Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv bilan ekin о ‘sar, Tarbiya bilan - odam.
- Daryo achchiq - ariq achchiq. Igna qayoqqa yursa, Ip ham shu yoqqa yurar.
Bogging bo‘Isa, qora qil,
0 ‘g ‘ling bo‘Isa, mulla qil. Daraxtdan meva olaman desang, Niholligidan parvarish qil. 247 Suv bilan ekin о ‘sar, Tarbiya bilan - odam. Bola taibyasida kattalaming ibrati to‘g‘risida quyidagicha maqollar mavjud: Daraxt ко ‘ra - mevasi, Ota-onasiga ко ‘ra - bolasi. Daryo chuchuk - ariq chuchuk, Daryo achchiq - ariq achchiq. Igna qayoqqa yursa, Ip ham shu yoqqa yurar. Madaniy va ma’naviy merosimiz bo‘lgan hadisu sha- rifda ham tarbiya, axloq-odob, o‘zaro do‘stona munosabat- lar, qarindoshlik, mehr oqibat, adolat, insof-tavfiq bilan bir qatorda ota-ona va farzandlaming haq-huquqlari hamda burchlari o‘z ifodasini topgan. Hazrati Muhammad payg‘ambarimiz (S.A.V) ota- onaning bolalari oiladagi burchlari haqida bir hadislarida: «Farzandlaringizni yaxshi boqingiz, ulami yaxshi tarbiya qi- lingiz», — deb marhamat qilgan edilar. Ota-onaning burchi bola tug‘dirishdangina iborat emas. Tug'ilgan farzandni o‘stirish, yaxshi tarbiyalash, dini va millati uchun foydali qilmoqdir. Yana bir hadisda «Farzand laringizni izzat ikrom qilish bilan birga axloq-odobini yaxshilanglar», deyilgan. Aga oila ma’nosiz hayot kechirsa, faqat shaxsiy huzur halovoti bilan mashg‘ul bo‘lsa, agar oilada rahmsizlik va 248 xudbinlik hukm surayotgan bo'lsa, bulaming hammasi bo laning ma’naviy qiyofasiga salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi, albatta. Shu sababli ota-onalar uchun oila tarbiyasi, awalo, o‘z-o‘zini taibiyalashdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Ota-ona- lamig yuksak ijtimoiy ongi bolalarda ham shunga mos ong tarkib topishiga yordam beradi. Oilada kattalarga hurmat, kichiklami avaylash kabi qoidalar kundalik odatga aylanib borishi kerak. Ota-onalar oldidagi mas’uliyatning naqadar muhimligi shundan iboratki, ular bolaning har bir qadamini, har bir xatti-harakatini zimdan kuzatib boradilar. Bolalar har qanday janjalni, yomon, noo‘rin so‘zni uzoq eslab yuradilar, o‘mi kelganda vaziyat bo‘lganda amalda qo'llashga harakat qila- dilar. «Qush uyasida ko‘rganini qiladi», deydi xalqimiz. Ayniqsa, bolaning izzat nafsiga tegmaslik, uni kamsitib gapirmaslik, ota-onaning o‘zi madaniyatsizlik, odobsizlik qil- masliklari maqsadga muvofiqdir. Har bir ota-ona o‘z farzandini sevadi. Hech kim ulardan yomon va baxtsiz insonlar etishib chiqishini istamaydi. Farzandning har bir yutug‘i ota-onaning yuragini tog'dek ko‘taradi, faxr va g‘urur tug'ularini vujudga keltiradi. Lekin ota-onaning maqsad va niyatini farzandlar qanday tushu- nadilar, bu maqsadlami amalga oshirish uchun ular qanday yo‘l va vositalardan foydalanadilar, bular nihoyatda murak- kab masalalardir. Ota-onaning jamiyatda tutgan o‘mi, nu- fuzi, farzand tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Bu narsa mansab bilan belgilanmaydi, eng yaxshi obro‘ va e’tibor halol mehnatdir. Halol mehnat bilan jamiyatda orttirilgan obro‘ oilada farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Farzand 249 ham ota-onalardek bo‘lishga intiladi. Mehmondo‘st oilada o‘sgan farzandlar ham mehmondo‘st bo‘ladilar. Ota-onalarini xor zor qiladigan, dillarini og‘ritadigan nomard farzandlar ham uchraydi, ular nima qilayotganlarini o‘ylab ham ko‘rmaydilar. Qadimda bir naql bor: ota-ona o‘nta bolani boqadi-yu, o‘nta nomard bola ota-onani boqa olmaydi. Bu naqlning mazmuni juda chuqur. Uni har bir farzand yoddan chiqarmaslik kerak. 0 ‘sib unayotgan farzandlar Alisher Navoiyning mana bu nasihatini ham yodda saqlashlari lozim: Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling