Inson shaxsini kamol toptirish oiladan boshlanadi. Har
bir jamiyatda yuz beradigan o'zgarishlar oilaga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi, shu bilan birga oiladagi o‘zgarishlar jamiyatga
ta’sir etmay qolmaydi. Shunday ekan oilalarda qanchalik
sog‘lom muhit bo‘lsa, jamiyat ravnaqi ham odimlaydi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, oilani har bir
o‘zbek faizandi muqaddas deb biladi. So‘zimizning isboti
uchun «Bola tarbiyasiga kim mas’uldir?» degan savol bilan
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi oilalaiga murojaat
qilganimizda, so‘rovda ishtirok etganlaming 90 % - «ota-
ona», 10 % - «maktab-mahalla» deb javob berishgan.
Ushbu javoblardan ko‘rinib turibdiki, farzand taibiyasini,
awalo, oiladan boshlash kerak. Chunki yaxshi oilada tarbiya
topgan bola maktab-mahallada namunali xulqini namoyon
qiladi. Inson o‘zining Vatan deb atalmish ulug‘ bir oilaga
355
mansubligini his etish tuyg‘usi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi,
balki izchil g‘oyaviy tarbiya natijasida yuzaga keladi. Oiladagi
totuvlik, ahillik, mehr-oqibat uzluksiz ravishda beriladigan
anloqiy tarbiyaning mahsulidir. Jamiyatning turli qatlamlarini
umumiy manfaatlar asosida jipslashtirish mafkuraviy tarbiya
vositasida amalga oshiriladi.
Ota-onalar farzand tarbiyasida ulami awalo, o‘z-o‘zini
to‘g‘ri anglab yetishga o‘rgatishlari lozim, buning uchun esa
o‘zlari ham ma’lum bir ma’lumotlaiga ega bo‘lishlari kerak.
Buyuk donishmand Suqrotning « 0 ‘z ishingni qilginu, o‘z-
o'zingni anglab yet» degan mashhur gapi bor. Inson o‘z-
o'zini anglab Hetish, ya’ni o‘zini, hayotini, do‘stlari, jamiyat-
ni, xalqini, madaniyatini, tarixini anglab yetish, tushunish va
Download Do'stlaringiz bilan baham: |