Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
o‘z
anjomlarini 253 ehtiyot qilishlari zarur (o'yinchoqlar, kiyimlar va o‘rin jihozlari). Ota-onalar bolalaming fe’l - atvorini yaxshi bilishlari ularda bola tarbiyasi uchun javobgarlikni oshiradi. Ular bo laga bir xil talab qo‘yadilar va ta’lim taibiya-ishini izchil- lik bilan amalga oshiradilar. Maxsus pedagogik bilimlami egallash bolalarda sinch- kovlikni, kuzatuvchanlikni, mantiqiy tafakkuming • oddiy formalarini o‘stirishga, bolalar mehnati va o'yiniga to‘g‘ri rahbarlik qilishga bolalar xulqini to‘g‘ri tahlil qilishga yordam beradi. Ota-onalami ilk yoshi bolalar filologiya va psixologiya- sini bilishlari bolani sog‘lig‘ini saqlashga g‘amho‘rlik qilish uni harakatlarini madaniy gigienik malakalarini rivojlan- tirish nutqi, muomila faoliyatini o‘stirishga yordam beradi. Bolalarda mutaqillikni o‘stirish ulami qiyinchiliklami yengishga o'rgatish undagi irodani mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birjga bolalami tarbiyalashda ulaming o‘ziga xos xususiyatlami bilish va uni e’tiborga olish zarur. Chun- ki har bir bola yoshi teng bo‘lgan ikkinchi boladan o‘zining qiziqishi, qobiliyati, mijozi va fe’l-atvori bilan farq qiladi. Bir xil vaziyatda har bir bola o‘zini har xil tutadi: biri uyat- chan, tortinchoq, boshqasi esa dadil; biri bo‘shang, pssiv, yana boshqasi tevarak-atrofda bo'layotgan voqealarga ju- dayam xushyor va sezgirlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Shuning uchun, ota-onalar har bir bolaga uning o'ziga xos, mos yo‘lni tanlaydilar. Oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, hamjihatlik, oilaning yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ichki hayoti tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi. Oila a’zolari o‘rtasidagi 254 samimiy munosabatlar: mehribonlik, o‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kayfiyati, umu miy tartib va oilaviy an’analar, bolalarga kattalar qo‘ya- digan talablaming yagonaligi muhim rol o‘ynaydi. Bolani to‘g‘ri tarbiyalashda uning oldida ota-onaning obro‘sini yuqori bo‘lishi kerak, busiz tarbiya bo‘lishi mum kin emas. Ota-onalaming fuqarolik qiyofasi, hayoti, ishlari, yurish turishi, jamiyat oldida o‘z oilasi uchun javobgarlik tuyg‘usi ular obro‘sining asosidir. Mehnat va ijtimoiy fao- liyatni oilaviy vazifalar bilan qo‘shib olib boradigan, o‘z bolalarining hayotiga qiziqadigan va ularga mohirlik bilan rahbarlik qiladigan ota-onalar eng obro'li kishilardir — bu- laming hammasi ham onaga, ham otaga baravar taalluq- lidir. Bolalarga qo‘yiladigan talablarda birlik bo‘lishi umum- pedagogik prinsip hisoblanadi, maktabda ham, oilada ham bu prinsipga amal qilinishi lozim. Oilada bolalami tarbiya lashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur: a) bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni his qilish; b) pedagogik bilimlardan xabardor bo‘lish; d) bolaga bo‘lgan mehr-muhabbatni unga talabchanlik qilish bilan qo‘shib olib borish. Insonning qanday kishi bo‘lib yetishishi ko‘p jihatdan javobgardirlar. Shaxsning qadr-qimmati uning jamiyatga keltiradigan foydasi bilan baholanadi. Ota-onalar o‘z bola larining asosiy tarbiyachilari hisoblanadilar. Shuning uchun ular farzandlarini o‘z haqining eng yaxshi urf-odatlari va oilaviy an’analarini ruhida oliyjanob faziiatli, bilimdon, madaniyatli shaxs qilib tarbiyalashlari kerak. Tarbiya ko‘p qirrali, uzoq davom etadigan jarayondir. Bolani o‘rab olgan muhitning hammasi - odamlar, narsalar, 255 voqea-hodisalar, uning ongida, xulq-atvorida ma’lum iz qoldiradi, uni o‘zgartiradi va rivojlantiradi. Ota-onaning burchi mana shu rivojlanishni ziyraklik bilan boshqarib boorishdir. Ota-onaning mehri, muruwati, g‘amxo‘rligi bolalar uchun suv va havodek zarur. Oilaviy tarbiyaning ko‘p muammolari ota-onalami pedagogik bilimlardan xabarsiz ekanliklari orqali yuzaga keladi. Bunda yota-onalaming ko‘pchiligi axloq, huquq- shunoslik, ruhiyat va pedagogik bilimlami bilmaydilar. Bu esa bola tarbiyasida noxush voqealarga sabab bo‘lmoqda. Ota-onalarga mo‘ljallangan, ulaming tafakkurini va amaliy faoliyatini kuchaytiruvchi, oilada bolaning xulqini va o‘zlarining tarbiyaviy ta’sirini tahlil qilishga undovchi peda gogik bilimlami yanada kengroq targ‘ib qilish kerak. Hoziigi vaqtda jumhuriyatimiz rahbarlarining asosiy diqqat-e’tiborlari jamiyatda yuz berayotgan noxushliklami bartaraf etish, oilalaiga, ko‘p bolali onalaming farzandlariga yaxshi tarbiya berishlariga, oila tarbiyasi va ijtimoiy tar biya birligini mustahkamlashga qaratilgandir. Chunki bo laning sog‘lig‘ini saqlash va uni tarbiyalashda oila asosan rol o‘ynaydi. Mustahkam, ma’naviy va axloqiy sog‘lom oila jamiyat taraqqiyotining asosiy omilidir. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling