Oila pedagogikasi


undalmoqda. Lekin mamlakatimizda ta’lim tizimi bilan

bet170/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

undalmoqda. Lekin mamlakatimizda ta’lim tizimi bilan 
qamrab olinmagan aholiga ham milliy g‘oyalami qalblarga 
singdirish zarurati bor. Ta’lim bilan qamrab olinmagan aholi 
ongida milliy g‘urur, vatanparvarlik, yurtga sadoqat, xalq 
ishiga kamarbastalik psixologiyasini shakllantirishning sama- 
rali mexanizmlarini ishlab chiqish muhim vazifalardandir.
Milliy g‘oya har bir fuqaroning oilasi, jamiyat, el yurt 
oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada aks etayotganini 
belgilaydigan mezondir. Shuning uchun insonlarda mana shu
350


e’tiqodni, mas’uliyatni kuchaytirish uchun targ'ibotning 
samarali usullarini qo‘llash zarur. Targ‘ibotning samarali 
kechishi uchun qanday omillarga murojaat etish kerak?
Targ‘ibotning eng samarali yo‘llaridan biri hayot ichiga 
faol kirib borish, ya’ni mahallalarda insonlar bilan yuzma- 
yuz milliy g‘oya va mafkura haqida bevosita suhbatlar olib 
borish zarur. Davra suhbatlariga taniqli el-yurt ishonchini 
oqlagan olimlar, mehnat fahriylarini taklif etib, insonlarda 
Vatanga bo'lgan mehr-muhabbatni yanada shakllantirish 
mumkin.
Targ‘ibotni samarali kechadigan jarayoni ta’lim tarbiyani 
oila instituti orqali olib borish ham o‘z natijasini beradi. 
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Oila — jami- 
yatning asosiy bo£g‘inidir hamda jamiyat va davlat muho- 
fazasida bo‘lish huquqiga ega»,1 deb belgilab qo‘yilgan. Oila — 
har bir xalq, millatning davomiyligini saqlaydigan, qadriyatlar 
barqarorligini ta’minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, 
uni ma’naviy, barkamol qilib yetishtiradigan ijtimoiy insti- 
tutdir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling