalan, oilada mehnat qilayotganda hamma mas'uliyatni birdek his qilib ishlasa, o‘sha insonlarda keyinchalik o‘zgalarga yordam berish, mehribonlik kabi xislatlar ulg‘ayadi (bolalar fazilatlarni misollar bilan tushuntirishadi).

2-guruhning taqdimoti. Bu guruh oilada ota kasbi degan tushuncha, insonda hunar o‘rganishga bo‘lgan muhabbat kabilarni misol bilan hayotga bog‘lab tushuntiradilar.

3-guruh.


1-bola:

- Oilada kelajak vorislari tarbiya topadi. Yurtboshimizning bir gaplari bor: «Farzandlarimiz

bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart», deydilar. Baxtli bo‘lishimiz uchun dastlabki e'tiborni oilaga qaratdilar.

2-bola:

— Mustaqiilikka erishganimizdan so‘ng Konstitutsiya qabul qilindi va unga oila haqida moddalar kiritildi (bolalar oila haqidagi moddalarni aytishadi).



3-bola:

- Shunday maqsadda 1998-yil 30-aprelda «Oila kodeksi» qabul qilindi. Bu kodeks 8 bo‘lim, 30 bob va 238 ta moddadan iborat.



4-bola:

- Mamlakatimizda oila va uning mustahkamligini ta'minlash maqsadida bu masalalar davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 1998-yili - «Oila yili», 1999-yil - «Ayollar yili» deb e'lon qilindi.



5-bola:

- Sog‘lom, barkamol, yetuk farzandlarni tarbiyalash maqsadida 2000-yil - «Sog‘lom avlod yili», 2001-yil - «Onalar va bolalar yili» deb e'lon qilindi. Har yili shu kelajak vorislarini tarbiyalovchi onalarimiz sog‘ligini nazorat qilib, bepul tibbiy ko‘riklar tashkil qilinadi. (Bolalar «El-yurt tayanchi» monumentini namoyish qilib. «Oila kodeksi» dan misol aytib, fikrlarni kengaytiradilar).

4-guruh.

1-bola:

- Oila jamiyatning kichik negizidir. Vatanni tushunish, uni his etish oiladan boshlanadi.



2-bola:

- Insonning vujudga kelishida ona ko‘ksi dastlabki makon bo‘lgani kabi uni Vatanga qiyoslashadi. Vatanni ta'riflanganida ham ana shu muborak so‘zni qo‘shib, «Ona Vatan» deymiz.



3-bola:

- Oila bu - Vatan. Vatan ostonadan boshlanadi. Inson uchun birinchi qadam qo‘yadigan ostonasi bu oiladir. Vatanga bo‘lgan muhabbati oiladan, ona allasidan boshlanadi. Ona alia aytayotganida «Tezroq katta bo‘lgin», «El-yurtga xizmat qilgin» jumlalarini uchratamiz. Shu so‘zlar orqali farzandida Vatanga mehr shakllanadi.

Vatan” kompozitsiyasi qo‘shiq va raqs ijro etiladi.

Bolalar fikrlarini tugatgandan so‘ng Musiqa rahbari mustahkam oila yili haqida gapiradi va mustahkamlikning 12 sirini aytib beradi.

Oila mustahkam bo‘ladi, qachon?

Tejamkorlik bo‘lsa, hamjihatlik bo‘lsa, mehnat taqsimotiga e'tibor berilsa, ahillik bo‘lsa, o‘zaro hurmat bo‘lsa, farzand tarbiyasiga barcha birdek kurashsa, sadoqat bo‘lsa, ishonch bo‘lsa, muomala madaniyatiga e'tibor berilsa, oila budjeti to‘g‘ri taqsimlansa, mas'uliyatni birdek his etsa, barchaning istak-xohishi inobatga olinsa.

Oilam.

Muqaddassan, mustahkamsan.



Tarbiyalaysan, o‘stirasan, ulg‘aytirasan.

Men seni doim qadrlayman.

Vatanim.

(Hamma xo‘r bo‘lib ijro etadi).



“Men yurtimni, oilamni sevaman” qo‘shig‘i bilan tadbir yakunlsanadi.
Download 366 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling