Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar
Download 0.52 Mb.
|
oila majmua
SHAHVONIY NAFS (Mulohaza uchun mavzu)Har bir jinsdagi inson bolasi asta-sekin ulg'ayadi va balog'atga yetadi. Balog'at yoshida inson tabiiy holda o'z juftini topishga va birga hayot kechirishga intiladi yoki boshqacha qilib aytganda inson o'zidan zurriyod qoldirish- ning asosiy sharti bo'lgan jinsiy hayotga kirib boradi. Tib- biyot ilmi qiz bolalarda jinsiy hissiyot awalroq (9 yoshda), o'g'il bolalarda esa keyinroq (11-12 yoshda) boshlanadi deb o'rgatadi. Bu yoshdan boshlab insonning jinsiy moyilligi qo'zg'ala boradi. Ayniqsa, 15-18 yoshda bu hissiyot rivojlangan davr bo'ladi. Shu sababli bu yoshda yigit ham, qiz bola ham o'z jinsiy a'zolarini pokiza tutishi, shahvoniy hirsni qo'zg'atuvchi omillardan doim o'zini muhofaza qilishi kerak. Ayniqsa, bu yoshdagi yigit va qiz yolg'iz, xilvat joyda birga bo'lmasligi, bir-birini pinjiga kirmasliklari kerak.Yurtimizga kirib kelayotgan o'zbekona urf-odatlarga butunlay yot urf-odatlar, ayrim benomuslik hollarini keltirib chiqarmoqda.Uzbekona urf-odatlarimizga ko'ra, sevishgan yigit va qizlar o'zaro ibo va iffatlarini saqlaydilar.Ayniqsa, qiz bolalarni, ayol kishilarning yarim yalan- g'och kiyinishi, kalta va tor ko'ylaklarni kiyib erkaklar va yigitlarga ko'rinishlari mutlaqo millatimizning urf-odatlariga to'g'ri kelmaydi. Chunki, bu ko'rinishlarning barchasi erkak jinsidagi kishilarning hirsini qo'zg'aydi, uni jilovlay olmay- digan ayrim yoshlarni "ko'zlariga o't bo'lib" har qanday holda ham shu qiz bilan jinsiy yaqinlik qilgisi keladi. Hirsi uyg'onishi natijasida benomuslik, hatto jinoiy qabih ishga qo'l uriladi. Yoshlar kechki, kattalar uchun beriladigan filmlarni, videofllmlarni ko'rmasliklari lozim. Ayrim behayo, katta yoshdagi ayol yoki erkaklarning yarim yalang'och holatiga e'tibor bermasliklari kerak.Hurmatli o'quvchilar, e'tiborlaringizga bir necha hayotiy voqealarni misol keltiramiz, xulosani esa o'zingiz chiqarasiz. "Bir kuni uyda yolg'iz o'tirgan edim, dadam, oyim- lar ishda edi. Uyga akam hovliqib kirib keldi, qo'lida ikkita kasseta bor edi. Dadam yo'qliklariga qaramay, ruxsatsiz videokassetani qo'ydik. Birinchi filmni qo'rquv va hayajon bilan tomosha qildik. Chunki filmda bir odamxo'r maxluq haqida hikoya qilinib, u odamlarni o'ldirib yeyishlari nihoyatda dahshatli, filmni nomi ham "Yirtqich" edi. Biroq keyingi kino uyatsiz film ekan. Men "Aka uyalmaysizmi, o'chiring dadamga aytaman" deb qichqirdim. Esankirab qolgan akam biroz turib meni tarsakiladi-da, xonamga po'pisalar bilan qamab qo'ydi. O'zi esa filmni ko'rdi. Men yig'lab anchadan keyin ovundim. Bir soatlardan keyin xonamga akam kirib keldi. Uning vajohati juda yomon edi, ko'zlari olayib menga yaqinlasha boshladi. "Tinchlikmi aka?" deyishimni bilaman, u o'zini men tomonga tashladi.Dada deb qichqirganimni akam eshitdi xolos. Keyin akam "Dadamga aytsang o'ldiraman" deb chiqib ketdi. Men nomusi toptalgan qiz dadam, oyimniing jahlidan qo'rqib indamadim. Bir haftadan keyin esa o'zimni yomon, his qildim. Hozir hayz ko'rmayapman, bu kunimdan o'lganim yaxshi. Video olmoqchi bo'lgan otalar o'ylab ko'rsinlar. Keyingi taqdirim nima bo'ladi bilmayman. Ana shunday ko'ngilsiz hollarning bo'lmasligi uchun har bir inson bolalik davridan boshlab o'z or-nomusiga qattiq ehtiyot bo'lishi kerak. Yoshlar shuni yaxshi bilishlari kerakki, jinsiy istak qiz bolalarga nisbatan o'g'il bolalarda juda kuchli bo'ladi. O'g'il bolalarning shahvoniy hirsi tez qo'zg'aladi. Buning uchun qiz bolani bir-ikki marta og'u- shiga tortib, quchish, bo'sa olishi kifoya. Shundan keyin uning hirsi qattiq uyg'onishi natijasida u jinsiy yaqinlikka intiladi. Bu holatni qizlar yaxshi bilishlari kerak. O't bilan Men 9-sinfda o'qiyman. Boshqa sinfdagi Nazarmatni kechagi kungacha sevardim. Sevganimni bayon etib, unga xat yozgandim, biz uchrashdik. Ammo Nazarmat menga "sen qizmassan" deb tuhmat qildi. Menga juda alam qildi. Oxiri men o'ylab-o'ylab o'zimni pokligimni unga isbotlamoqchi bo'ldim. Ovloq joyda uchrashgach, unga o'zimni qiz ekanligimni, istasa tekshirib ko'rishi mumkinligini, lekin men haqimda yomon fikrga borgani noto'g'ri ekanini aytdim. Biz u bilan jinsiy aloqa qildik."Ana ko'rdingmi" degan edim, u: "yaxshi qiz ekan- san, lekin baribir seni olmayman" dedi.Mana bu voqeani o'ylab, qizlarimiz bir xulosaga kelsinlar. Qiz bola shunchalar g'o'r, shunchalar sodda, o'z nomusini o'zi qadrlamay kimlargadir garovga qo'yishi mumkin-mi? Or-nomus qani? O'sha "sen qizmassan" deb qiz bolaga oshkora tuhmat qilgan insonga o'z nomusini oyoq osti qildirishini nima deb baholasa bo'ladi? O'zini shahvoniy nafsini jilovlay olmagan bir nomard yigitning aldog'iga uchragan qiz haqida nima deysiz?Sevishmoq ayb emas, u hatto ertaroq boshlanishi mumkin. Bu ham ayb emas. Faqat siz o'z sevgingizni, muhabbatingizni shahvoniy nafs girdobiga tushib qolishdan asrang.Mijoz va muhabbat haqida muxtasar so'z yuritishimizning boisi bor, tasawur qilingki, xolerik mijozli qiz flegmatik yoki melanxolik mijozli yigitga turmushga chiqdi. Mijozlar haqida mutloq xabarsiz kelin asal oyida kuyovning hind kinolaridagidek ehtiros bilan muhabbat izhor qilma- yotganidan, umuman muomalasidan qoniqmay kuyovni sovuqlikda ayblashi, yana battari uni chetda muhabbat ulashib yurishlikda ayblashi hech gap emas.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling