Oila pedagogikasi
OILADA EKOLOGIK TARBIYA BERISHNING
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
OILADA EKOLOGIK TARBIYA BERISHNING
SHAKL VA YO‘LLARI Oilada bolalarga ekologik tarbiya berishning mazmuni Oilada ham bolalami tabiat bilan tanishtirish orqali ularda axloqiy sifatlami tarbiyalash mumkindir. Bunda bolalar yoshiga mos bo‘lgan badiiy asarlardan, suhbatlardan, sayrlardan va turli xil ta’limiy o‘yinlardan foydalanish mumkin. Bolalar adabiyotida tabiat turli vositalar yordamida ifodalanadi. 0 ‘z mazmuniga ko‘ra ilmiy bo'lgan tabia- tshunoslik haqidagi kitob ayni vaqtda san’atning bir turidir. Uning xususiyatlari mana shundadir. 237 Tabiatshunoslik kitobi bolalarda bilishga qiziqishni, kuzatuvchilikni, bilimga boMgan havasni tayyorlash uchun boy materiallami beradi. U bolalar oldiga yangi savollami qo‘yadi, bolalami atrofidagi tabiatga diqqat bilan qarashga majbur qiladi. Tabiat haqidagi bolalar kitobi ota-onalar qo‘lida katta bilim qiymatiga egadir. U kuzatilayotgan joydan chetga olib chiqadi va shu orqali bolalami tasawurlarini kengaytiradi, bolani bevosita idrok etolmaydigan hodisalar bilan tanish- tiradi. Kitob yordamida boshqa iqlim zonalaridagi tabiat hodisalari, hayvon va o‘simliklaming hayoti haqida bilish, predmet va hodisalar haqidagi mavjud tasawurlarini aniqlash hamda aniqlashtirish mumkin. Tabiatshunoslik kitobi bola larda jonsiz tabiat hodisalarini olib beradi, tabiatda mavjud aloqa va munosabatlarini aniqlashga yordam beradi. Ekskursiyalar vaqtida bola tabiat hodisalarini, mavsumiy o'zgarishlarini tabiiy sharoitda kuzatishi, insonning hayotiy talablariga muvofiq tabiatni qanday o‘zgartirayotganini va tabiat kishilarga qanday xizmat qilayotganini ko‘rish mum kin. Ekskursiya bolalarga tabiatda mavjud bo‘lgan dastlabki dunyoqarash tasawurlarini, olamni materialistik tushunishni shakllantirish imkoniyatini yaratadi. 0 ‘rmon, dala, yaylov, daryo va ko‘l qirg‘oqlariga uyush- tirilgan ekskursiyalar bolalarning diqqatini jalb qiladi. Oilada tabiat burchagi tashkil qilib, ulami kuzatib, o‘rganishga harakat qiladi. Ekskursiyalar tufayli bolalarda kuzatuvchanlik, tabiatni o‘rganishga qiziqish o‘sadi. Ular predmetni sinchik- lab kuzatish va uning xarakterli xususiyatlarini qayd qilishga odatlanadilar. 238 Tabiatning go‘zalligi bolalarda chuqur his-tuyg‘ulami uyg‘otadi, o‘chmas taassurotlar qoldiradi. Estetik mada- niyatning o‘sishiga yordam beradi. Shu asosda ona tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, Vatan- ga muhabbatni shakllantiradi. Bolalami tabiat bilan tanishtirish yoki oilada bolalarga ekologik tarbiya berish uchun tabiat qo‘yniga sayrlardan keng foydalaniladi. Oilaviy sayrlar vaqtida bolalar tasawurlarini shakllanishi uchun uzoq muddat talab qilinadigan tabiat hodisalari bilan tanishtirish imkoniga ega bo‘ladi. Bolalarga qominig erishi, kurtaklarnig bo‘rtishi, maysalaming paydo bo‘lishi, gullaming ochilishi, daraxt yaproqlarining paydo bo'lishi va shu kabilar bilan tanishtiriladi. Sayrlarda tabiiy materiallar - qum, loy, suv, muz, barg va shu kabilar bilan xilma-xil o'yinlami tashkil etish mumkin. Oiladagi bolalarda sezgi tajribasi yig‘iladi, ular tabiat hodisalarini barcha aloqa va munosabatlarda tabiiy sharoitlarda ko‘radilar. Sayrlar bolalarga katta quvonch, tabiat bilan munosabatda bo‘lish esa izzat baxsh etadi. Sayrlar vaqtida gulzor va ekinzorlarda katta ishlami amalga oshirish mumkin. Bolalar o‘simliklami sug‘oradilar, oziqlantiradilar, yemi yumshatadilar. Oilada bolalarga axloqiy tarbiya berishda va ulami tabiat bilan tanishtirishda ta’limiy didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tabiatdagi hodisalami, kishilami o‘zaro bir-biri bilan muno- sabatini o‘yin orqali qabul qiladilar. Bolalami tabiat, o‘simliklar, hayvonlar to‘g‘risidagi bilimlarini, tasawur va tushunchalami kengaytirish, aniqlash va mustahkamlashda turli hil o‘yinlardan foydalaniladi. 239 Ekologik tarbiya samaradorligini oshirish ekologik ta’lim- ga bog‘liqdir. Bolalar ongiga ta’limni yaxshiroq sindirishga o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ta’limiy o‘yinlardan tabiiy sharoitda o‘tkazilishi mum- kin. Ta’limiy o'yinlar bolalami xotira, diqqat kuzatuvchanlik kabi bilish jarayonlarini o‘sishga yordam beradi. Bolalami tabiat bilan tanishtirishda: «0 ‘simlikning nomini top», «Bargi qaysi daraxtga tegishli?» yoki «Bargiga qarab top», «Me- vasidan top», «Qaysi o‘simlik haqida gapirildi?», «Urug‘idan top» kabi o'yinlardan foydalanish mumkin. Bu o‘yinlardan ota-onalar oilada bolalami tabiat bilan tanishtirishda foydalanishlari mumkin. Buning uchun ota-onalar bolalami o‘simliklar yoki gullar, daraxtlar, butalar va shu kabilar bilan tanishtirish uchun «Botanika bog‘i»ga yoki bo‘lmasa imkoni boricha ochiq tabiat qo‘yniga olib chiqishlari shart. Oilada bolalami nafaqat o'simliklar dunyosi yoki hayvonlar dunyosini ham bilishlari lozim. Buning uchun «Hayvonot bog‘i», «Tabiatshunoslik muzeyi», «Geologlar muzeyi», «Ekosan», va «Bioekosan» markazlarini tomosha qilib, bir qancha bo‘lsa ham ekologik onglarini oshiradilar. Ba’zi oilalaming «0 ‘z tabiat burchaklari» bo‘ladi. Bulaiga uy sharoitda boqiladigan qushlar, parrandalar, akvariumlari, qo‘y va mollari nazarda tutiladi. Bola ilk davrlaridan shulami ko‘rib ularga mehr berib voyaga yetib ulg‘ayadi. Bu esa ekologik ta’limning boshlanishi desa ham bo‘ladi.Bola kun bo‘yi ulaiga o‘z mehrini berib oziqlantiradi, kuchuk, mushuklami to‘g‘ri harakat qildirishga tarbiyalaydi, kuzatadi parvarish qiladi. Uning xatti-harakatlarida bolalar quvonib, his-tuyg‘ularga berilib, mehrli bo‘lib o‘sadilar. Tabiatdan unimli foydalanishga o‘rgatish uchun bolalar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish zarur. 240 Bolalar tabiat haqidagi elementar bilimlarini egallab olib, o‘simliklami (xona o‘simliklarini ham) o‘stirish, hayvon va parrandalami (uy sharoitida boqiladigan ba’zilarini ham) parvarish qilishning oddiy usullarini o‘rganib, tabiatni ku- zatish, anglash, uning go‘zalliklarini ko‘ra bilish va ulardan bahra olgan taqdirdagina ularda tabiatga nisbatan ehtiyot- korlik va g‘amho‘rlik qilish munosabatida bo‘lishni tarbiya- lash imkoniyati tug‘iladi. Oilada bolalarga ekologik taibiya berishda oddiy usul- lardan foydalanish mumkin; rasmlar ko‘rish va chizish; kino va diafilm, multfilmlami namoyish etish orqali; amalda mashg'ulotlar va suhbatlar o‘tkazish; mehnat (amahy), ota- onaning oddiy tajribalari (bolalar bilan birga) o‘tkazish; og‘zaki tushuntirishlar, maqollar, nasihatlar, hikmatli o‘git- lar, badiiy asarlar, ertak, afsona va miflardan foydalanish, so‘zlab-o‘qib berish, suhbatlashish va she’rlami o‘qib yod oldirish orqali. Bolalami o‘simliklar va hayvonlami sevib, asrab-avay- lashga o‘rgatmoq uchun oiladagilaming o‘zi shu fazilatlarga ega bo'lishlari shart. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ma’lum kunlarga bo‘ysungan holda boradi. Bu qonunlaming buzilishi ertami-kechmi ekologik halokatga olib keladi. Ekologik tarbiya insonning tabiatga bo'lgan yangicha munosabatlarini shakllantirishda muhim bosqich hisoblahadi. Bu yuksak ekologik madaniyatli, o‘z Vataniga, eliga xizmat qiladigan insonning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qilish mumkin. Ekologik tarbiya-axloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Insonlarda ekologik ongni va tafakkukmi tarbiyalash, ulami tabiat qonunlarini tushuntirishlariga yordam beradi. 241 Matabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ekologik tafbiya berish uzoq davom etadigan jarayondir. Har bir insonga ekologik tarbiya berish orqali ulami tabiatga nisbatan bo'lgan munosabatlari o‘zgaradi. Bu esa ekologik muammolami bartaraf etishga yordam beradi. Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, tabiatni qo‘riq- lash masalalari ongli ravishda hal etish uchun oila, bog‘cha, maktab, jamoat joylarida kamol topayotgan yoshlar tabiat sirlarini va undan to‘g‘ri foydalanish usullarini har tomon- lama puxta bilib olishlari shartdir. Oila jamiyatning asosiy negizidir. Shuning uchun ham bolalarga oilada ekologik tarbiya berishga katta ahamiyat be rish zarur. Oilada ekologik tarbiya berishning bir necha bosqich- larida amalga oshirish mumkin. I bosqich: bunda ota-onalarga bolalarga ekologik tarbiya berishning yo‘llari va shakllari, vositalari to‘g‘risida bilimlar beriladi. II bosqich: u bosqichda ota-onalar o‘zlari o‘zlashtirgan bilimlarini amaliy jihatdan qo‘llay boshlaydi. Bolalar bilan kuzatishlar, ekskursiyalar, sayrlar, suhbatlar tashkil etadilar. Biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqot ishi oilada bolalarga ekologik tarbiya berishning ayrim masalalarigina hal etishga yordam beradi. Bu tavsiyalardan ota-onalar, tar- biyachilar bolalarga ekologik tarbiya berishdan foydalanishlari mumkin. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling