Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


-Mavzu :Jamiyat taraqqiyoti va oila


Download 0.52 Mb.
bet2/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
oila majmua

2-Mavzu :Jamiyat taraqqiyoti va oila.
Reja:
1.Jamiyat va shaхs taraqqiyotida оilaning o’rni.
2. Jamiyatning оilalarga g’amхo’rligi.
3.So’ngi yillarda o’zbеk оilasida yuz bеrgan o’zgarishlar.


1. Jamiyat va shaxs taraqqiyotida oilaning o'rni. Ja­miyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma'lum bosqichida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar majmui. Jamiyat a'zo- si shaxsdir. Buning sabablari:

                    1. Shaxs axloqi jamiyat axloqiga bo'ysunadi;

                    2. Shaxs tanho yashay olmaydi, baxt-saodatni ham odamlar orasidan topadi;

                    3. Shaxs jamiyat irodasidan dalda oladi;

                    4. Jamiyat shaxs kamoloti uchun mas'uldir.

Har bir shaxs o'zi yashab turgan jamiyatning a'zosi. Agar shaxs yaxshi xulqli, olijanob bo'lsa, adolatli jamiyatda odamlarga katta naf keltiradi. Axloqli kishi hatto o'z hayotidan kechib bo'lsa ham, xalqi, Vatani uchun, jamiyat uchun ko'p ish qiladi, uning nomi tarixda mangu qoladi va yangi-yangi avlodlarga namuna bo'laveradi.
Jamiyatni katta bir vujud deb qaralsa, shaxs uning bir hujayrasi. Jamiyatning umumiy ijtimoiy ongi, ma'naviyati, madaniy darajasi, siyosiy-huquqiy saviyasi har bir shaxs tarbiyasi va fe'l-atvoriga singib boradi. Shu bilan birga o'zigagina xos xususiyat va fazilatlarga ham ega bo'ladi. Har bir inson tanho va byetakrordir. Shaxs va jamiyat o'zaro majburiyatlar orqali ham bir-biri bilan uzviy bog'liqdir.
Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlarni rivojlantiruvchi, barkamol avlodni tarbiyalovchi muqaddas makondir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmunida oila manfa- atlarini huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan himoya qilishni ta'minlash masalalariga alohida e'tibor berilmoqda.
Oila va jamiyatning barkamol avlodni tarbiyalashdagi roli bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, oilaga bo'lgan bugungi munosabatni baholamoq uchun yurtboshimiz aytganidek, "Bizga sobiq ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday tarixiy meros qolganini bir karra eslashimiz zarur". Eski mustabid tuzum kashfiyotlaridan biri asrlar davomida allomalarimiz tomonidan hayotda isbotlan- gan shaxsning har tomonlama shakllanishida irsiyatning roli inkor etiladi.
Jahon madaniyati xazinasiga Ahmad al-Farg'oniy, al- Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Baho- vuddin Naqshbandiy, Hoja Ahmad Yassaviy kabi allomai zamonlar, To'maris, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur singari qahramonlar, Zebuniso, Uvaysiy, Nodirabegim kabi oqila momolarimiz, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Cho'lpon, Elbek kabi millat ozodligi kurashchilarini dunyoga keltirgan o'zbek oilasi hech qachon o'zligini yo'qotmaydi. Uni hech qanday vovuz kuch, "zaharli mafkura" yo'q qilish qudratiga ega cmas.
Turg'unlik yillarida o'zbek oilalariga zid bo'lgan "kcksalar uyi", "yetimxonalar", ba'zi zararli odatlar (ichish, chekish, giyohvand moddalar iste'mol qilish, ayollar va bolalar jinoyatchiligi va hokazo) avj ola boshladi. Oilalarning milliy va diniy tuyg'ulari kamsitildi, toptaldi. Xalqimiz oilaviy tantana qiladigan "Navro'z", "Ramazon", "Iyd (Jurhon hayiti" kabi tarixiy-milliy bayramlardan mahrum bo`ldi. Hattoki, ota yoki onani oxirgi yo'lga kuzatish marosimida ishtirok etish, o'tganlarni xotirlash, qadriash maqsadida tilovat qilish, do'ppi, to'n kabi milliy liboslarni kiyish kcskin taqiqlandi.
Prezidentimiz I A Karimov ayollarni nihoyatda ulug'lash,e`zozlashga chaqirib bunday deydilar: "...Avvalo onalarimiz, opa-singillarimiz, umr yo'ldoshlarimizni jamiyatdagi o`rni, mavqeini yanada oshirish, izzat-ikromini joyiga qo'yish, ularning og'irini engil qilish, davlatimizning, hukumatimizning, joylardagi hokimliklarning, jamoatchilik- ning asosiy vazifasi bo'lmog'i lozim".
2. So'nggi yillarda o'zbek oilasida yuz bergan o'zgarishlar. Respublikamizda yangi asrning birinchi yili — "Onalar va bolalar" yilida amalga oshirilgan ishlarning ijo­biy ta'siri yurtimizda yashayotgan barcha insonlar taqdirida, har bir oila, har bir xonadon hayotida o'z aksini topdi. Bu esa mamlakatimizda Sog'lom avlod — Sog'lom oila — Sog'­lom jamiyat g'oyasining izchillik bilan amalga oshirayotganligidan dalolat beradi.
"Ona va bola" Davlat dasturiga ko'ra tug'ish yoshidagi ayollarning deyarli 99% to'liq tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va zarur hollarda davolashga yo'naltirilishi tashkil qilindi.
Uzoq tarixiy va mustahkam poydevorga ega bo'lgan o'zbek oilasi, uning o'ziga xos milliy xususiyatlarini butun- lay yo'q qilish, insoniyat xotirasidan o'chirib tashlash uchun o'zgalar hech qanday kuch topa olmadi. Tarixan qisqa 14 yil ichida o'zbek oilasi hayotida mislsiz o'zgarishlar yuz berdi:

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling