Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar
Download 0.52 Mb.
|
oila majmua
Tayanch iboralar:
Oila masalalari, sarishtalik, Shar'iy nikoh, patriarxal,kelin bo’lish. 21-MAVZU: YANGI TURMUSH QURGAN KELIN YA KUYOVLARNING O'ZARO MUNOSABATLARI. Reja: 1.Turmush qurishda e'tibor bcriladigan to'rt narsa. 2.Kelin va kiyovlarning o’zaro munosabatlari. Turmush qurishda e'tibor bcriladigan to'rt narsa.Yigit va qiz tanishib uchrashib turadilar. Nihoyat ular o'z munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirmoqchi bo'ladilar. Nikoh o'qilib, (ZAGS) Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishdan o'tib, to'y bo'ldi. Xo'sh bu yangi oila tashkil topdi deganimi? qonuniy jihatdan ha, lekin aslidachi.Yigit va qiz orasidagi muhabbat ular kuyov va kelin bo'lganidan keyin yana mustahkamlanishi, uyg'unlashib ketishi kerak. Ana shundagina yangi turmush qurgan kelin kuyovlarning o'zaro munosabatlari samimiyat, tenglik va adolat asosiga quriladi.Turmush qurishda to'rt narsaga e'tibor berish lozim: mol, nasab, husn va imonu e'tiqod. Kelin va kuyovning boyliklari va mansablari iloji boricha bir xil bo'lishi lozim. Aks holda er bilan xotin bir-birlariga teng bo'lmay, biri boy va kalonzoda bo'lsa, ikkinchi tomonni faqirlik va zoti pastlikda ayblab, hayotini mudom azobga qo'yadi. Oila haqida yozar ekanmiz qayta-qayta jadidchilik harakatining ulkan namoyondasi, Abdurauf Fitratga murojaat etamiz: Modomiki er-xotin bir-birlariga hayot sheriklari va yo'ldoshlari ekan, bas ular tirikchilikning ba'zi ishlari va mas'uliyatini o'z zimmalariga olib shularni bajarishlari lozim. Yashash uchun pul va pul topish uchun sa'y va amal lozim. Ayollar homilador bo'lib bola tug'ib uning tarbiyasi bilan mashg'ul bo'ladi. Yana ishlab pul topish esa ular uchun mushkuldir. Erkaklar bor kuch quwatlarini isljga solib, pul topib bir qismini ahlu ayollari ehtiyojlari uchun sarf qilishlari lozim. Zulm va insofsizlik islomda, kufr va haromdir. Islom dini ko'proq erkaklarga murojaat qilib oilada muomala va munosabat xususida ularga ta'lim beradi. Qur'onda (Niso surasi) shunday oyat nozildir: "Ayollarga yaxshi muomalada bo'linglar".Oysha (r.a) rivoyat qiladilar "Nabiy alayhissalom dedilar:" "sizlarning eng yaxshilaringiz o'z ahli ayolingiz bilan muomala qilgan kishidir. Men o'z ayollarimga sizlarga boiganimdan ham ko'ra xushmuomaladaman". Eng komil mo'minlar xushxulq va oilasi bilan lutf ila munosabat qiladiganlardir. O'z xotinlariga tanti kishi yaxshilik qiladi va nomardi yomonlik. Erkaklarning burchlari qatorida ayollarning ham vazifa va burchlari bormi?Albatta, bordir.Xotin uyning idorasi va bolalar tarbiyachisi, ayol uyni shunday intizom va tartibda tutsinki eri ko'rganda shodmon va xursand bo'lsin. O'z erlariga mehribonlik ko'rsatib yordam bergan xotinlarni Qur'oni Karim "Yaxshi xotinlar o'z erlariga itoat qilgan xotinlar, erlarning mollarini va o'z nomuslarini nobudlik va begonalar qo'lidan himoya qiladiganlar" - deb madh etadi.(Niso surasi 34 oyat). Ibn Abbos (r.a) dedilar: "Nabiy a.s. dedilar "Menga do'zax olovini ko'rsatdilar, "Yo Rasulluloh, bu ayollar xudoga nisbatan noshukurlik qildilarmi?" hazrat javob berdilar: "Ular o'z erlariga noshukurlik qilganlar" agarda ularga bir yil yaxshilik ko'rsatsang-gu, arzimas ayb sendan o'tsa, noshukur xotin: "Men sendan hech bir yaxshilik ko'rmadim" — deb aytadi. Payg'ambar (s.a.v.) dedilar: "Qaysi bir ayol o'lsa, eri undan rozi bo'lgandagina jannatga tushadi. Eri ham xotiniga mushkul ishlarni ortmasin, ayol ham erini avaylasin. Hech qachon har qanday vaziyatda ham bir-biringizni egovlamang ham, arralamang ham. Kishi boshqalar, begonalardan eng ko'pi zarbalarni ham ko'tarishi mumkin. Yaqinining arzimas ozorini ham ko'tara olmasligi turgan gap. Inson tabiati shunday. O'zingizni aqlliroq bilib zinhor buni namoyish etishga shoshilib, uni tarbiyalashga shoshilmang, buni erkaklarning jini suymaydi. Juftingizni o'ziga yoqqan, uzoq yillar o'rganish bo'lib qolgan ko'nikma va odatlarni, agar ular atrofdagilar uchun zarar keltirmasa, o'zgartirishga majbur etmang. Bir-biringizni boshqalar oldida tanqid etavermang. Bu gap erkaklardan ko'ra siz ayollarga ko'proq taaluqli, hatto o'rinli tanqid ham eru-xotin yuzma yuz guvohlarsiz, ayniqsa bolalar ko'zidan xoli joyda aytishni taqozo qiladi. Qolaversa bir tomonning ikkinchi tomonni keskin tanqid qilaverishi oiladagi ruhiy muvozanatni buzadi. Juftlar tobora bir-birlarini ayamaydigan bo'lib boradilar, asta sekin bir-birlaridan begonalashib, uzoqlashadilar. Bir-birlaringizni qadrlash, o'rganish, faqat o'z jufti haloli oldida qadr topgan insongina boshqalar oldida ham qadr topishi oson "Erga suyukli elga suyukli" deb bejiz aytmagan xalqimiz. Bir-biringizga e'tiborli bo'ling o'z kuzatuvlaringizdan barcha oilaviy nizolar asosida mayda chuyda yotadi, deb alaqachon xulosa chiqargan bo'lsangiz kerak. To'g'ri xulosa. Lekin negadir ertalab turishimizda "Assalomu- alaykum" deyishni, yotar oldidan xotiijamlik tilashni unitamiz. Shirin taom uchun rahmat deyish, erni muloyim ishga kuzatish yaxshi odatlar. Er-xotin o'rtasidagi e'tiborsizlikdan bo'lak hech narsa kishining mehrsizligini, juftiga nisbatan sovuqligini, yorqin oshkor etolmaydi, buni unutmaslik kerak. Bir-biringizga shirin so'z bo'ling. Baxt kaliti — tilda deb bekorga aytilmagan. Negadir ayrimlar ishlarida odamlar bilan juda tarbiya ko'rgan, madaniyatli va shirin so'z kishilar kabi muomala qilsalar ham uyga qaytgach tezda o'zgarib qoladilar. O'z juftlariga qo'pol muomala qiladilar, injiq va talabchan bo'lib qoladilar, bo'yruq berishdan nariga o'tmaydilar. Bir-biringiz bilan ko'proq muloqot qiling ishdan jamoatdan charchagan paytlaringiz dilingizga yaqin kishingiz bilan bir hasratlashib ko'ngil yozishib o'tirgiftgiz keladi-a? Ha ayol kishi hamisha oila uni quwatlantiruvchi eng muqaddas buloq ekanini bilib turishi kerak. Faqat yaxshi narsalarnigina eslab qoling, yaxshi narsani eslab qolish yomon narsani unutish demakdir. Faqat yaxshi narsani ko'ra bilish, uning qadriga yetish kerak. Bu qoidalarni juda uzoq davom ettirish mumkin, zero har bir ayolning zehniyu mehri qirq tuyaga yuk bo'ladi deb bejiz aytishmagan. Sizlarga quyidagi bir misolni aytib o'tamiz: Yoshim 24 da. Kishi bu yoshda o'z turmush o'rtog'i haqida nima ham ayta olardi dersiz, ko'rgan kinolar ta'sirida yarim yolg'on, yarim rost bir nimadir deb o'ylarsiz. Unday emas, oxirgi bir yilda butun bir umrni yashab o'tgandek his qilyapman o'zimni. Harbiy xizmatdan qaytganimdan keyin onam meni uylantirish taraddudiga tushdilar, institutdagi o'qishimni kechkiga o'tkazdim, kunduzi ishlashni boshladim, keyin armiyada, cho'lda bo'lganim sababli och-nohor yurganim evaziga oshqozonimda yara paydo bo'libdi. To'ydan bir oy o'tgach birinchi bor qattiq og'riq sezdim, uchinchi xurujdan keyin shifokorlarga murojaat qildim va ular tekshirishdi, operatsiya qilish kerak deyishdi. Awaliga rozi bo'lmadim, ammo og'riq zo'rayib borardi. Yara oshqozonda ham, o'n ikki barmoq ichakda ham bor ekan og'riqni zo'rligi shundan ekan. Xullas operatsiyaga rozi bo'ldim. Mahbubam haqida gapiraman deb o'z kasalligim haqida gapirayotganimga hayron. bo'lmang, haqiqiy jufti halolning qanday bo'lishini shu yigirma yashar Dilnurdan bilib oldim. "Qush uyasida ko'rganini qiladi" deyishardi. Lekin meni kasalxonaga yotqizishgach ko'p o'tmay "ering o'ladi" deb onasi Dilnurni ko'chirib olib ketibdi. To'g'rirog'i ko'chini olib ketibdi. Dilnur esa biznikida ship-shiydom xonalarda qolibdi. Adam bilan oyim xonalarni baholi qudrat to'ldirishibdi. O'qishga Dilnur shu uydan qatnab turibdi. Bulaming hammasini men ancha keyin uyga kelgach bildim. Operatsiyadan oldin bir kuni Dilnurga agar uyiga, ota-onasinikiga borib tursa qarshiligim yo'qligini aytdim, keyin o'zi bo'ladimi yo'qmi bilmasdim. Olloh Momo havoni Odam Atoga mahbuba, yordam- chi qilib yaratgan ekan, sizni asrash avaylash mening vazifam, peshonamizga shu ko'rgiliklar yozilgan ekan birgalikda yengamiz dedi u. U meni bir daqiqa ham yolg'iz qoldirmasdi, chamasi u mening yolg'iz qolishdan qo'rqayot- ganimni, tuzalishga ishonmayotganimni sezar edi. Yomon narsalarni xayolingizga keltirmang, hammasi yaxshi bo'ladi meni aytdi dersiz ! —der edi u.U yo'q paytlar o'z dardim bilan o'zim yuzma-yuz qolishdan qo'rqardim. Dilnur mendan ham ko'proq dard chekayotganini bilardim, sezardim. Operatsiyadan bir haftalar o'tgach meni palataga olib chiqishganida tunda mizg'ib ketdimmi yoki alaxsirabmi uning shundaygina oyoq tomonimda yerga oppoq choyshab solganicha qiblaga qarab sajda qilayotganini ko'rdim. Ba- davlat odamning bolasi, nufuzli institutning talabasi ko'z- larida shashqator yosh bilan xudodan mening sog'ligimni tilardi. Erkak kishi ichimda yong'oqdek otash u yoqdan bu yoqqa dumalayotgandek tuyuldi, ko'zlarimdan yosh oqardi. Qo'llarini yuziga "omin" deb tortdi, meni holatimni ko'rib sarosimaga tushdi. O'sha tundan keyin qalbimda qandaydir o'zgarish boidi. Men o'zim bilmagan holda men kabi ozib, o'zi mayuslashib qolgan mana shu mahbubam izmiga tushib qoldim. Tunlari u parvarishimni qilar, hamma xarxashamni ko'tarardi. "Uxla ertalab o'qishga borasan" desam ham uxlamas edi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling