Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


Download 0.52 Mb.
bet22/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
oila majmua

Tayanch iboralar:

Oila, rashq xissi, er-xotin, nikoh shartnomasi, juft oila, uylanish.




20-MAVZU: NIKOH, NIKOH HAQIDA QUR'ON VA HADISLARDA

Reja:
1. Nikoh tuzish shartlari va majburiyatlari.


2. Yosh qiz va kelinlarga o'gitlar.
3. Qur’oni karimda oila masalalari.
1. Nikoh tuzish shartlari va majburiyatlari. Oila dast- lab yuzaga kela boshlagan patriarxal zamonida erkak va ayolning tengligi, bir-birini sevish haqida hech qanday tasawurlar shakllanmagan. U davrlarda ayol huquqi chek- langan, erkaklarning mulki sanalgani uchun uni sotishi, sovg'a sifatida boshqa odamga taqdim etishi hamda tahqirlashi mumkin edi. Shunga qaramay, oila doirasida boylik orttirish va uni qonuniy vorislar-farzandlarga berish maqsadining anglanishi, shu yo'lda boshlangan sa'y-hara- katlar oila va oilaviy munosabatlar takomilida muhim rol o'ynay boshladi. Bu jarayonning chuqurlashuvi natijasida oila qurishga munosib ayolni tanlashga, binobarin, unga bokiralik to'lovini to'lashga (maxr va qalin sifatida) yohud ota-onasining martabasi va boyligi darajasida munosabatda boiishga, xullas, sevib-sevilishga e'tibor beriladigan bo'ldi. Natijada iffat va nomusni sharaflovchi nikoh an'anaga aylanib bordi.Nikoh ikki jinsdagi kishilar — yigit va qizning el nazarida qaror topgan, birga yashashga oid ahdu-paymoni bo'lib, bunday vaziyatda jinsiy munosabat shar'an halol sanalgan va shunday shar'iy nikohdan tug'ilgan bola jami­yatning teng huquqli a'zosi sifatida qadrlangan. Aksincha, nikoh qonun-qoidalariga amal qilinmay, nikohsiz tug'ilgan farzandlar "haromi" deb nomlanib, ular jamoaga baxtsizlik keltiruvchi deb hisoblangan.Shar'iy nikohning bosh sharti iffat va bokiraiik qim- matini maxr, qalin va to'y harajatlari evaziga to'lash hisob­langan. Qadimgi turkiy tilda "qiz" so'zi jinsni anglatmagan, balki iffatli, bokira, nodir va qimmatbaho degan ma'nolarni anglatgan.Shu tariqa qalin, maxr va to'y harajatlari qizning bahosi, aniqrog'i iffat va bokiraiik qimmati tarzida yuzaga kelishini ta'minlagan. Bu an'ananing eng qimmatli tomoni naslni sog'lomlashtirgan, oilada sog'lom turmush tarzini vujudga keltirgan.Shariatda balog'atga yetgan qizning baxti oila qurib, farzandli bo'lish, ayolning birinchi vazifasi onalik ekanligi uqtiriladi.
Ayol doim erkaklar himoyasida bo'lgan, o'z oilasiga ega bo'lguncha ota-onasining, keyin erining, qarigan chog'ida esa farzandlarining himoyasida bo'lgan.
Shariat bo'yicha nikohdan o'tishda quyidagi qoi- dalarga amal qilish lozim bo'lgan:

    1. Nikohdan o'tuvchilarning o'zaro roziligi.

    2. Nikoh yoshiga to'lish.

    3. Nikohni guvohlar ishtirokida tuzish.

    4. Kelin uchun qalin va maxr to'lash.

    5. Diniy e'tiqod birligi.

    6. Nikohlanuvchilar yaqin qarindosh bo'lmasligi.

    7. Tabaqa bo'yicha tenglik.

1. Nikohdan o'tuvchilarning ruhiy jihatdan sog'lom bo'lishi.
Burxoniddin Marg'iloniyning "Hidoya" asarida kelin tushirish va qiz chiqarishning talablari "Kafoat" tushuncha- sida ifodalanishi yoziladi. "Kafoat" er va xotin o'rtasidagi tenglikni bildiradi.
Nikohda ikki tomon teng va munosib bo'lishi shart. Kelin va kuyov nasl-nasabida, ijtimoiy mavqeda, bilim- saviyada, did-farosatda, mulkdorlikda bir-biriga yaqin bo'- lishsa a'lodir. Lekin kelin biroz quyiroq darajada bo'lsa hech gap emas, chunki er oilada rahbardir.
Nikoh asdar davomida insoniylikka, ahloqiy pok- likka, nasi tozaligiga xizmat qiladi.
Abu Hurayra (r.a) rivoyat qiladilar "Paygambar (s.a.v.) dedilar beva to amr qilmasa va qiz rozilik bermasa nikoh qilmanglar". Asxob so'radilar "Qiz hayodan rozilik bera olmaydi qizning roziligi qandaydir" hazrat buyurdilarki "qizning sukut saqlashi uning roziligidir.".
Bashariyatning uzluksizligi tirikligi — oiladan!
Xalqimiz millatimizga oid qaysi manba qaysi qo'lyoz- maga murojaat qilmang ayol shu oilaning muqaddasligini ta'minlovchi mo"tabar inson sifatida ta'riflanadi. Qur'oni karimda hadislarda ayol onani ulug'lash kerakligi haqida ko'plab ibratli ko'rsatmalar bor.
2. Yosh qiz va kelinlarga o'gitlar. Momolarimiz uz cheklariga tushgan bu qutlug' vazifani sidqidildan bajarib kelganlar. Qalbning iymonli va rahmonli yoki teskarisi bag'ritoshlik va iblislik ham oilada shakllanadi. Mavzucfan ko'p chetga chiqmaylikda "Uyni uy qilish osonmi" degan savolga javob berishga harakat qilaylik.
Moziyga nazar.
"Qadim zamonda bir podshoh o'z kelinining o'quv- sizligidan rosa kuyibdi. Lekin u juda odil rahmdil adolatli podshoh ekan. Tezlik qilmabdi keskin xulosa chiqarib hozirgi boyvachchalardek kelinning ko'ch-ko'lonini uyiga olib borib qo'ymabdi. Podshoh o'z arqoni davlatidagi turmushga chiqariladigan qizlar haqida farmoni oliy chiqaribdi. Podshoh bu farmonini berishdan awal butun mamlakati bo'ylab o'z xos kishilarini yuboribdi. Ularga hamma viloyatlarda bo'lib kelin tushgan oilalar hayotini yaxshilab o'rganishni buyuribdi.
Baxtli oilalarni ibratli tomonini o'rganishni kelinidan kuygan oilalardagi barcha yomon xislatlarni eslab qolishni iloji bo'lsa kelinidan kuygan qaynonalarni saroyga taklif etishni buyuribdi. Qaysi ko'z bilan ko'rsinki oradan ko'p o'tmay podshohning saroyi qaynonalar bilan to'lib ketibdi. Ba'zi birlari kelinlarini maqtashsa boshqalari kelinidan dod deb sochlarini yularmish.

Essiz podshoh ko'rsa o'ziga o'xshaganlar ko'p emish, mana ular.

  • Olampanoh kelinimning dastidan uyimda ozor yetmagan jon qolmadi sinib chega ko'rmagan idish ham yo'q. O'ttiz yil awal onam rahmatli to'yimda bergan xitoyi chinni lagan ham sinib bo'ldi debdi biri.

  • Kelinimning husni chiroyli, ko'rsangiz havasingiz keladi. Aqli hushi, g'ayrati ham etarlidek. Ammo hech ishi oldinga bosmaydi. Qilgan ishini ko'rgan odam "Qaysi qo'ling singur qildi" deyishdan o'zini arang ushlaydi. Ishlari pala-partish, hamma ishga barobar unnaydi. Menga bering deb qo'lingizdan ishingizni oladi-yu, birortasini ham tugata olmay dardisar holda tashlab ketadi. Qo'limdan ishimni olar deb ne umidda kelin qilgandim. Ha oldi, lekin uyimning farishtasi ketdi. Qo'llari reja bilan ish qilishga o'rganmagan.

  • Misol keltir deysizmi olampanoh, qaysi birini aytay!

  • Kelinimning ovqat qilishdan yuragim bezillab qolgan. Qizigan yog'ga piyoz, go'shtni asta sirpantirib solish o'rniga uzoqdan turib irg'itadi. Qozondagi yog'ning yarmi atrofga sachrab kamayadi. Qozon atrofi yog', o'zining yuzi qo'li dog'-dug', o'zi naryog'ida yo'q bo'lgach aytgan bilan foydasi bo'lmas ekan. Oshxonadagi idish-tovoqni joy-joyiga qo'yganini bilmayman. Qachon qarama pichoq, tesha, o'tin, idish-tovoq tezak va po'choq hovli yuziga yoyilib oyoq bosishga joy qolmaydi. Ayolning erkakdan farqi shundaki u bir ish qilishi jarayonida atrofini yig'ib-terib saranjomlab turadi. Mening kelinim bir ish qilganida undan keyin yig'ishtirish tartibga keltirish uchun bir kishining kuchi etmaydi. Pesh tushgan idishni pesh yuvib qo'ya qolmay qozonga ust-ustiga tahlayveradi.

  • Piyola-yu pichoqqacha sabzi tahtagacha o'shaning ichida yuvishga tushganda idishlar bir-biriga tegib yarmi sinadi yarmi darz ketadi. Qo'lini artgan sochiqqa piyolani ham sochiqni ham artadi. Qo'lini yuvib qozonsochiqqa artishini ko'p ko'rganman. Idish-tovoqni kattadan-kichika taxlamay nobop joylarga kursi chekkalariga qo'yib ketavergani mayli-ya hatto bolasini ko'targanda ham yo boshini u bu yerga uradi yo biron yerini qayirib oladi. Bola bechora onasidan zirillaydi. Supurganda yo supurgan yeri chala bo'ladi yoki uyning changi osmonga ko'tarilib biroz o'tgach supurilmagandek bo'lib turaveradi. Ketmon bilan chopgandek shiddat bilan supuradi-da to'plagan axlati olinmay ertasigacha hovli bilan bitta bo'ladi.

  • Ey olampanoh qay birini aytay!

  • Uning so'zini diqqat bilan eshitib turgan podshoh "bu mushtipar mening kelinim haqida gapiryaptimi yoki o'zinikinimi" deb dilidan o'tkazibdi.

  • Uning so'zini diqqat bilan eshitib turgan podshoh bir farmon chiqaribdi, farmonda qiz ko'rgan xonadonda qizning tarbiyasiga qiz tug'ilgan kundanoq ahamiyat berilsin. Qizlar aslo senlanmasin, sizlansin! Qizlar bilan muomalada ovoz ko'tarilmasin qo'l yugurtirilmasin toki muloyimlikka yoshlikdan o'rganib borsinlar.

  • Qizlar oyoq chiqarganlaridanoq o'z yoshi quwatiga qarab uy yumushlariga solinsin toki ular ozoda va sarishtalikka kichiklikdan o'rgansinlar. Yana o'sha farmoni oliyda mamlakatdagi qizlarni hayotga tayyorlaydigan maktablar ochilsin va otinchalar dars bersin deyilgan ekan. Ochilgan bu maktablarda kech bo'lsa-da podshohning kelini va qizlari va nobop kelinlar o'qishgan ekan!

  • Ushbu farmonning bir bandida sovchilar hov- lilarning orastaligiga oshxona o'choqqa hatto hojatxonaning tozaligiga e'tibor bersinlar qizlarni sinasinlar deyilgan ekan.

Shu-shu qizlik uylar sarishtalik, kelinlik uylar farish- talik bo'lgan ekan.
Pazanda bo'lay desangiz.

    1. Me'yorni bilish qozonga yog' solishdan boshlanadi, yog' ovqatingiz ustida ikki enlik qatlam paydo qilmasin, kosadagi ovqatingiz jiqqa yog'ligidan qaytib chiqmasin. Bu birinchidan sog'liqqa zarar ikkinchidan farovonlikni bildira- di deb o'ylasangiz xato qilasiz.

    2. Palov yoki boshqa ovqatlar, suzilgan lagan yoki kosa tubidagi yog'ni silkitib kichikroq idishga yig'ib qo'ysangiz, keyinroq pishiriqlarga yoki xonim kabi ovqatlar yuziga ishlatib yuborasiz. Zinhor idish bilan birga yuvib yubormang. Bu xasislik alomati emas, aksincha ro'zg'or tutishda o'quvli ekanligingizni bildiradi. 126

    3. Ovqatdang so'ng bir tishlam non bilan kosani sidirib yalab qo'ygan kishining qorni tuymaganligining belgisi emas, uning sharqona madaniyati chuqurligidan nishonadir.

    4. Sabzi piyoz kartoshkani qalin archish qo'lingiz ochiqligini ko'z-ko'z qilmay aksincha befarosat va o'quvsizligingizni ro'zg'oringizni unga ter to'kib topgan puli bilan masalliq topib kelayotganlarni qadrlamasligingizni bildiradi.

    5. Ro'zg'oringizga keltirilgan masalliqni hamisha bir- bir saralab oling, yirigini yirikka, maydasini maydaga ajrating, sal uringanlarini alohida qo'ying, awal shularni ishlatib yuboring.

    6. Ro'zg'orga kelgan sarxil masalliqlar hamisha mehmonlarga keksalarga ataladi. Bu xo'jako'rsinlik emas, mehmondo'stligimiz belgisi.

    7. Imkon boricha ikki-uch marta yeyiladigan taom pishirmang. Bu dangasalik belgisi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling