Oila pedagogikasi


insonlami voyaga yetkazishda keng ma’nodagi tolerantlik

bet174/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

insonlami voyaga yetkazishda keng ma’nodagi tolerantlik, 
oilaviy munosabatlardagi insoniylik tamoyillari muhim o‘rin 
tutadi. Har bir oilasida muqaddas sanaladigan mehmon- 
navozlik, qiz va o‘g‘il bolalar tarbiyasi borasida maxsus 
an’analaming mavjudligi, yil mavsumiga ko‘ra barcha oila 
a’zolari ishtirokida o‘tkaziladigan turli ezgulikka chaqirib, 
sog‘lom mafkuraviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
0 ‘zbek oilasida bola ongida sog‘lom g‘oya va bilimlar 
shakllanishi jarayonida oilaning kattalari - bobolar, momo- 
lar, yaqin-qarindosh urug‘lar ham bevosita ishtirok etadi. 
Azaliy udumga binoan bola tarbiyasida ota-onadan ham 
ko‘ra bobo va buvilaming ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Ular 
oiladagi ma’naviy muhitning boshqaruvchilari hisoblanadi.
354


Badiiy adabiyot 
orqali xalqimizga sabr-qanoat, hallollik, 
vatanparvarlik, sadoqat kabi fazilatlami qalblarga singdirish 
mumkin. «Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini 
о‘tin yorishga sarflamaslik kerak» degan fikmi Abdulla 
Qahhor bildirgan. Mamlakatimiz olim va yozuvchi, shoir- 
larining asarlarida milliy mentalitetimizga mos g‘oyalarga 
asoslanib, g‘oya esa asarga mos va mutanosib tarzda yara- 
tilishi kerak.
Yozuvchi A.Qahhor «Biror bir asar o'quvchida qanday 
ta’sir qoldirsa, uni qaysi yo'lga boshlasa, g‘oyasi oshada» 
degan fikmi bildirgan. Darhaqiqat, hozirgi kunda yoshlami 
turli yot g‘oyalarga berilib ketmasliklari uchun ulami ezgu 
g'oyalariga undash kerak va bu g'oyalar ulaming maslagiga 
aylanishiga erishmoq lozim. Shundagina insonlami turli 
buzg‘unchi g‘oyalardan saqlay olamiz.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling