Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
- Bu sahifa navigatsiya:
- ’ Bu bobni yaratishda Росс Kemibell asarlaridan foydalanilgan. 271
- Quyidagi uchta jazo turini iloji boricha qo‘IIamang
270
IX bob. BOLANI RAG'BATLANTIRISH VA JAZOLASH* Tarbiya jarayonida bolaga ta’sir etishning bir qancha uslublarini qo‘yush mumkin. Lekin farzandga jismoniy jazo berish ta’sir etish uslublarining oxirgisi bo'lib hisoblanadi va bu usulga ota yoki ona so‘ngi chora sifatidagina murojaat etishi kerak. Afsuski, hozirgi paytda jismoniy jazoga murojaat etish yo‘li qisqarib bormoqda va uni qo‘llash ko‘p jihatdan bolaning xulq-atvori natijalari bilan belgilanmay, balki ko‘p- roq, ota-onaning tajang holatidan kelib chiqib belgilanmoq- da. Tadqiqot natijalariga ko‘ra tarbiya jarayonida jismoniy jazoni u yoki bu hollarda qo'llash tarafdorlari ko'pchilikni tashkil etar ekan. Shuni hisobga olgan holda bu borada ba’zi mulohazalami taqdim etamiz: — iloji boricha bolaga jismoniy jazo berishdan o‘zingizni tiying. Bolani jazolash taibiyaviy natijani ko‘zda tutgan holda amalga oshirilishi kerak. Bolangizni tarbiyalash jarayonida qattiq jahlingiz chiqqanida o‘zingizni boshqarishingiz qiyin bo‘lsa, iloji boricha boshqa narsaga chalg‘itishga harakat qiling. Agar bola taibiyasida oila a’zolaridan yana kimdir ishtirok etsa, kelishib olinglar: kimningdir jahli chiqib, o‘zini idora etishi yo‘qolganda, ikkinchisi unga ko'makka kelishi va iloji boricha uni xotiijam qilishga urinishi kerak. Masalan, alohida xonaga olib kirish, ’ Bu bobni yaratishda Росс Kemibell asarlaridan foydalanilgan. 271 odamni yengillashtiruvchi so‘zlar aytish, bolani nazorat qilish jarayonini o‘z qo'liga olish va hokazo. Quyidagi uchta jazo turini iloji boricha qo‘IIamang «Jismoniy jazo — qaysi shaklda bo'lishidan qat’iy nazar, u holda hayoti va sog‘lig‘iga xavf soladi. Bolaga nisbatan jismoniy jazo qo‘llash bola tomonidan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarining o‘zlashtirilishini sekinlashtiradi, unda tashab- buskorlikning rivojlanmasligiga, itoatkorlik, xavotirlanish, yolg‘onchilik, tajovuzkorlikning ortishiga olib keladi. Tanbeh berish - bola harakatlarini taqiqlash, uning shaxsiga nisbatan to‘g‘ridan-to£g‘ri yoki kinoya bilan salbiy munosabatda bo‘lish, salbiy baho berish ko‘rinishida bo‘ladi. Buning natijasida bolaning shaxs sifatida rivojlanishi buziladi, ya’ni bolada o‘z-o‘zini baholash darajasi pasayib, unda mutelik, o‘ziga ishonmaslik, ichidagini hech kimga ayt- maslik, xasadgo‘ylik kabi salbiy sifatlaming shakllanishiga olib keladi. Ota-ona tomonidan bolaga turli xil «yorliqlaming yopishtiri-lishi» unda ota-onasi tomonidan chetga surib qo'yilganlik va ular meni yaxshi ko‘rmaydi, degan xulosaga kelishiga sabab bo'lishi mumkin. Ota-ona mehridan mahrum qilish - bunda ota-onalar o‘z salbiy munosabatlarini: «Men seni yaxshi ko‘rmayman», «Sen bizga kerak emassan», «Ortiqcha yuksan» kabi so'zlar bilan bolaga ochiq-oydin bildirishadi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling