Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


Download 0.52 Mb.
bet15/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
oila majmua

Tayanch ibоralar.
Qizlik parda,hayz, tuxum hujayra,homila, Spermatozoid,balog’at yoshi, Zaharli odatlar.

14-MAVZU: HAYZ SIKLI VA UNING O'ZGARISHI
Reja:
1.Hayz sikli haqida tushuncha.
2. Hayzning og'riqli bo'lishi.
3. Pubertat yoshida hayz siklining buzilishi.
Hayz sikli haqida tushuncha. Homila tuxumdonida 40000 dan 50000 tagacha follikula bo'lib shulardan hayoti davomida 400-500 tasigina to'la yetilishi mumkin Tuxum hujayralar xuddi ana shu follikulalar ichida yetiladi hayz siklining o'rtasida (28 kunlik hayz siklida 12-14 kunlari) yetilgan tuxum hujayra joylashgan follikula yoriladi va undan tuxum hujayra ajralib chiqadi. Uning boshlanishi taxminan 13-15 yoshga to'g'ri keladi. Yetilgan follikula no'- xatdek bo'lgandan so'ng yoriladi va uning ichidagi suyuqlik to'kilib tuxum hujayra ozod bo'ladi va urug'lanishga tayyor bo'ladi va so'rilib bachadon bo'shlig'i tomon yo'naladi. Hayz davri ayollarda 14-15 yoshda boshlanib, 45-50 , yoshgacha davom etadi. Har oyda bir-ikki tuxum hujayra yetiladi, hayz sikli har-xil: 28-kunda, ba'zan 21-24 kunda qaytarilishi mumkin. Ayollarning tuxumdoni yana jinsiy gormonlar follikulin, progesteron ham ishlab chiqarib, ular ayol organizmiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

    1. Pubertat yoshida hayz siklining buzilishi. Ma'lumki hayz ko'rish faqatgina bachadonning faoliyati bo'lib qol- may, balki butun organizmning murakkab jarayonidir. Uning qanday kechishi ayolning yoshiga, jismoniy taraq- qiyotiga, oilaviy va xizmat sharoitiga, atrof-muhitga, iqlim- ga, ovqatlanishiga va asabiy omillarga bogiiqdir.

Qiz bolalarda hayz sikli ularning organizmi hali to'la yetilmagan jarayonda boshlanadi. Bu holat 3 turga bo'- linadi:
1.Hayzning bo'lmasligi yoki kam bo'lishi.
2.O'smirlik yoshidagi qon ketishi.
3.Hayzning og'riqli bo'lishi.
Hayzning bo'lmasligi tibbiyotda amenoreya deb ata- lib, u fiziologik yoki kasallik tufayli bo'lishi mumkin. Fizio- logik amenoreya deb qiz bolaning jinsiy taraqqiyotga yet- guncha bo'lgan davrida hayz ko'rmasligiga aytiladi.
Patologik amenoreya o'z navbatida 2 ga bo'linadi: birlamchi va ikkilamchi amenoreya.
Birlamchi amenoreya o'z navbatida 2 ga bo'linib:

        1. chin

        2. yolg'on birlamchi amenoreya deyiladi.

Birlamchi yolg'on amenoreyada bachadonda hayz qo-
ni to'planadi, ammo hayz qoni tashqariga chiqmaydi. Bu- ning sababi qizlik pardasida teshik bo'lmasligi, bachadon bo'ynining berk bo'lishi, qinning chandiqlar tufayli berkilib qolishi tufayli bo'lishi mumkin.
Birlamchi chin amenoreya organizmdagi chuqur o'z­garishlar natijasida yu/ beradi. Einbrional taraqqiyotda bachadonning yaxshi rivojlanniasligi yoki bachadonning bo'lmasligi, endokrin kasalliklaida, qiz bola kichikligida og'ir surunkali va o'tkir, infcksion kasalliklar bilan og'rigan bo'lsa, kam ovqatlanishi, ruhiy jarohatlanish (qi/ bolaning ayniqsa balog'atga yetish davrida ) sabab bo'ladi.
Davosi: birlamchi chin amenoriyani (hayz bo'l­masligi) davolash murakkab bo'lib asosan gormon dorilar bilan davolanadi.
Birlamchi yolg'on amenoreyada esa qin, bachadon va qizlik pardasidagi bitovlar jarrohlik yo'li bilan ochiladi.
3. Hayzning og'riqli bo'lishi. Ba'zi hollarda qiz bola­lar birinchi hayz boshlanishida qorin pastida, dumg'aza, dum suyagi sohasida og'riqdan shikoyat qiladilar. Ayrim qizlar esa hayz ko'rishdan 1-2 kun oldin lanjlik, ko'ngil aynishi, ba'zi hidlarni yoqtirmay qolishi, hech kimni yoq- tirmay qolishi, ko'krak bezining to'lishib og'rishi, qorin devorining pastki qismi ko'pchiganidan shikoyat qiladilar.
Bu og'riqlarning sabablari quyidagicha:

          1. Yallig'lanish (shamollash)

          2. Vegetativ asab tizimining qo'zg'alish xususiyati oshishi.

          3. Jinsiy a'zolarning yaxshi rivojlanmaganligi.

          4. Reflektor nevroz

          5. Bachadonning noto'g'ri holati.

Yalligianish — agar qiz bolaning jinsiy a'zolaridan biror qismida yallig'lanish bo'lsa, chandiqlar tufayli og'riq bo'ladi.
Vegetativ asab tizimi qo'zg'aluvchan bo'lsa, bacha­don muskullari kuchli qisqarib og'riq kuchayadi. Bunday qizlarda ko'p terlash, yurak urishi tezlashuvi, ko'p tupuk ajralishi bilan kechadi, bu holat asabiy qizlarda.(kuzatiladi.
Jinsiy a'zolarning yaxshi rivojlanmagamigi sababli qon to'plana boshlagach bachadon yaxshi kengaya olmaydi va natijada og'riq paydo bo'ladi.
Reilektor nevrozda — bachadon shilliq qavati va bu­run shilliq qavati o'rtasida bog'liqlik bo'lib, hayz davrida ba'zilarda burun pardasiga tinchlantiruvchi dori surtilsa hayz og'rigi bosiladi.
Bachadonning noto'g'ri holati - bachadon normal holatda qov tomon biroz egilgan bo'ladi - agar bu egilish 45 gradusdan yuqori bo'lsa hayz qoni chiqa olmay og'riq bo'ladi (yoshligida ko'p og'ir yuk ko'targan qizlarda ko'p uchraydi.) *
Gormonal muvozanatning buzilishi — buning natijasida bachadon kuchli qisqarib, og'riq bo'ladi. (bu ko'proq follikulin ko'p bo'lganda kuzatiladi)
Endometrioz - bachadon shilliq qavatini uning naychalari, tuxumdon kabi joylarda ham joylashishidan yuzaga kelib har hayz ko'rilganda qonning suyuq qismi oqib chiqib qonning quyuq qismi bachadonda qoladi, shu yo'sinda kelgusi hayz massasi ko'payib borib, og'riq kuchayadi.
Davosi sababi aniqlangach muolaja qilinadi. Og'riqni qoldirish uchun esa to'g'ri ichak orqali og'riq qoldiruvchi shamchalar ishlatiladi.
4. O'smirlik yoshidagi bachadondan qon ketishi.
Uning sabablari xilma-xil. Ayrim sabablari:

  • Asabiy omillar

  • Oilada, o'qishda bo'ladigan ko'ngilsizliklar

  • Endokrin bezlar faoliyatining buzilishi.

  • O'tkir va surunkali kechadigan yuqumli kasalliklar

  • Jinsiy a'zolardagi surunkali kechadigan yallig'la- nish jarayonlari.

Bularning ichida, ayniqsa qizlaming rivojlanish davri­da boshlaridan kechirgan yuqumli kasalliklarini aniqlash katta ahamiyatga ega (grippda ko'p kuzatiladi).
Qon ketishiga ruhiy holatlar ham sabab bo'ladi. Ba- chadondan qon ketishi ko'p bemorlarda mart-aprel oylarida yuz berib, yozda kamayar, noyabr-dekabr oylarida yana ko'payar ekan.
Bachadondan qon ketishi sabablari quyidagicha.

    1. Endokrin bezlarning birortasi faoliyatining buzi­lishi.

    2. Infeksiya, intoksikatsiya, jarohatlar, o'smalar tu­fayli bezlar faoliyatining bu/ilishi.

    3. Gormonlar paydo bo'lishida fcrmentlar yetishmov- chiligi.

    4. Biror bir gormon orguni/mning kcrakli joyiga ye- tib bormasligi.

    5. Gormonlar ta'sir qilish sharoitining buzilishi.

Bunday qizlarda biologik yctilish tez ro'y beradi. Da-
vosi — dastlab disfunksional qon kctish sabablari aniq- lanadi. Agar qon qisqa muddat ketib, qaytib takrorlanmasa buni davolash shart emas, bunda fiziologik jarayon asta- sekin iziga tushib qoladi.
Agar jinsiy a'zolardan boshqa a'zolarning kasalligi tufayli qon ketayotgan bo'lsa, shu kasallik bo'yicha muta- xassisga yo'llash lozim. Bemorga ruhiy va jismoniy tinchlik yaratib, ovqatlanish, mehnat qilish va dam olish tartibini o'matish kerak.
Agar markaziy nerv sistemasi faoliyati bilan bog'liq bo'lsa, tinchlantirish lozim.
Agar disfunksional qon ketishi angina va gripp bilan birga kelsa kalsiy elektrofezi yaxshi yordam beradi. Bel va dumg'aza sohasini titratadigan massaj ham yaxshi yordam beradi.
Gormonal dorilardan ham foydalaniladi, bundan tashqari vitaminlar K; B6; B12; C; temir preparatlari, vikasol qilinadi.
Tashqi jinsiy a'zolarning yallig'lanishi vulvit deb ata- ladi, qiz bolalarda bu yer juda nozik bo'ladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling