Oila pedagogikasi

bet114/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Bogging bo‘Isa, qora qil,
0 ‘g ‘ling bo‘Isa, mulla qil.
Daraxtdan meva olaman desang,
Niholligidan parvarish qil.
247


Suv bilan ekin о ‘sar,
Tarbiya bilan - odam.
Bola taibyasida kattalaming ibrati to‘g‘risida quyidagicha 
maqollar mavjud:
Daraxt ко ‘ra - mevasi,
Ota-onasiga ко ‘ra - bolasi.
Daryo chuchuk
-
ariq chuchuk,
Daryo achchiq - ariq achchiq.
Igna qayoqqa yursa,
Ip ham shu yoqqa yurar.
Madaniy va ma’naviy merosimiz bo‘lgan hadisu sha- 
rifda ham tarbiya, axloq-odob, o‘zaro do‘stona munosabat- 
lar, qarindoshlik, mehr oqibat, adolat, insof-tavfiq bilan bir 
qatorda ota-ona va farzandlaming haq-huquqlari hamda 
burchlari o‘z ifodasini topgan.
Hazrati Muhammad 
payg‘ambarimiz (S.A.V) 
ota- 
onaning bolalari oiladagi burchlari haqida bir hadislarida: 
«Farzandlaringizni yaxshi boqingiz, ulami yaxshi tarbiya qi- 
lingiz», — deb marhamat qilgan edilar.
Ota-onaning burchi bola tug‘dirishdangina iborat emas. 
Tug'ilgan farzandni o‘stirish, yaxshi tarbiyalash, dini va 
millati uchun foydali qilmoqdir. Yana bir hadisda «Farzand­
laringizni izzat ikrom qilish bilan birga 
axloq-odobini 
yaxshilanglar», deyilgan.
Aga oila ma’nosiz hayot kechirsa, faqat shaxsiy huzur 
halovoti bilan mashg‘ul bo‘lsa, agar oilada rahmsizlik va
248


xudbinlik hukm surayotgan bo'lsa, bulaming hammasi bo­
laning ma’naviy qiyofasiga salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi, 
albatta. Shu sababli ota-onalar uchun oila tarbiyasi, awalo, 
o‘z-o‘zini taibiyalashdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Ota-ona- 
lamig yuksak ijtimoiy ongi bolalarda ham shunga mos ong 
tarkib topishiga yordam beradi.
Oilada kattalarga hurmat, kichiklami avaylash kabi 
qoidalar kundalik odatga aylanib borishi kerak.
Ota-onalar oldidagi mas’uliyatning naqadar muhimligi 
shundan iboratki, ular bolaning har bir qadamini, har bir 
xatti-harakatini zimdan kuzatib boradilar. Bolalar har qanday 
janjalni, yomon, noo‘rin so‘zni uzoq eslab yuradilar, o‘mi 
kelganda vaziyat bo‘lganda amalda qo'llashga harakat qila- 
dilar.
«Qush uyasida ko‘rganini qiladi», deydi xalqimiz. 
Ayniqsa, bolaning izzat nafsiga tegmaslik, uni kamsitib 
gapirmaslik, ota-onaning o‘zi madaniyatsizlik, odobsizlik qil- 
masliklari maqsadga muvofiqdir.
Har bir ota-ona o‘z farzandini sevadi. Hech kim ulardan 
yomon va baxtsiz insonlar etishib chiqishini istamaydi. 
Farzandning har bir yutug‘i ota-onaning yuragini tog'dek 
ko‘taradi, faxr va g‘urur tug'ularini vujudga keltiradi. Lekin 
ota-onaning maqsad va niyatini farzandlar qanday tushu- 
nadilar, bu maqsadlami amalga oshirish uchun ular qanday 
yo‘l va vositalardan foydalanadilar, bular nihoyatda murak- 
kab masalalardir. Ota-onaning jamiyatda tutgan o‘mi, nu- 
fuzi, farzand tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Bu narsa 
mansab bilan belgilanmaydi, eng yaxshi obro‘ va e’tibor 
halol mehnatdir. Halol mehnat bilan jamiyatda orttirilgan 
obro‘ oilada farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Farzand
249


ham ota-onalardek bo‘lishga intiladi. Mehmondo‘st oilada 
o‘sgan farzandlar ham mehmondo‘st bo‘ladilar.
Ota-onalarini 
xor zor qiladigan, dillarini og‘ritadigan 
nomard farzandlar ham uchraydi, ular nima qilayotganlarini 
o‘ylab ham ko‘rmaydilar. Qadimda bir naql bor: ota-ona 
o‘nta bolani boqadi-yu, o‘nta nomard bola ota-onani boqa 
olmaydi. Bu naqlning mazmuni juda chuqur. Uni har bir 
farzand yoddan chiqarmaslik kerak.
0 ‘sib unayotgan farzandlar Alisher Navoiyning mana bu 
nasihatini ham yodda saqlashlari lozim:

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling