Oilaning nazariy va huquqiy asoslari tarixi
2. Oila qonunchiligining rivojlanishi va takomillashuvi
Download 408.03 Kb. Pdf ko'rish
|
oila kurs ishi
10 2. Oila qonunchiligining rivojlanishi va takomillashuvi. Oilani yanada mustahkamlash va uning ijtimoiy ahamiyatini oshirish uchun huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy normalar mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi g'oyalari asosida tayyorlandi. U xalqaro normalarga va milliy mentalitetga mos ravishda ishlab chiqildi. Oila a'zolari o'rtasidagi munosabatlar axloq-odob va huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadi. Oilani mustahkamlash, ota-onalar va bolalarning huquqini himoya qilishga jahondagi nufuzli tashkilotlar ham katta hissa qo’shmokda. Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda inson manfaatlari, oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish xalqaro huquq normalariga binoan amalga oshirila boshlandi. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining „Inson huquqdalri umumjahon deklarasiyasi" (1948 yil), „Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shaqllariga barham berish to’g’risida konvensiya" (1979 yil, 18 dekabr), „Bola huquqlari haqida" (1989 yil, 20 noyabr), „Bir xil qiymatdagi ish uchun erkaqlar va xotin-qizlarga haq to’lash to’g’risida" (1951 yil, 29 iyun), „Xotin- qizlarning siyosiy huquklari to’g’risida" (1952 yil, 20 dekabr) konvensiyalar, „Boshqa mamlakatlarga bolalarni o’g’irlab ketishning fuqarolik jihatlari to’g’risidagi Gaaga konvensiyasi" (1980 yil, 25 oktyabr), „Bolalarning yashashini, himoyalanishini va rivojlanishini ta’minlash to’g’risidagi umumjahon deklarasiyasi" (1990 yil, 30 sentyabr), Xalqaro Mehnat Tashkilotining „Onalikni muhofaza qilish to’g’risidagi 103-konvensiyasi" (1952 yil, 23 iyun) va boshqa qator hujjatlarning parlamentimiz tomonidan rati-fikasiya qilinishi mustaqillik yillarida oila, onalik va bolalik manfaatlarini xalqaro huquq normalari asosida himoya etish sohasidagi ijobiy qadamlardir. Mamlakatimizda oilaviy-huquqiy munosabatlar O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me'yoriy hujjatlari, xalqaro-huquqiy normalar, Fuqarolik holatlarini qayd etish tartibi to'g'risidagi Yo'riqnoma, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari, O'zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to'g'risida Nizom, Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish (patronat) to'g'risida Nizom, Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqidagi qaror, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining oila huquqi masalalariga qaratilingan dasturiy ko'rgazmalari bilan tartibga solinadi 1 . Oila huquqining asosiy manbai O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidir. U o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. 1 O.I.Oqyulov – Oila huquqi., Toshkent.: 2016. 73-bet 11 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning III bo'lim, XIV bobi «Oila» deb nomlanib, 63-66-moddalar oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalardir. 46-moddada esa xotin-qizlar va erkaqlar teng huquqlidirlir, degan oila huquqini tamoyilini asosiy qonunga kiritdi. Konstitutsiyaning 63- moddasiga asosan: «Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bolish huquqiga ega». Oila huquqining asosiy manbai butun keng qamrovli oila qonunchiligining «o'zagi» O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksidir. U 1998-yil 30-aprelda birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o'n birinchi sessiyasida qabul qilinib, o'sha yili 1 sentabrdan e'tiboran amalga kiritildi.2 Oila kodeksi 8 bo'lim, 30 bob, 238 moddadan iborat. Oila kodeksi vazifalari Oila to'g'risidagi qonunlarni yanada takomillashtirish bir qancha yo'nalishlarda olib borildi. Birinchidan, mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me'yoriy hujjatlari unga huquqiy asos qilib olindi. Chunki xotin-qizlar va erkaqlar teng huquqliligi, jamiyatning asosiy hujayrasi hisoblangan oilani mustahkamlash, nikohning barqaror bo'lishi, otalik, onalik va bolalikni muhofaza qilish, farzand tarbiyasida va moddiy ta'minotida ota-onaning huquq va majburiyatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46, 63-66- moddalarida, shuningdek, maxsus qonunlarda, me'yoriy hujjatlarda o'z ifodasini topgan 1 . Ikkinchidan, amaldagi oila qonunlarini takomillashtirishda Uzoq yillar davomida sinovdan o'tgan, o'zining ijobiy natijalarini bergan qoidalar saqlab qolindi. Uchinchidan, alohida e'tiborni Sharqda vujudga kelgan va rivojlangan musulmon huquqini, shariat va odob-axloq qoidalarini tiklash istiqbollarini va uning tamoyillarini yangi Oila kodeksiga kiritishga harakat qilindi. To'rtinchidan, oilaviy munosabatlar mustahkam bo'lgan, bolalar tarbiyasi yaxshi yo'lga qo'yilgan ayrim xorijiy davlatlarning qonunchilik tajribasini yaxshi o'rganib, mamlakatimizning yangi qonunlariga olib kirish masalasi ham o'rganildi. Beshinchidan, ilgari mamlakatda amalda bo'lgan «O'zbekiston SSRning Nikoh va oila kodeksi» (1969- yil 6-iyun), «SSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalarning nikoh va oila to'g'risidagi qonun Asoslari» (1968-yil 27-iyun) asosida yozilgandi. Ularda respublika axolisining, ayniqsa o'zbek xalqining o'ziga xos milliy va mahalliy xususiyatlari deyarli inobatga olinmagan. Oltinchidan, oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish tartibi va uning o'ziga xos xususiyatlari Oila kodeksida berilishi lozim 2 . Chunki moddiy huquqda belgilangan qoidalar protsessual huquqiy tartib asosida amalga oshiriladi. 1 O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Toshkent, «O’zbekiston», 2012. 2 O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. Toshkent. Adolat. 2020. 12 Umuman, Oila kodeksi mamlakatimizda bunyod etilayotgan chinakam huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati, inson manfaatlari yo’lida xizmat qilmog'i lozim. Oila huquqining predmeti bo'lib, oila a'zolari o'rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar hisoblanadi. Shaxsiy munosabatlarga er-xotinning familiyasi, bolalar tarbiyasi, oila turmushi masalalarini hal qilish, mashg'ulot turi, kasb va turar- joy tanlash huquqlari kiradi. Mulkiy munosabatlarga esa, er va xotinning nikoh davomida orttirgan umumiy mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo'lajak er-xotinning umumiy mablag'lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha holat ko'rsatilmagan bo'lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari, oila a'zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari kiradi. Huquqiy-demokratik davlat, erkin adolatli fuqarolik jamiyatida mulkiy bo'lmagan nomulkiy shaxsiy munosabatlar asosiy belgilovchi, mulkiy munosabatlar esa bo'ysunuvchi hosila Harakterga ega. Oilaviy munosabatlar yig'indisida mulkiy bo'lmagan shaxsiy munosabatlarni ustun bo'lishligining sababi, avvalo naslni davom ettirish va bolalarni tarbiyalash bilan bog'liqdir. Shunday qilib, oila huquqi, nikoh tuzish tartibi va shartlari, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi, oilada er va xotin o'rtasida, ota-ona bilan bolalar o'rtasida, oilaning boshqa a'zolari o'rtasida kelib chiqadigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bolalarni oilaga tarbiyaga olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlarni, fuqarolik holati dalolat-nomalarini qayd etish tartiblarini belgilaydigan huquqiy normalar yig'indisidan iborat. Oila huquqi mohiyatini ochib berishda faqat uning tushunchasi, predmetini o'ziga xos xususiyati va shu bilan birga uning eng muhim tamoyillarini ham inobatga olish lozim, chunki uning tamoyillari bu huquq sohasining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1) Oilani jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqi. Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-modda). A) Oila – davlat himoyasida. Oila – davlat himoyasida deyilganda, avvalo, vujudga kelgan oilalarni saqlab qolish va ularni mustahkamlashga qaratilgan davlat tomonidan ko'rilgan tadbir choralar tushuniladi. Davlatning oila xususidagi g'amxo'rligi avvalambor hukumat yuritayotgan kuchli ijtimoiy siyosatda namoyon bo'lmoqda 1 . Davlat rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy islohiy chora-tadbirlarning bosh maqsadi inson va oila manfaatlarini qanoatlantirishdan iborat. Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Respublikamiz Prezidentining farmonlarida o'z ifodasini topmoqda. B) Oila – jamiyat muhofazasida. Jamiyat tomonidan oila muhofaza qilinadi deyilganda, mamlakatda 1 N.M Akayeva – Oila huquqi. Kasb-Hunar kollejlari uchun darslik. Toshkent.: 2016. 82-83-betlar 13 mavjud bo'lgan jamiyatlar va jamg'armalar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarning oilaga ham moddiy, ham ma'naviy yordam berishlari tushuniladi. Bu qoida mustaqil Respublikaning Konstitutsiyasida belgilangan yangi qoidadir. Mamlakatimiz jamoat tashkilotlari har xil jamg'armalar hisobidan oilani mustahkamlash, bolalar manfaatini himoya qilish uchun turli moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatib kelmoqda. Jamoat tashkilotlari o'z maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda respublikada o'tkazilayotgan keng ko'lamli islohotlarga munosib hissa qo'shib, oilalarni mustahkamlashga ko'maqlashmoqda. Masalan, ekologiya va salomatlik sohasida «Ekosan», ehtiyojmand kishilarga va nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatishda «Navro'z» jamg'armalari, nogironlar jamiyatlari, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda Xotin-qizlar qo'mitalari, mehnatkashlarning kasbiy va boshqa qonuniy manfaatlarini ifoda etishda kasaba uyushmalari, iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlashda «Ulug'bek, «Iste'dod» jamg'armalari faoliyatini alohida ta'kidlab o'tish mumkin. 2) Barcha fuqarolar – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar qonun oldida tengligi. Oila huquqida barcha fuqarolar millati, irqidan qat'iy nazar teng ekanligi ifodalangan «barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar» (O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 18- modda). Bu xalqlar do'stligidan kelib chiqadigan o'zgarmas qoida bo'lib oila huquqida o'z ifodasini topib, odamlarni har xil millatga tegishli ekanligi yoki irqiga mansubligi oilaviy munosabatlarda hech qanday ahamiyatga ega emasligini anglatadi. Nikoh tuzish uchun fuqarolarning har xil millatga, dinga e'tiqod etishi to'siq bo'lolmaydi. 3) Hamma oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkak teng huquqlidirlar. Amaldagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46- moddasiga binoan, xotin-qizlar va erkaqlar teng huquqlidirlar. Bu tamoyil konstitusion qoidaga aylandi. Jamiyatda ayol bilan erkakning teng huquqliligi mamlakatimizda erishilgan jinsidan qat'iy nazar fuqarolarni siyosiy tengligiga asoslanadi. 4) Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma'naviy va moddiy qo'llab-quvvatlash hamda ularning o'zaro bir-biriga g'amxo'rlik qilishi. Bu tamoyil oilaviy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib, ular moddiy hisob-kitoblardan xoli bo'lgan bir-biriga muhabbat, hurmat kabi hissiyotlarga asoslanadi. 5) Davlat tomonidan onalik, otalik va bolalikni muhofaza etish va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qilish. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasi 2-qismi va Oila kodeksining 4-moddasi 1-qismiga binoan oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir. Insonning dunyoga kelishi juda katta baxtdir. U muomala layoqatiga ega bo'lib mustaqil ravishda o'z xohishi bilan nikoh munosabatiga kirib oilasida bolalar tug'ilsa unga berilgan eng ulug' nom, unvon bu – onalik, otalik va bolalikdir. 14 6) Ixtiyoriy va erkin nikoh. Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo'lajak er-xotin o'z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi (Oila kodeksining 14-moddasi). 7) Faqat yakka nikohlilikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish. Ochiq adolatli huquqiy jamiyatda fuqaro faqat bir nikohda bo'lishi mumkin. Yakka nikohlilik tamoyili bizning mamlakatda mavjud bo'lgan yuksak istiqlol mafkurasi me'yorlaridan kelib chiqadi. Bunday qoida jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichidagi oila munosabatlarining talablariga to'la javob beradi. Amaldagi qonunda belgilangan yakka nikohlilik hayotda mavjud bo'lgan haqiqat bilan muvofiq bo'lib odamlar xulq-atvoridagi qoidalarga mos keladi. Bu qoidaning buzilishi faqat nikohni haqiqiy emas, deb hisoblashdan tashqari qonunni buzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga ham asos bo'ladi. 8) Davlat tartibi asosida nikohdan erkin ajralish. Davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish (Oila kodeksining 37- moddasi). 9) Bolalarni mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi g'oyasi asosida tarbiyalash. Mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog'lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o'z maqsadlariga erishishi uchun ma'naviy- ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo'lib kelgan. "Oila" kodeksining II bobi oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish masalalariga bag’ishlanadi. Oila kodeksining 10-moddasiga ko’ra, fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini o’z xoxishlariga ko’ra tasarruf etadilar. Oila a’zolarining o’z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o’z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolari va o’zga shaxslarning huыuыlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart. Oilaviy huquqlarni himoya qilish sud tomonidan fuqarolik sud ishlarini yuritish qoidalari bo’yicha, Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa, vasiylik va homiylik organlari yoki boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi 1 . Oila a’zolarining o’z huquqlarini amalga oshirishlarida suiste’molchilikka yo’l qo’yilmaslik nazarda tutiladi. Oilaning boshqa a’zolari va o’zga shaxslarning huquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarni buzmaslik talab qilinadi. Ushbu talab O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 20-moddasiga asoslanadi. Unga ko’ra "fuqarolar o’z huquq va erinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart". Oilaviy huquqlarni amalga oshrishning eng muhim xususiyatlaridan biri bu oila kodeksi normalarining dispozitiv harakterga ega ekanligidir, ya’ni bu normalarni taraflarning o’zaro kelishuvi bilan o’zgartilishi mumkin. Bunday normalar ko’proq, oila a’zolarining mulkiy masalalarini tartibga 1 “Huquqshunoslik, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish” fanidan o’quv uslubiy qo’llanma., Andijon.: 2013. 76-bet 15 solishda uchraydi. Ammo oila a’zosining o’z huquqi boshqa oila a’zolari va o’zga shaxslarning huquqlari bilan bog’langan, ya’ni chegaralangandir. Bundan xulosa shuki, o’z huquqlarini amalga oshirish bilan boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklariga putur yetkazish mumkin emas. Bunday putur yetkzish bilan amalga oshirilgan huquq himoya kilinish imkoniyatidan maxrum bo’ladi. Masalan: nikoh bekor qilingandan keyin urtadagi bolaning onasi otasiga yoki otasi onasiga bola bilan uchrashishiga yul qo’ymasligi ham otaning, ham onaning shuningdek bolaning ham huquqlarini buzganlik hisoblanadi. Ota yoki onaning bola bilan uchrashishga qarshilik qilgan harakatlari ulardan birining huquqlariga putur yetkazilgan deb baxolanadi va bunday harakatlar himoya qilinmaydi. Fuqarolarning o’z oilaviy huquqlarini o’z xoxishlariga ko’ra tasarruf etishlari ko’pincha qonun bilan cheklangan bo’lishi mumkin. Shunga e’tibor berish kerakki, oila a’zolarining ko’pincha huquqlari ularning majburiyati sifatida ham nomoyon bo’ladi. Bu ko’proq ota-ona bilan bolalarning shaxsiy huquqlariga tegishli. ota- onaning bolani tarbiyalashga bo’lgan huquqlari ularning asosiy majburiyatlaridan iborat deb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 64-moddasiga muvofiq «Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlaricha tarbiyalashga majburdirlar». Shunday ekan bunday huquqni amalga oshirishni ota-onaning xoxishiga quyib bo’lmaydi, bu soxada ular zimmasiga majburiyat yuklatiladi. Fuqarolarning o’z huquqlarini amalga oshirishdan voz kechishi bu huquqlarning bekor bo’lishiga olib kelmaydi. Masalan: aliment olishdan voz kechish fakat navbatda olinadigan alimentga tegishli bo’lishi mumkin, lekin alimentni olmagan shaxs aliment olish huquqidan maxrum bo’lmaydi. Boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini qasddan buzish javobgarlik uchun asos bo’ladi. Qasddan qilingan bO’zishlar sud tomonidan himoya qilinadi. Oila kodeksining 11-moddasiga ko’ra «Oilaviy huquqlarni himoya qilish sud tomonidan fuqarolik sud ishlarini yuritish qoidalari bo’yicha, ushbu kodeksda nazarda tutilgan xollarda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi». Oilaviy nizolarni hal qilish umumiy sud vakolatiga taaluqlidir. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan va 1998 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolik – prosessual kodeksi fuqarolarning oilaviy huquqlarini imtiyozlarni nazarda tutadi. Masalan: aliment undirish bo’yicha da’vogarlar sud harajatini to’lashdan ozod qilinadi. Bunday ishlar qisqartirilgan muddatlarda kurib chikiladi. Alimentlarni to’g’risidagi sud ajrimi darhol ijro etiladi. (F. P. K – 263 modda). Oilaviy huquqlar ma’muriy tartibda, ya’ni davlat organi yoki mansabdor shaxsga murojaat qilish yo’li bilan ham himoya qilinishi mumkin. Bunday tartib ota-ona homiyligidan mahrum bo’lgan bolalarga ularning huquqlarini himoya qilish maqsadida o’rnatiladi. Oilaviy munosabatlarda buzilgan huquqlarni tiklashda ularni himoya qilish usullari turlichadir. Ya’ni, birinchidan, shaxsning o’zi tomonidan o’z huquqining himoya qilinishi. Ikkinchidan, sud tomondan himoya qilinishi va uchinchidan, ma’muriy 16 tartibda himoiya qilinishi. Oila huquqlarini himoya qilishda vasiylik va homiylik organlari muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning huquqiy maqomi Fuqarolik Kodeksining 32 – moddasida, Oila Kodeksining 173-193 moddalarida nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 44-moddasiga ko’ra har bir shaxsning huquq va erkinligini sud tartibida himoya qilish davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy hatti-harakati ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya qilishda bolalarning nasl-nasabini belgilash, er-xotin, bolalar, ularning manfaatlarini himoya qilish uchun ularning umumiy mol-mulkdagi ulushini tan olish va belgilash, o’gay ota, o’gay ona, o’gay o’g’il, o’gay qizdan aliment undirish kabi masalalar faqat oilaviy munosabatlarda uchraydi. Demak, oilaviy munosabatlarda oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda bO’zilgan huquqlarni tiklashda qator usullardan foydalanish mumkin. Oilaviy munosabatlarda kelib chiqadigan nizolarni hal etishda da’vo muddatlari qo’llanilmaydi. (12-modda). Da’vo muddati bO’zilgan huquqni sud tomonidan himoya qilish uchun qonun bilan belgilangan muddatdir. Da’vo muddati jamiyat a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek sud amaliyotida barqarorlikni o’rnatish uchun xizmat qiladi. Vaqtning o’tishi bilan nizoli masalarni hal etish uchun tegishli va zarur dalillar bo’lishi yoki bo’lmay qolishi mumkin. Agar nizoni hal qilish uchun ma’lum bir vaqt belgilanmagan bo’lmasa aybi bo’lmagan shaxs asossiz talablar natijasida aybli hisoblanib zarar ko’rishi mumkin. Shuning uchun ham da’vo muddati fuqarolarning bO’zilgan huquqlarini tiklash uchun o’z vaqtida sudga murojaat qilishni talab qiladi va jamiyat a’zolari o’rtasida tartib-intizomni o’rnatish va ta’minlashga yordam beradi. Oilani iqtisodiy,ijtimoiy muhofaza qilish, oila farovonligini va ayellarning ijtimoiy va moddiy axvolini yaxshilashning, bolalarning farovonligini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish O’zbekiston Respublikasi davlat siyesatining ustuvor yunalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Hukumat Qarorlari, davlat va homiylik mablag’lari hisobidan moliyalashtirilgan Davlat dasturlari ushbu siyosatning amalga oshirish shakllaridir. 2012 yil — Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi, deb e’tirof etilgan yilning birinchi Prezidentimiz tomonidan „Mustahkam oila yili" deb e’lon qilinishi zamirida, hech shubhasiz, juda katta ma’no-mazmun mujassam. Bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarish „Oila sog’lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqarordir", degan ezgu tamoyilning hayotiy ifodasini to’liq ro’yobga chiqarishga zamin yaratdi. Haqiqatan ham, oila — jamiyat asosi, poydevori. Poydevor mustahkam bo’lsa, yurt mustahkam bo’ladi. Mustahkam yurtda esa taraqqiyotga zamin yaratiladi. Biz esa — katta yo’lga chiqib olgan, ertasi bugunidan- da yorug’roq, to’kinroq bo’lishini istayotgan va bunga guvoh bo’lib kelayotgan 17 avlod — mamlakatimizda sodir bo’layotgan islohotlar, ularning ko’lami va natijalarini ko’rib turibmiz. Ma’lumki, xalqimiz azal-azaldan oila institutiga katta ahamiyat berib keladi. Har birimiz, eng avvalo, oilaga daxldormiz. Eng yaxshi kunimiz ham, quvonchimiz, baxtimiz ham oiladan boshlanadi. Ota-onamiz salomat- ligi, farzandlarimiz baxti har birimizni o’ylantiradi. Bu holatga davlatning ham befarq emasligini bu borada mustaqillik yil-larida amalga oshirilayotgan ishlar, jumla-dan, 2012 yilning nomlanishida ham ko’rish mumkin. Binobarin, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda „Biz kirib kelayotgan yangi — 2012 yilga mamlakatimizda „Mustahkam oila yili" deb nom berganimiz bejiz emas, albatta. Buning negizida yurtimizda oila institutini, avvalo, yosh oilalarni har tomon-lama qo’llab-quvvatlash, oila tayanchi bo’lgan ayollarimizning og’irini yengil qilish, mahalla tizimining bu boradagi rolini kuchaytirish, muxtasar aytganda, oila farovon- ligini va shu asosda butun xalqimiz farovonligini yanada oshirish kabi maqsadlar mujassam ekanini, o’ylaymanki, hammamiz yaxshi tushunamiz" 1 . Istiqlol yillarida oila xalqimiz uchun muhim hayotiy qadriyat va barkamol avlod-ni voyaga yetkazishda asosiy omil hisoblanishi yana bir bor o’z tasdig’ini topdi. Bu o’tgan davrda oilalarning farovonligi va turmush tarzi yanada yaxshilanib, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari mustahkamlanib borayotganidan ham ko’zga tashlanadi. Oila institutiga e’tibor butun dunyoda katta ekani sir emas. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrdagi yalpi yig’ilishida 1994 yildan boshlab 15 may „Xalqaro oila kuni" deb e’lon qilinib, uning keng nishonlanishiga kelishilgani ham fikrimiz isbotidir. Bundan ko’zlangan maqsad basha-riyatning diqqat-e’tiborini inson o’z orzu-umidlari, baxti-saodati hamda tinchligini bog’laydigan maskan — oilaning mustahkam bo’lishiga qaratishdir. Barcha davrlarda ham davlat va jamiyat g’amxo’rligi oilalarning mustahkamligiga asos bo’lgan. Mustaqillik qo’lga kiritilganidan so’ng o’tgan qisqa vaqt ichida jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash uchun sog’lom oila va oilaviy munosabatlarni barqarorlashtirish davlat siyosatida muhim o’rin egallay boshladi. Shu sababli mamlakatimizda demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shaqllantirish jarayonida alohida muhim funksiyalarni bajaradigan omil — oilaga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Vatanimiz mustaqilligining ilk davridan boshlab mamlakatimizda oilaga alohida e’tibor qaratish va oila institutini rivojlantirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Mana, 31 yildirki, davlatimiz rahbari boshchiligida sog’lom oila, sog’lom jamiyat barqarorligini ta’minlash bo’yicha dunyoda boshqa hyech bir mamlakatda uchramaydigan yondashuv asosida keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmokda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi Qarori 2012 yil O’zbekiston Respublikasida 1 O.I.Oqyulov – Oila huquqi., Toshkent.: 2016. 78-bet 18 “Mustahkam oila yili” deb e’lon kilinganligi munosabati bilan chikarilib, yukoridagi maqsadlarni amaliyotga yanada kengroq tadbiq etish, amalga oshirishda muxim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 27 fevraldagi „Mustahkam oila yili" Davlat dasturi to’g’risidagi qaroridan kelib chiqib qabul qilingan Davlat dasturida 8 ta ustuvor yo’nalishning belgilab berilgani va uning 23 ta bandi bevosita oliy ta’lim tizimiga daxldor ekanini alohida e’tirof etish lozim. Qarorda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2011 yil 13 dekabrdagi farmoyishi bilan tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, Korakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaHar xokimliklari, jamoat hamda noxukumat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshkarish organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan ―Mustahkam oila yili‖ Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlanishi kursatilgan va “Oila sog’lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqaror” degan insonparvar tamoyildan kelib chiqqan holda, quyidagilar “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirishning eng muhim yo’nalishlari etib belgilandi: qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, amaldagi qonun hujjatlariga oila institutini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan zarur o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, yangi qonunlar, qoida va normalarni ishlab chiqish, yosh oilalarga ye’tibor va g’amxo’rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, moddiy va ma’naviy jihatdan keng qo’llab-quvvatlash, shu jumladan qulay va shinam uy-joy bilan ta’minlash, zarur imtiyoz va afzalliklar berish, jamiyat va kundalik hayotda mahalla institutining rolini kuchaytirish va maqomini oshirish. Mustahkam oila yili maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq yetishda mahalla va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari ahamiyatini, yosh oilalarni qo’llab- quvvatlash hamda shaqllantirishda ularning ta’sirini kuchaytirish, yosh oilalarga zarur ko’mak va yordam berish, oila, birinchi navbatda, yehtiyojmand oilalarning muammolarini hal yetishda davlat va jamiyat tomonidan g’amxo’rlikni yanada kuchaytirish, ularga moddiy yordam ko’rsatish va farzandlarni tarbiyalashda ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, bunda oilani mustahkamlashda asosiy yukni o’z yelkasiga olgan ayollarga alohida ye’tibor qaratish “Sog’lom ona – sog’lom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatning ma’naviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatda yuksak ma’naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalitetga mutlaqo yot bo’lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta’sirlarga qarshi turishda oilaning o’rni va ahamiyatini oshirish. jismonan sog’lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish va shu maqsadda oila institutining ta’lim hamda tarbiya muassasalari bilan o’zaro amaliy hamjihatligini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali 19 hamkorligini ta’minlash. Davlat dasturining dastlabki bo’limi bugungi kun talablarini hisobga olgan holda, oila institutini rivojlantirish va tako-millashtirishga qaratilgan normativ- huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu masalaga jamiyatimiz e’tiborini yanada kuchaytirishga qaratilgan. Ma’lumki, O’zbekiston demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidan izchil rivojlanib bormoqda. Bu buyuk maqsadga erishishda jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lgan oila muhim o’rin tutadi. Mamlakatimizda oila institutining rivojlanishi va jamiyatimizda oilaning kamol topishi yo’lida asos bo’ladigan mustahkam qonunchilik tizimi yaratilgan. Xususan, O’zbekiston Respublikasining Konstitu-siyasida ayni shu masalaga bag’ishlangan maxsus bob mavjud. Bu — O’zbekiston Konstitusiyasining XIV bobi bo’lib, u „Oila" deb nomlanadi va 63—66-moddalarni o’z ichiga oladi. Unda „Oila — jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi" degan qoida va prinsiplar belgilangan. Download 408.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling