hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan huquqiy maorif uchun
amaliy mexanizm yaratilmaganligi, mansabdor shaxslar to
monidan fuqarolaming huquq va qonuniy manfaatlari kam-
sitilishi hollari ko‘pincha huquqiy bilimlaming yetarli emas-
ligi, huquqiy madaniyat darajasi pastligi tufayli yuz bera-
yotganligini ta’kidlab o‘tdi. Xuddi shu sababga ko‘ra huquq-
lari kamsitilgan fuqarolar aksariyat hollarda o‘z huquqlarini
himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan mexanizmidan,
shu jumladan, mansabdor shaxslaming noqonuniy xatti-
harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imko-
niyatlaridan foydalanmaydilar. Aynan huquqiy madaniyat-
ning yetarli emasligi ayrim fuqarolaming jumladan, ayollar-
ning ijtimoiy faolligi past darajada bo‘lishining asosiy saba-
bidir.
335
Demokratik jamiyatimiz fuqarolarini huquqiy bilimli
qilish, huquqiy madaniyat darajasini oshirish uchun huquqiy
targ‘ibot ishlarini keng yo‘lga qo‘yishlik lozim bo'ladi.
Huquqiy targ‘ibot kishilar ongiga mavjud qonunlaming
ma’no-mazmunini singdirish va uni hurmat qilish, amal
qilishga undovchi harakat deb tushunish mumkin. Ushbu
harakat natijasida fuqarolarda huquqiy savodxonlik va hu
quqiy madaniyatni shakllantirish mumkin bo‘ladi.
O'zbekistonda mustaqillik yillarida huquqiy taig‘ibotning
muayyan tizimi yaratilgan. Bu ishlar asosan radio, tele-
videniya, huquqiy nashrlar, shuningdek, turli uchrashuv,
davra suhbatlari orqali amalga oshirilmoqda. Ular asosida
maxsus eshittirish va ko‘rsatuvlar, ruknlar tashkil etilgan. Har
bir eshittirish va ko‘rsatuvlar hayotiy misollar asosida tashkil
Download Do'stlaringiz bilan baham: |