Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


Download 0.52 Mb.
bet14/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
oila majmua

Tayanch ibоralar.
Oltin to'y,Beshik to’y, yor-yor, kelin salom, sunnat to’y, Uy ko'rar.


13- MAVZU: AYOLLAR JINSIY A'ZOLARI ANATOMIYASI, FIZIOLOGIYASI YA ULARDAGI NUQSONLAR.
Reja:
1. Ayollar ichki jinsiy a'zolari anatomiyasi.
2.Qiz bola rivojlanishidagi nuqsonlar sabablari.
3.Qiz bola jinsiy a'zolaridagi nuqsonlar.
1. Ayollar ichki jinsiy a'zolari anatomiyasi. Ichki jin­siy a'zolarga qin, bachadon, bachadon naychalari tuxum- donlar kiradi. Bu a'zolarning o'ziga xos anatomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari bor.
Qin — muskul to'qimadan tashkil topgan naycha shaklidagi a'zo, uzunligi 8-9 sm, qinning ichki yuzasi shil- liq qavat bilan qoplangan. Ayollar qini hayz ko'rgan kun- laridan boshqa vaqtlarda zararli mikroblardan xoli bo'ladi. Chunki qinda yashovchi tayoqcha shaklidagi baktcriyalar qin shilliq qavatidagi glikogcn bilan o/.iqlanib uni sut kislo- tagacha parchalaydi. Sut kislota qinda kislotali muhit pay- do qiladi. Agar ayol organizmida biror yallig'lanish jarayoni mavjud bo'lsa, qinda har-xil mikroorganizmlar paydo bo'li­shi mumkin, qin yuqori qismida bir oz kengayib, bachadon bo'ynini qisman ichiga olgan holda unga birikadi, natijada qin gumbazlari yuzaga keladi qinning orqa gumbazi chu- qurroq, jinsiy aloqa vaqtida erkak urug'i shu gumbazchaga quyiladi va u yerdan bachadon bo'yni orqali bachadon bo'shlig'iga va undan naychalarga o'tadi.
Bachadon —muskul to'qimadan tashkil topgan, nok shaklida bo'ladi. U normal holatda uzunligi 8-9sm, kengligi 6-7sm, og'irligi 50-100gr, u uch qismdan bacha­don bo'yni, tubi, tanasidan iborat bo'ladi. Hayz ko'rmagan vaqtda shilliq bilan to'lib turadi.
Bachadon naychalari - bir juft a'zo bo'lib, uning asosi bachadonning har ikki tomoniga joylashgan, uzunligi 8-10 sm ga yetadi. Bachadon naychalarining uchi voron- kaga o'xshab kengayib boradi va tuzilishi jihatidan shoqilda- simon o'simtalar bilan tugaydi. feachadon naychalari kanali kipriksimon epiteliy bilan qoplangan, kiprikchalar bachadon bo'shligi tomon tebranib turadi. Bu xolat erkak urug'i bilan qo'shilgan tuxum hujayraning bachadon bo'shlig'i tomon yo'nalishiga imkon beradi. Ayollarda bir juft tuxumdon bo'ladi, ular bachadon naychalaridan bir oz pastda har ikki tomonga joylashgan bo'lib, har birining og'irligi 6-8 gr, uzunligi 3-4 sm, qalinligi 1-2 sm keladi, tuxumdon ustini oq parda qoplagan. Ayollar qini tug'ish kanali sifatida va jinsiy aloqada jinsiy kanal vazifasini bajaradi qin qancha toza bo'lsa, bachadonga infeksiya tushish xavfi shuncha kam bo'ladi. Bachadon asosan homilani o'stirish va ma'lum vaqt o'tishi bilan homila tug'ilishini ta'minlovchi a'zo hisoblanadi. Bundan tashqari, hayz siklida ishtiroq yetadi.
Tuxumdon — tuxum hujayrani yetishtirib beradi. Tu­xum hujayrani faqat mikroskopda ko'rish mumkin. Tuxum- donlar embrionda juda erta rivojlana boshlaydi, homila olti oyligidayoq tuxumdonda ko'p miqdorda follikulalar paydo bo'ladi. Bu follikulalarning har birida bittadan jinsiy hujayra bor. Yupqa va tekis bachadon shilliq qavati qiz bola ba­log'atga yetishi bilanoq estrogen gormoni ta'sirida yetuk endometriyaga aylanadi. Erkaklarning jinsiy hujayrasi sper- matozoid ichki jinsiy a'zolar moyaklarda vujudga kelacfi. Urug' suyuqligi ko'pi bilan 6-7 gramm keladi. Jinsiy aloqa vaqtida erkak urug'i ayol qiniga tushadi.
Jinsiy aloqada qinga 200 milliontagacha erkak urug'i tushadi va u yerdagi nordon sharoitda ko'plari halok bo'­ladi. Spermatozoid qinga tushgach taxminan 2 soatdan so'ng ayolning tuxum hujayrasi bilan bachadon naychasida uchrashishi mumkin. Bitta tuxum hujayraga juda ko'p spermatozoidlar intiladi, lekin tuxum hujayrani o'ragan nur- simon toj va yaltiroq parda qarshilik ko'rsatadi. Sperma­tozoidlar o'zidan maxsus modda ishlab chiqarib, u tuxum hujayra pardasini eritish xususiyatiga ega, lekin faqat bitta yoki bir nechtasi tuxum hujayra ichiga kirgach parda yana berkilib qoladi, ular qo'shilib bitta yadroga aylangach urug'lanish davri tugab, homiladorlik davri boshlanadi.
Homila — dastlabki 3-4 oy davomida follikula qoldi- g'i sariq tana yordamida o'sadi, so'ngra esa yo'ldosh yor- damida o'sadi. Homila ona qornida 40 hafta, kalendar hisobi bilan 9 oy (280 kun )o'sadi. Shundan so'ng to'lg'oq tutib, bola tug'iladi. Agar ayolning bo'yida bo'lmagan bo'l- sa hayz ko'radi, bunda bachadon shilliq qavatining ustki qavati ko'chib tushadi. Ayol har bir hayz ko'rganida 60-70 gr qon yo'qotishi mumkin. Qiz bola dastlab hayz ko'rganda hayz sikli bir xil bo'lmaydi. Ba'zi qizlarda dastlabki hayz har 3-4 haftada yoki 28 kunda takrorlanadi.
Hayz siklining buzilish sabablari:

  1. Asabning zo'riqishi.

  2. Yuqumli kasalliklar.

  3. Shikastlar.

  4. Operatsiyadan keyin.

Agar o'quvchi qizlarimiz ayol jinsiy a'zolarini anato- mik tuzilishi va fiziologiyasi haqida tushunchaga ega bo'- lishsa, farzandsizlik sabablari, homilaning chala yoki nuq- sonli tug'ilish sabablarini tushunishlari ancha oson bo'ladi.
Qiz bolalarning jinsiy a'zolarida ularning ona qorni- daligi davridan boshlab bolalik va balog'atga yetgunigacha shu davrlarga xos bo'lgan anatomik va fiziologik xususiyat- larning yuz berishi kuzatiladi. Bundan tashqari, ularning rivojlanishida yana patologik o'zgarishlar ham kuzatilishi mumkin. Bu nuqsonlarning paydo bo'lishiga turlicha za- rarli omillar sabab bo'ladi.
Bir qator yuqumli kasalliklar, noto'g'ri ishlatilgan do- ri-darmonlar, zaharli moddalar (alkogol, tamaki, narkotik- lar) dan kelib chiqadi. Bu nuqsonlar homila tug'ilganidan keyin namoyon bo'la boshlaydi. Yana qizlaming bolalik va o'smirlik yoshida uchraydigan turli xildagi nuqsonlardan tashqari, ularda kattalarda uchraydigan qator kasalliklar ham uchraydi.
Tug'ruq jarayonining noto'g'ri kechishi, homilaning tug'ruq paytida jarohatlanishi, bo'g'ilish kabilar ham chaqaloqning salomatligiga putur yetkazadi. Onalaming jinsiy a'zolaridagi homilador bo'lishidan awal va homilador bo'l- ganidan keyin yuz bergan yallig'lanish jarayonlari hamda tanadagi gormonlar nisbatining buzilishi ham homila salo­matligiga salbiy ta'sir qiladi.
Masalan: ona shu davrda suzakka chalinib to'la davo- lanmasa uning qomidagi homila o'sha davrdayoq yoki tug'­ruq paytida bu xastalikka giriftor bo'lishi mumkin, chunki ona jinsiy a'zosidagi mikrob gonokokk bolaning jinsiy a'zosiga ko'ziga o'tishi mumkin.
Bundan tashqari qiz bola tomoq difteriyasi bilan og'risa va bu kasallik asorati qinga ham o'tgan bo'lsa, qinda chandiqlar paydo bo'lib, qin bitov bo'lib qolishi mumkin.
Bundan tashqari qiz bola tomoq difteriyasi bilan og'risa va bu kasallik asorati qinga ham o'tgan bo'lsa, qinda chandiqlar paydo bo'lib, qin bitov bo'lib qolishi mumkin.
Qiz bola rivojlanishidagi nuqsonlar sabablari. Nuq- sonlar homila hali ona qornida ekanligidayoq vujudga keli­shi mumkin, ular turli-tuman bo'ladi.

    1. Endokrin kasalliklar — diabet, qalqonsimon bez ka- salliklari va hokazo.

    2. Genetik kasalliklar, xrosoma aberratsiyasi bilan bog'liq kasalliklar-irsiy kasalliklar.

    3. Zaharli moddalar(kimyoviy moddalar pestisidlar)

    4. Radiatsiya, rentgen.

    5. Zaharli odatlar (chekish, ichish, giyohvandlik)

    6. Turli yuqumli kasalliklar (parotit, brutsellyoz, qiza- miq, gripp, gepatit va hokazo).

    7. Ona va bola qon gruppasi va rezus chiqishmaslik.

    8. Dori-darmonlarni ko'p va noto'g'ri qabul qilish.

2-3 haftalikdan to 8 haftalik bo'lguncha homila


zararli omillarga o'ta sezgir bo'ladi.2. Qiz bola jinsiy a'zolaridagi nuqsonlar. Bachadon va uning naychalari yaxshi rivojlanmagani, bachadon bo'lgani holda naychalarning bo'lmaganligi, ba'zi hollarda qo'shim­cha naychalar bo'lishi. Qiz bolalarning jinsiy a'zolaridagi og'ir nuqsonlardan biri bachadonning bo'lmasligidir, ko'- pincha bachadon bo'lmasa qin ham bo'lmaydi. Ichki jinsiy a'zolar yaxshi rivojlanmagan qizlarda ko'pincha butun orga- nizm rivojlanishi ham orqada bo'ladi. Bu og'ir patologik holat bo'lib, buni ertaroq aniqlash bolalar shifokori, ona va tarbiyachilarning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Aks hol­da, qiz bola buni keyinroq, ya'ni balog'atga yetganda bilib qolsa uning ruhiyatiga og'ir ta'sir qiladi.
Qinning bo'lmasligi ham og'ir nuqsonlardan bo'lib, qiz bolada dastlabki hayz davrida qorni va qovuqda kuchli og'riqdan shikoyat qiladi. Hayz qoni bachadonga to'planib, tashqariga chiqa olmaydi, bunday holda jarrohlik yo'li bilan sun'iy qin hosil qilinadi. Ba'zi hollarda bachadon ikkiga ajralib rivojlanadi, bu holda qin ikkita yoki bitta bo'lib, bachadon ichida to'siq bo'ladi.
Qizlik pardasidagi nuqsonlar. Qizlik pardasi har xil shaklda bo'lishidan tashqari, ba'zan qalinroq va halqasimon bo'lishi mumkin. Ayniqsa, qalin bo'lsa, jinsiy muloqotda ko'pgina ko'ngilsizliklarga sabab bo'lishi mumkin. Halqasi­mon bo'lsa, jinsiy muloqat davrida yirtilmaslik hollari ham uchraydi. Gohida qizlik pardasi berk bo'lib, buni ham ke- chikib aniqlash hollari uchraydi. Qiz bola balog'atga yeta boshlagach, boshlang'ich va so'ngi hayz bo'lmayotgani, oy sayin qorin pasti, dumg'aza, bel sohalarida og'riq turib, u borgan sari kuchayayotganligidan shikoyat qiladi. Og'riq- ning borgan sari kuchaya borishiga sabab, hayz qoni to'p- lanib chiqa olmaydi, bunday paytda qiz bolaga tez yordam ko'rsatish zarur, aks holda og'riq bora —bora kuchayadi. Isitma chiqadi 37-38° c, ba'zan butun organizm zaharla- nib, isitma yana ham ko'tariladi, bunda tezlik bilan qizlik pardasi kesilib, tozalanadi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling