Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


Download 0.52 Mb.
bet3/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
oila majmua

Birinchidan — mustaqillik sharofati bilan oila va uning manfaatlarini muhofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Oila tarbiyasi kommunistik g'oyalardan tozalanib, milliy tarbiya mezonlari asosida amalga oshirila boshlandi.
Ikkinchidan - qonun ustivorligini ta'minlash oila, onalik va bolalikning huquqiy manfaatlarini, oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi.
Uchinchidan — oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari­ni ta'minlash, nogironlar, yetim-yesirlar, yolg'iz keksalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash.
To 'rtinchidan — Yurtboshimiz aytganidek, "Ayolsiz oila, oilasiz davlat, jamiyat bo'lmasligi o'z isbotini topdi".
Beshinchidan — Prezidentimiz tashabbuslari bilan 1998 yil "Oila yili", 1999 yil "Ayollar yili", 2000 yil "Sog'­lom avlod yili", 2001 yil "Onalar va bolalar yili", 2002 yil "Qariyalarni qadrlash yili" deb e'tirof etilishi va shu rau- nosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus davlat dasturlarining qabul qilinishi.
Oltinchidan — Prezidentimizning 1995 yil 2 martdagi farmonlariga binoan, Respublika xotin-qizlar qo'mitasi raisligiga Bosh vazir o'rinbosari, tuman, shahar, viloyat xotin- qizlar qo'mitalari, raislariga hokim o'rinbosarlari maqomlari berildi.
Ettinchidan — oila, xotin-qizlar, bolalar manfaatlarini himoya qiluvchi 10 dan ortiq jamoat tashkilotlari tashkil etildi. Darhaqiqat, XXI asr o'zbek oilasi mustahkamligi, barqarorligi, farovonligi bilan yer kurrasidagi barcha oilalar uchun namuna maktabi bo'lmog'i lozim.
3. Jamiyatning oilalarga (ayollarga) g'amxo'rligi. Endi jamiyatimiz tomonidan ijtimoiy ta'minot sohasida ayol­larga berayotgan qo'shimcha kafolatlarni ko'rib chiqamiz:

  • O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ayollarni homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.

  • Mehnat kodeksining 225-moddasiga binoan, meh­nat sharoiti noqulay bo'lgan yerlarda, yer osti ishlarida ayollar mehnatidan foydalanish ta'qiqlanadi;

  • Ayollarning me'yoridan ortiq yukni ko'tarishlari va tashishlari man etiladi.

  • Ikki yoshga toimagan bolasi bor ayollar awalgi ishini bajarishi mumkin bo'lmasa, bolasi ikki yoshga to'l- gunga qadar ycngilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarning ta'siridan holi bo'lgan ishga o'tkaziladilar. Bunday vaqtda avvalgi ishidagi o'rtacha oylik ish haqi saqlanadi.

  • Homilador ayollarni, 14 yoshga to'lmagan bolasi (16-yoshga to'lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlaiga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat Mfariga yuborishga yo'l qo'yilmaydi. Shu bilan birga homilador va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga ialb qilishga, bunday ish ona va bolaning sog'ligi uchun xavf tug'dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo'l­gan taqdirdagina yo'l qo'yilishi mumkin.

  • Homilador ayolning 14 yoshga to'lmagan bolasi (16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida bunday bolasi bor ayolning yoki oilaning a'zosimi parvarish qilish bilan band bo'lgan shaxsning iltimosiga ko'ra, ularga to'liqsiz ish haftasi belgilab qo'yiladi. Bu esa tibbiy xulosaga muvofiq amalga oshiriladi.

  • Nogiron bolasini tarbiyalayotgan ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola 16 yoshga to'lgunga qadar oyiga qo'shimcha bir dam olish kuni beriladi va davlat ijtimoiy sug'urtasi mablag'lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdori- da haq to'lanadi.

  • Qonunga binoan, 12 yoshga to'lmagan ikki va un- dan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor ayollaiga har yili uch ish kunidan kam bo'lmagan muddat bilan haq to'lanadigan qo'shimcha ta'til beriladi. Bu ayollarga xohishiga ko'ra, har yili 14 kundan kam bo'lma­gan muddat bilan ish haqi saqlanmaydigan ta'til beriladi.

Ayollarga ijtimoiy ta'til berish tartibi:

  • Mehnat kodeksining 223-moddasiga ko'ra, ayollar tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun, tug'ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug'ilgan hollarda yetmish kalendar kun muddat bilan homiladorlik va tug'ish ta'tili berilib, davlat ijtimoiy sug'urta bo'yicha nafaqa to'lanadi. Tug'ishga qadar amalda bunday ta'tilning necha kunidan foydalanilganidan qat'iy nazar, ayolga to'liq beriladi. Homiladorlik va tug'ish ta'tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko'ra, unga bolasi ikki yoshga to'lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta'til beriladi. Bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to'lanadi.

  • Ayolga uning xohishiga ko'ra bolasi 3 yoshga to'l­gunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo'shimcha ta'til beriladi. Bu ta'tildan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani parvarishlayotgan boshqa qarindoshlar ham to'liq yoki qisman foydalanishlari mumkin. Bu imtiyozlar tug'riqxonadan farzand asrab olgan shaxslarga ham tegishli.

  • Homilador ayollarni va uch yoshga to'lmagan bola­si bor ayollarni ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo'shatishga yo'l qo'yilmaydi. Korxonaning butunlay tugati- lishi hollari bundan mustasno. Bunday hollarda ular albatta, ishga joylashtiriladilar, bu holat korxona huquqiy vorisi to­monidan bajariladi.

Respublika onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yicha barcha tadbirlar: tug'ish yoshidagi ayollarni, homilador­lik va tuqqan ayollar salomatligini saqlash hamda mustahkamlash, yoshlarni turmush va oilaviy hayotga tayyorlash, tug'ruq jarayonlarida ona va chaqaloqqa ko'rsatiladigan tib­biy yordam sifatini yaxshilash va takomillashtirish, oilani oqilona rejalashtirish yoilarida vazirliklar, idoralar, mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Bundan tashqari, ayollar reproduktiv salomatligini yaxshilash va oilani oqilona rejalashtirish bo'yicha katta ishlar amalga oshirildi. Natijada ayollar sog'lig'iga ta'sir ko'rsatadigan abortlar soni hozirda 1991 yilga nisbatan 3-4 ba- ravar kamaydi.
Tug'ruqlar o'rtasidagi muddatlar ham uzayib bormoqda. Hozirgi kunda bir yil oralatib tug'ayotgan ayollar 0,7%, 2 yilgacha oraliqda tug'ayotganlar 11%, 2 yildan oshiq muddat oralatib tug'ayotganlar 53,8%ni tashkil qiladi. Bu ijobiy natijadir.
Chaqaloqlarni ona suti bilan boqishga alohida e'tibor berilmoqda. Ona sutini himoya qilish, rag'batlantirish, res­publika markazi tashkil qilindi. Natijada onalar va bir yoshgacha go'daklar ko'rsatkichlari kamaydi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling