Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


Download 0.52 Mb.
bet8/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
oila majmua

Tayanch ibоralar.

Demografik, ekologik rivojlanish,iqtisodiy ahvoli,Mintaqa,er-xotin.


7- Mavzu : O`zbekiston Respublikasining demografik siyosati.
Reja:

1. Sog'lom turmush tarzining ahamiyati.


2. Oilani mustahkamlash masalalari
3. Oila byudjctini to'g'ri taqsimlash
.
Tug'ilishni cheklash emas, balki tug'ishdagi oraliq muddatni uzaytirish, sog'lom avlodni voyaga yetkazish, onalar sog'lig'ini yaxshilash, onalar va bolalar o'rtasidagi o'limni ka- maytirishdan iboratdir. Asosiy maqsad farzandlar miqdoriga emas, sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Oilani mustahkamlash masalasini yechishda quyidagilarga e'tibor berish kerak.
- Yosh kelin-kuyovlarga kelajak avlodni voyaga yet­kazish mas'uliyatini anglatmoq, ularga iqtisodiy mustaqilikka erishgandan keyingina oila qurishni targ'ib etish lozim.

  • Oilalarga tug'ish oralig'idagi muddat 3-4 yil bo'lishi ayol va farzand salomatligini saqlash ahamiyatini tushuntirish lozim.

  • Oila qurayotgan yoshlar faqat oila oldida emas, kelajak avlod oldida ham javobgar ekanligini anglashi va balog'atga yetmasdan oila qurish zararini anglashlari lozim.

4. Sog'lom turmush tarzining ahamiyati. Respublikada amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat ko'rsatish sharoitlarini yaratishdir.

    1. Oila byudjctini to'g'ri taqsimlash. Daromadlar bi­lan xarajat muvozanatini saqlash katta ahamiyatga molik. Xarajatlar aniqlanganda eng awalo, ularning eng zaruriga pul ajratish maqsadga muvofiq. Eng zarur xarajatlarga — ovqatlanish, davolanish, kommunal xizmat va bilim olish sarflari kiradi. Kiyinish, dam olish, uy jihozlash, tomosha va nihoyat to'yxmarakalar esa ikkinchi darajali sarflarga kiradi.

Oila mablag'ini oila a'zolarining ehtiyojlariga qarab, zarurlarini ajratib olib, to'g'ri taqsimlash davr talabidir.

    1. Uy sharoiti. Kishi boshiga 9 m2 va undan ko'proq turar joy to'g'ri keladigan oilalardagi bolalarning sog'lomligi 5 m2 turar joy to'g'ri kelgan oilalarga nisbatan 7-8 barobar yuqoridir.

Hozirgacha oilada eng katta, bahavo xona bolalarga emas, mehmonlarga ajratiladi. Eng yaxshi, qulay sharoit bo­lalar uchun yaratilishi kerak, degan.ko'nikma ayrim oilalar­da hali shakllanmagan. Oilalarda bolalar uchun eng yaxshi sharoit yaratilishini targ'ib etishga ahamiyat berish lozim.

    1. Ovqatlanish. Sog'lom turmush tarzini shakllanti- rishning muhim omilidir. Jannatmakon diyorimizda yetish- tirilgan go'sht mahsulotlari, bug'doy, meva, poliz mahsulotlari vitaminliligi, to'yimliligi, mazaliligi bilan dong taratgan. Ulardan tayyorlanadigan antiqa milliy taomlarimiz ham jahonni lol qoldirmoqda. Ammo, ularni rejali, muntazam iste'mol qilish ko'nikmasi to'la shakllangan deb ayta olmaymiz. Vitaminlari yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste'mol qilish, ularning miqdori jihatidan ham nomutanosibligi aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra qishloq joylarida kattalar va bolalar ovqatida Vj, V2, E va S vitaminlari- ning miqdori ancha past darajada. Ayniqsa, bolalar organizmining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish kuchi 25-27% pasayib ketganligi kuzatiladi.

Respublikamiz aholisi turli qatlamlari o'rtasida o'tka­zilgan kuzatishlar ularning asosiy qismi non va non mahsulotlarini ko'proq, iste'mol qilishini ko'rsatadi. Bir kunda iste'mol qilinadigan oziq-ovqatlar kaloriyasi 1449 ni tashkil ctadi. Vaholanki, mamlakatimiz bo'yicha oziq-ovqatlar quvvati darajasi 2567 kaloriya qilib belgilangan.
Respublikamiz tub aholisiga xos xususiyatlardan biri yog'li qovurilgan ovqatlami muntazam iste'mol qilishdir. Shuni alohida ta'kidlash kerakki aholi sut va sut mahsulotlari, baliq mahsulotlarini kam iste'mol qilishi oqibatida bolalar va kattn yoshdagilar orasida anemiya kasalligi ortib bormoqda.Buko'rsatkich, ayniqsa, qishloq aholisi o'rtasida yuqoridarajada,

    1. Ahollnl yaxshi, sifatli toza Ichlmllk suvi bilan ta'­minlash. Mintaqaviy aholisinlng o'ziga xos xususiyatlarga, ega bo'lgan sog'lom turmush tarzining muhim omili bo'lib hisoblanadi. Gigiena qoidalariga ahnmiyat bermaslik natijasida respublikada ichak kasalliklarini70-80% hovuz-ariq va kanal suvlarini ichish, 8-13% infeksiyali ariqlarda cho'milish orqali sodir bo'lishini e'tiborga olsak, bu sohada hali aholi orasida tushuntirish ishlari olib borishimiz kerakligi aniq bo'ladi.

    2. Aholini sanitariya-gigiena jihatdan tarbiyalash.

Katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki jismoniy mehnatga nisbatan aqliy mehnatning ustuvorligi aholining kam hara- kat qilishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanmasligi, tozalikka rioya etmasligi sog'lom avlodni voyaga yetkazishimizga to'sqinlik qilmoqda. 60% oilalarda ota-onalar farzandlarining shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishini nazorat qilmaydilar.

    1. Jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish. Kishilarni, ay­niqsa yosh avlodni sog'lom, barkamol bo'lib voyaga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarga hayotda to'laroq va faolroq ishtirok etishga, o'zlarining bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga imkon beradi. Odamlarning jismoniy tarbiyasi rahbarlarning e'tiboridan chetda qolib ketsa, jumladan, hordiq chiqarish uchun istirohat bog'lari yaroqsiz bo'lsa, iqtiso­diy qiyinchiliklarni ro'kach qilib kino teatrlar yopib qo'yilgan bo'lsa, yoshlarga bo'sh vaqtini ko'ngilli o'tkazish uchun oilada va jamoatchilikda imkoniyat yaratilmasa, ular bo'sh vaqtidan qanday foydalanayotganligini hech kim nazorat qilmasa, dunyoqarashi to'la shakllanmagan yoshlar hayotda- gi "oq" va "qora"ni to'la ajrata olmaganligi tufayli qilgan jinoyatining mazmun-mohiyatini tushunmasdan shu yo'lga kiradi.




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling