Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar
Download 0.52 Mb.
|
oila majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaynona-kelin ortasida turli toqnashuvlar sabablari.
- QAYNONA-KELIN ORTASIDAGI NIZOLAR
Tayanch iboralar:
Oilaviy munosabatlar, er- xotin munosabatlari, oila masalasi, nikoh. 22-MAVZU: KELIN-KUYOVLARNING OTA-ONAGA MUNOSABATI VA OTA-ONANING KELIN-KUYOVLARGA MUNOSABATI. Reja: 1.Ro'zg'or tutish bu g'oyat murakkab san'atdir. 2. Qaynona-kelin o'rtasida turli to'qnashuvlar sabablari. 3..Ota-onaning farzand oldidagi burchlari. Ro'zg'or tutish bu g'oyat murakkab san'atdir. Bu ota- ona, qaynona-qaynota, kelin-kuyovdan juda katta mahorat talab etadi. Hech bir ota-ona, qaynona-qaynota farzandini nobop kelin yoki kuyov bilan bir yostiqqa bosh qo'yishini ro'zg'orini do'zaxga aylanishini istamaydi. Qiz bola kelin, o'g'il bola kuyov bo'lgach, u o'z ota- onasidan tashqari yana bir ota-onaga, ya'ni qaynona va qaynotaga farzandlik qilishdek ma'suliyatli vazifani ham bajarish baxtiga muyassar bo'ladi. Kelin bilan kuyovning o'z ota-onasi oldidagi burch va vazifalari qaynona va qaynotaga nisbatan ham vojibdir. Ota-ona o'z umri davomida o'g'lini to'y tomoshalar bilan soliha bir qizga uylantiray, o'g'lim va kelinimning baxt-saodatini ko'ray, qo'sha-qo'sha nevara va chevaralarni tarbiyalay degan umidda yashaydi va shunga intiladi. Abdulloh ibn Amir rivoyat qiladilar. Bir odam Nabiy sallollohu alayhi vassallamga "jihod qilmoqchiman" — dedi, Janob Rasululloh "Awal ota-onangni xizmatini qilib, rizoligini olib, so'ng jihod qilgin" — dedilar. Ota-onani hurmat qilish, ularni hech qachon dilini ranjitmaslik, itoatli bo'lish, keksayganda moddiy va ma'naviy qo'llab quwatlash oila an'analarini davom ettirish, ularning do'stlari, yoru- birodarlarini ham hurmatini joyiga qo'yish, olamdan o'tganlarida ham xotiralarini doimo qadrlash va yod etish farzandning burchidir. Ota-onaga itoat qilmoq bordi-yu ular noto'g'ri fikr yuritganlarida ham qo'pollik bilan uni rad etmaslik farzandlik burchidir, sharqona tarbiya mezonlaridan biridir. Darhaqiqat Nabiy (s.a.v.)dan: "Alloh taolo azza va jallaga qaysi amal maqbulroqdir deb so'raganlarida, u kishi ota- onaga itoat qilmoqdir", — inson o'z ota-onasiga itoatkor va mehribon bo'lsin deb vasiyat qildik dedilar. O'zbek oilalarida qaynona-qaynota oila boshlig'i hisoblanadi, o'zaro hurmat, maslahat kelishuv asosidagi turmush qaynona-kelin, er-xotin, qaynota-kelin va boshqalar o'rtasidagi iliq munosabatning asosidir. Kelinning kelinlik burchi, vazifalari va talablari mavjud. Ularni me'yorida bajarish qiz bolaning borgan xonadonida tinib-tinchib ketishi uchun zamindir. Urf- odatlarimizga ko'ra oq harir libosda "yor-yor" sadolari ostida boshqa xonadonga borayotgan qiz hayo, nomusi bilan kelmog'i lozim. Shu bilan birga u ota-onadan ro'zg'or yuritish, oila tutishning sir-asrorini bilishi lozim. Ota- onasining boyligi, tushgan xonadon sohiblariga bepisandlik bilan munosabatda bo'lish o'z ildiziga bolta urishdir. "Shirin til ilonni inidan chiqarar deganlaridek, kelinning muloyimligi, shirin so'zligi, o'ylab gapirishi uning ko'rki- dir". Qaynona-qaynotani, er va uning qarindosh-urug'larini hurmatini joyiga qo'yish, maslahatlashish, ular yo'l yo'riq ko'rsatganlarida, tanbeh berganlarida to'g'ri qabul qilish, asablarini boshqara bilish er xonadonidagi voqealar, gap so'zlarni ota-onaga, qarindosh-urug'larga yetkazmaslik kabilar kelin baxtining gultojisidir. Qaynona-qaynota pand nasihatlarini noto'g'ri tushi- nib, yengiltaklik bilan ota-ona uyiga gina qilib ketib qola- digan kelinning hayoti sovib qolgan oshga o'xshaydi. Bunday oiladagi munosabatlar, quruq, og'zaki bo'lib barbod bo'lishi mumkin. Kuyov qaynona-qaynotasini o'z ota-onasidek hurmat qilsa, pand nasihatlariga quloq tutsa, moddiy va ma'naviy qo'llab tursa o'g'il sifatida qabul qilinadi. Kuyov qaynona- qaynotani vaqti-vaqti bilan yo'qlab turishi, bemorligida holidan xabar olishi lozim. Har ikkala tomon bir-birini tushinishi lozim "qudachilik-ming yilchilik" deyiladi. Yangi turmush qurgan kelin-kuyov qo'sha qarib, oila qurishlari uchun quyidagilarga rioya qilishlari lozim. Kelin: yangi oilada sharoitiga moslashish; qaynona-qaynotani o'z ota-onasidek ko'rib hurmat- lashi, ularni maslahatgo'y deb bilishi, dilidagilarni tushuni- shi, og'irini yengil qilishga intilishi; oila sirini tashqariga chiqarmasligi, ba'zan ayrim narsalarni o'z ichiga yuta bilishi, og'ir-vazmin bo'lishi; xarakteridagi yomon odatlari: o'jarlik, manmanlik, katta ketishlik, "sendan kammanmi", "bo'lganim shu"larga yo'l qo'ymaslik murosa-yu madora qila olishi kerak. Kuyov esa: onani bir qo'lida tutsa, kelinni ikkinchi qo'lida tutib hurmatlashi, har ikkala tomonga munosib muomalada bo'lishi. qaynona-qaynotasiga o'g'ildek bo'lishi, amalda buni isbotlashi, ularni siylashi,*izzattalab bo'lmasligi darkor. Aks holda o'rtaga sovuqchilik tushib, munosabatga darz ketadi. Oila boshlig'i qaynonada gap ko'p deyishadi, chunki oilaning ichki yumushlari ko'proq ayollarda bo'lib, kelin- ning uy-ro'zg'or tutishi, kiyinishi, axloqidagi ijobiy xislat- lari yoki epsizligini qaynona baholaydi, unga yo'l-yo'riq ko'rsatadi, ko'maklashadi. Hayotda mukammal inson bo'lmaganidek, mukammal qaynona ham, kelin ham bo'lishi mumkin emas. Rivoyat qilishlaricha, insoniyat paydo bo'lganidan buyon jannatda eng mukammal qaynona va kelin uchun joy bo'sh turgan emish. Jannatdagi shu joylarni egallash uchun dunyodagi jamiyki qaynona-kelinlar harakat qilar emish. Shuning uchun er, qaynona-qaynota ro'zg'or tushuncha- larida tajribasiz kelin kamchilik va xatolarga yo'l qo'yishi mumkin emas. Afsuski hayotda qaynona-kelin o'rtasida turli to'qnashuvlar ham sodir bo'lib turadi. Biz quyida bunday to'qnashuvlarni keltiruvchi ayrim sabablarni ko'rib chiqamiz: 1. Ba'zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga qaynonaga, qaynona kelin munosabatlariga nisbatan salbiy munosabat shakllangan bo'ladi. Oqibati shu bo'ladiki, biz tasawurimizdagi qaynonaga xos bo'lgan illatlarni oldimizdagi qaynonadan axtara boshlaymiz. Borini-ku topishimiz aniq, hatto yo'g'ini ham topamiz. Shuning uchun shoshmaslik pashshadan fil yasamaslik kerak. Kelinlar bu xonadonga besh kunlik mehmon -emas bir umrlik a'zo bo'lib kelganligini yodda tutishlari kerak. Qaynona va kelin dunyoqarashlari, uy-ro'zg'or tutish borasida kelishmovchilik paydo bo'ladi va bu keskinlashadi. Ikki avlod o'rtasida farq bo'lishi tabiiy, ammo qaynona-kelinlar ba'zan har jihatdan bir-birining aksi bo'ladi. Ayrim hollarda esa ular andishani yig'ishtirib qo'yib, har birlari o'z gaplarini o'tkazishga harakat qiladilar. Bunday hollarda kattalarga yoshlarning kiyinishida, sochlarini turmaklashida, yoqtirgan kuy va ashulalari va boshqa masalalarda o'z hollariga qo'yishlari lozim. Yoshlar ham iloji boricha ota-onalarini tushunishga intilishlari, noo'rin qiliqlarini tashlashlari kerak. Ba'zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor bo'lmaydilar. Shunday kelinlar bo'ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na qaynona bilan muomala qilishni biladilar. Bilmasa ham mayliya lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun onalar qizlarini ro'zg'or ishlariga o'rgatib borishlari lozim. Qaynonalar ham kelindan hadeb kamchilik qusur axtarmasdan, o'rgatib borishlari lozim. Ayrim hollarda qaynona kelin bolalar tarbiyasida kelisholmay qoladilar, bunda ikkala tomon ham kelishib ish tutgani ma'qul. Ba'zi hollarda qaynona-kelinnning yosh xususiyatlarini, qiziqishi, orzu-havaslarini ishlashi yoki o'qishini hisobga olmaydi. Qaynonalar orasida umr bo'yi uy bekasi bo'lganlari ham bor, ular ishlash bilan uy ro'zg'or ishlarini baravar olib bormagan. Ana shunday qaynonalar o'zlarini yoshligida juda yaxshi kelin bo'lganman deb biladilar. Qaynona-qaynotalarini qanday hurmat qilishganini tez-tez eslab turishadi. Kelinlarini ham o'zlaridek bo'lishini xohlaydi. Ba'zida esa kelin haqida bo'lar-bo'lmas gaplarni o'g'lini qulog'iga qo'yadi, "O'g'limga aytib seni qo'ydirtirib yubormasam yurgan ekanman" deb do'q-po'pisa qiladilar. Bunday hollarda o'g'il g'oyatda tadbirkor bo'lishi kerak. Ayrim kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyin bo'ladi. Ba'zi qaynonalar o'g'lini kelinidan qizg'onadi. Bu mavzuni Rahima Shomansurovaning keliniga aytgan so'zlari bilan yakunlayman. bolajonim! Onalar hech qachon o'z jonlarining parchasiga yomonlikni ravo ko'rmaydilar. Ishongan bo'lsangiz, tayangan bo'lsangiz jonimni qurbon qilib bo'lsa ham hayot kemasini siz istagan baxt qirg'og'iga harakat qilaman. Ota-onaning kelin-kuyovlarga munosabati. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari. Farzand oldidagi burchini to'liq ado etish,-ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir. Farzandni sog'lom dunyoga keltirish, unga chiroyli ism qo'yish tarbiya berish, ilm o'rgatish, kasb- hunarli qilish turmushga berish, hayotda to'g'ri yo'l ko'rsatish shular jumlasidandir. Yusuf Tavasliy shunday deydi: "... Farzandning ota- onasida ushbu haqlari bor": Uylanish vaqti kclganda farzandni uylantirish, ya'ni aqlli, iffatli, or-nomusli qizga uylantirish. Buning aksi bo'lsa, farzandga yomonlik qilgan bo'ladi. Chunki ota- onaning yomon fe'li bolaga ham o'tadi. Shuning uchun nomus ahlidan birini topish ota-ona burchidir. Farzand tug'ilgach unga yaxshi ism qo'yishdir. Ya'ni uni ismi bilan chaqirganlarida uyaladigan bo'lmaslik kerak. Tarbiyaning yana biri unga ilmu-odob o'rgatish uchun unga muallim chaqirishdir. Farzandga me'yoridan ortiq mol davlat hadya etish, uning barcha istak xohishlarini muhayyo qilish, u oilali bo'lganda ham uning oilasi yumushlarini o'z zimmalariga olish ota-onaning vazifasi emas. Farzandga qilingan me'- yordan ortiq shart-sharoit, mehribonlik uni ishyoqmas, loqayd, ota-ona qadrini bilmaydigan, mehnatni qadrlamay- digan, hissiz bo'lib o'sishiga olib keladi. Bu esa kelajakda shu farzandni insonparvarlik, vatanparvarlik kabi oliy qadri- yatlardan mahrum bo'lishiga olib keladi. Bir kuni Lo'qmoni hakim o'tib ketayotsalar, bir ona qiziga nasihat qilib, yaxshi odatlarni o'rgatayotgan emish. "Qizim sen ham balog'at yoshiga yetib qolding. Ertaga birovning hasmiga borasan, menikiga esa mehmonga kelasan xolos. Sen yaxshi hayot kechiraman, obro'-e'tiborli bo'laman desang, qaynonangni hurmat qil, hammadan erta tur, hammadan kech yot! Qo'ling egri bo'lmasin, boshinga qilich kelsa ham rost gapir, yolg'onchi, chaqimchi, ikki- yuzlamachi, g'iybatchi bo'lma, qo'lingdan kelgan mehna- tingni ayama, kelgan mehmonni hurmatini joyiga qo'yib kuzat. Qaynonangni, oila a'zolaringni birovga yomonlama. Nafs ovorasi bo'lma. Shundagina baxt sening yo'ldoshing bo'ladi. O'zbeklarda kuyov qaynona uchun eng ardoqli kishi hisoblanadi. "Kuyovni payg'ambarlar siylagan" naqliga amal qilib qaynona kuyovga chuqur izzat-ikrom ko'rsatadi. Uyga kuyov kelgudek bo'lsa tagiga taxi buzilmagan ko'rpacha solib, dasturxonni to'ldirib tashlaydi. O'z qadr-qimmatini bilgan qaynona har qanday sharoitda ham kuyoviga og'ir so'z aytmaydi, nasihat qilmaydi. Chaqaloq barcha qusirlardan xoli tug'ilgani kabi qaynona-qaynota bilan kelin-kuyovlarning munosabatlari ham dastlabki kunlarda pok va samimiy tuyg'ularga asoslangan bo'ladi. Afsuski hayotda u yoki bu sabablarga ko'ra munosabatlarning buzilish hollari ro'y beradi. Bir-biriga oqibatsiz oilaga tushib, orzu umidlari toptalgan kelin shunday hikoya qiladi. ".... O'qimishli oilaga kelin bo'ldim qaynonam ham, qaynotam ham oq qorani tanigan zamonaviy kishilar edi. Turmush o'rtog'im, qayinsingillarim institutni bitirishgan, hammalari ishlar edilar. Erta bilan barvaqt turib, nonush- taga biror issiq ovqat tayyorlashga urinaman. Uy hovlilarga qarab chiqaman. Dasturxon yozib hammalarini choyga taklif etaman. Stolni yig'ishtiramanu ishga chopaman. Qaytib kelgach kechki ovqatga unnayman. Nima ish qilsam ham oyijonimni rejalarini eslayman. Yaxshiyam ishga solib, o'rgatgan ekanlar. Tutgan ishim qaynotamga yoqar edi, shuning uchun "Baraka toping, kam bo'lmang" deb ko'nglimi tog' qilardilar. Qaynonam ancha qiyin uncha-muncha odamni ishini yoqtiravermasdilar. Nima ish qilsam yonimda razm solib turardilar. Qarab turganlarini sezardim-u qilar ishimni bilmay qolardim. Shunda yo qo'limdan bir narsani tushirib yuborardim, yo bo'lmasa ishim unmay diqqat bo'lardim. O'z holimga qo'ymay, hadeb kamsitardilar. Shunday bo'lgandan keyin bilganingni ham unutib qo'yar ekansan. Doimo zirrillab turaman. Qo'ying-chi ovqatdan ham bir kamchilik topib, ko'ngilni xijil qilishar" yo suyuq, yo quyuq, yo sho'r, yo tuzi past" deb ranjishardi. Awaliga uyalardim, kechirim so'ragan vaqtlarim ham bo'ldi. Keyingi safar ogohroq bo'lishga tirishdim, baribir bo'lmasdi, yana bir narsadan ayb topib turishardi. Uyda ham shu ovqatlarni qilar cdim. maqtab-maqtab ichishar edi, o'ylab diqqat bo'laman. Yana qaynonam ikki gapning birida "O'g'limga munosibmassan, uddi-shudding yo'q" deb kamsitib tursa. Qilgan ishimni yoqtirmay ruhimni cho'ktirsa, qanday qilib ko'nglim isisin uyga. Qaynisingillarimdan ham xafa bo'laman. Yosh bo'la turib bunday egilishni bilmaydi, odamga achinishmaydi. Tillari uzun, biram achchiqki, jon-joningdan o'tib ketadi. Axir erta-indin o'zlari ham kelin bo'lishadigan... Alam juda o'tgan paytlarda turmush o'rtog'imga gapirib yig'lardim. Meni yupatish, dalda berish u yoqda tursin uning o'rniga qo'pollik qilib battar dilimni og'ritardi. O'zinga o'zing "Kim uchun bu uyda yashayapsan" deb savol berasan kishi. Bordi-keldi gaplar o'rtaga tushiraverdi. Oyimlarni gunohkor qila boshlashdi. Uyga faqat 2-3 oyda borishimni shart qilib qo'yishdi. Onam bechorani gunohi nima? Qiz boqqanimi? O'qitib oliy ma'lumotli qilganimi? Nasihat qilganimi? Qaynotam ham bora- bora uydagilarning gapini ma'qullaydigan bo'ldi. Men bu uyda yolg'iz edim. Har qancha og'irchilikka ko'ndim. Bo'lmadi, xo'rlik o'tdi. Hozir ota onamnikidaman. Yaqinda ona bo'lishimni o'ylab, taqdirimga kuyaman. Bolamning kelajagi nima bo'ladi, ota- onamga ham achinaman, har kuni qosh-qovog'imga qarashib, bir o'tlari o'n o't bo'lishyapti. Ikkinchi misol. Qiz kelin bo'lib tushgan oila ko'p farzandli bo'lib, yosh kelin-kuyov choqqina xonada, turishardi. Qiziga sovg'a qilishgan garnitur sig'magani uchun to'ydan keyin ham ochilmadi. Bundan ko'ngli to'lmagan ota-ona kuyovni chaqirib olib, o'z uylariga ko'chib kelishini, juda bo'lmasa, ijaraga joy topib mustaqil yashashni taklif etishdi. Ota- onasi esa ne-ne orzu umidlar bilan kelin ko'rganini, hech bo'lmasa bitta farzandli bo'lishguncha ular bilan birga yashashlari kerakligini tushuntirishdi. Lekin qaynona-qaynota bunga ko'nmay o'z aytganlarida oyoq tirab olishdi. Keng hovlida o'ynab-kulib yurgan qizimiz qafasga tushganday yashashiga yo'l qo'ymaymiz deyishdi. Awaliga qizlari turmush o'rtog'ini quwatlasada, keyinchalik ota-onasini ta'sirida u ham bu uydan "Chiqib ketamiz"ga tushib qoldi. Kuyov esa o'zi va ota-onasiga qilingan hurmatsizlikni ko'tara olmadi, oila buzildi. Yuqorida ko'rilgan har ikki holda ham bolalar ota- onalarining noto'g'ri fikrlashlari qurboni bo'lishdi, agar qaynona-qaynota bag'ri keng, odil bo'lishsa kelin-kuyov tinch totuv yashab, qolardi. O'g'liga baxt istagan qaynona kelinga rahnamolik qilsa, nur ustiga a'lo nur bo'lib, o'g'il- qiz ham ota-onani boshiga qo'yadi.QAYNONA-KELIN O'RTASIDAGI NIZOLAR Oilaga yangi tushgan kelinlarning ko'pchiligi yuzaga ke-ladigan ba'zi qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib, kelinlik vazifalarini ko'ngildagiday eplab ketadilar, qaynonalarini ro'zg'or tashvishlaridan xalos qiladilar, tezda ularning mehriga sazovor bo'ladilar. Qaynonalar ham bunday kelinni «qizim» deb bag'rilariga oladilar, bilmaganini o'rgatadilar, qiynalganida yordam beradilar, hayotiy yo'1-yo'riq ko'rsatadilar. Ularga uy-ro'zg'or ishlarida va bolalar tarbiyasida yaqin ko'makdoshga aylanadilar. Biroq hayotda qaynona-kelin orasida turli to'q-nashuvlar ham sodir bo'lib turadi. Gap qaynona-kelin o'rtasida borar ekan, shuni aytib o'tishimiz lozimki, bu masala azal-azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli namoyandalarining diqqat e'tiborida bo'lib kelgan muammolardan biridir. Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan sharq mutafakkirlaridan biri Ahmad Donish o'zining «Navodir ul-vaqoe» ( Nodir voqealar) nomli kitobda qaynona-kelin nizolari haqida yozar ekan shunday deydi: «Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi oilalarda ham bo'lgan, hozir ham bor va bundan keyin ham bo'ladi. Ular doimo urishaveradilar. Ular nima uchun urishadilar? Chunki ular nima uchun urishishayot-ganliklarini o'zlari ham bilmaydilar. Shuning uchun urishadilar*. Demak bu o'rinda qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish alohida ahamiyatga molik masala ekanligi ko'rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. 1. Ba'zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasawur shakl-langan bo'ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasawur qiladilar. Keyin esa oila qurib, tasawuridagi emas, balki hayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular o'z tasawuridagi qaynonaga xos bo'lgan kamchilik va illatlarni hayotdagi qaynonadan axtara boshlaydilar. Borini-ku topishlari aniq, hatto yo'g'ini ham topishga harakat qiladilar. Chunki tasawurlari ularni aldaganini tan olishni istamaydilar. Hayotda kamchiliksiz odam bo'lgan emas, boimaydi ham. Ideal qaynona, ideal kelin ham bo'lishi mumkin emas. Kelinlar o'zlari tushgan yangi oila a'zolariga ilk taassurot asosida baho berishga oshiqmasliklari lozim. Aks holda, pashshadan fil yasash ham hech gap emas. Kelinlar og'ir-bosiq, sabr-toqatli bo'lishlari, iloji boricha o'zlari tushgan xonadon a'zolarining yaxshi tomonlarini ko'rishga intilishlari, eri shu xonadon a'zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana shun-da bu oila tinch-totuv bo'ladi. Zotan, kelin bu xonadonga besh kunlik mehmon emas, balki bir umrlik a'zo bo'lib kelganligini unutmasligi kerak. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling