Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar
Download 0.52 Mb.
|
oila majmua
Tayanch iboralar:
Stereotip, Moddiy manfaatdorlik, kelin-kuyov, boy-badavlat. 18-Mavzu:Nikohda muhabbat va mijozning o’rni. Reja: 1.Mijoz bilan muhabbat orasidagi bog'liqlik 2.Muhabbat hislarining bosqichlari. 3.Davra suhbati. Sevgi-muhabbat haqida Muhabbat 3 bosqichdan iborat: Boshlang'ich, Alangalangan, O'zaro hurmat bosqichlari. lnsoniyat bor ekan muhabbat odamni sirli tuyg'ular olamiga yetaklagan, uni yengib bo'lmas to'siqlardan o'tish- ga, yuksak cho'qqilarni zabt etishga undagan, uni rag'bat- lantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa etgan. Hozirgi kunga qadar muhabbat tushunchasiga yagona ilmiy ta'rif-tavsif berilmagan. Hissiyotdagi ayrim bosqichlarga ko'ra muhabbat turini, bosqichini umuman sevgi hislarini bor-yo'qligini aniqlash mumkin. 2. Alangalangan, ya'ni ikkinchi bosqichning turlari. Ikkinchi bosqich, ya'ni alangalangan bosqich quyidagicha: "Birgalik" effekti. Bunday hollarda muhabbat hislarini boshdan kechirayotgan shaxsning ongida, tasavvurida, xayolida doimo sevikli yori gavdalanib turadi. Nima ish qilmasin, qayerda bo'lmasin xayolan u bilan gaplashadi. Idrokning ideallashishi. Bunday hollarda sevilgan inson ideallashgan holda idrok etiladi. Takrorlanmas darajadagi shaxs sifatida nihoyatda chiroyli, aqlli, odobli va o'zga ijobiy xislatlarga ega bo'lgan yigit yoki qiz sifatida idrok etiladi. Al'truizmning keskin ifodalanganligi. Bu bosqichda al'truizmning og'irlik markazi muhabbat timsoli bo'lgan qiz yoki yigitga yo'nalgan bo'ladi. U sevgan qizi yoki yigitini manfaatini o'zining, ota-onasining, o'/.iga yaqin kishilarning manfaatidan ustun qo'yadi. Muhabbat kuchiga chcksiz ishonish. Bunday hollarda muhabbat hislarini boshidan kcchirayotgan shaxs o'z sevgilisi bilan birga bo'lishni, tc/.roq u bilan oila qurishni, umrini oxirigacha u bilan bo'lishni orzu qiladi. Sevgilisida boshqalar ko'rmagan jihatlarni ko'rish, "muhabbat ziyrakligining" namoyon bo'lishidir. Sevgan odamda hayotga muhabbat kuchayadi, hayotni chuqurroq idrok eta boshlaydi, o'zgalarni qalbdan tushunish va rahmdillik hislari paydo bo'ladi va ortadi. Mijoz bilan muhabbat orasidagi bog'liqlik: xolerik va sangvinik toifadagi yoki ularning aralashuvidan iborat toifa- dagilar o'zgalar bilan tez va oson til topishadi. Flegmatik va melanxoliklar esa o'zgalar bilan^ til topishi ancha qiyin. Ular duch kelgan kishi bilan do'stlashib ketavermaydilar. Ammo do'stlikning qadriga yetib, arzima- gan sabab bilan do'stlikdan kechmaydilar. Ularda hissiyot nihoyatda chuqur va pinhona kechadiki, buni boshqalarning tashqi tomondan sezishi qiyin. Muhabbatning qay darajada ifodalanishi mijoz turidan tashqari o'sha odam yashayotgan sharoit, muhit, tevarak- atrofdagilar qarashi, axloqi va milliy mezonlarga ham bog'liq bo'ladi. Masalan: ba'zi millatlarda qizlaming nikohgacha jinsiy hayot kechirganligiga odatiy hoi sifatida qaralsa, ba'zi joylarda bunday qizlarga nafrat bilan qaralib, sharmandalik hisoblanadi. Jumladan, Kavkaz va Osiyo mamlakatlarida mahalliy millatlar uchun qiz bolaning nikohgacha jinsiy hayot tajribasiga ega bo'lishi axloqsizlik deb qaraladi. Hatto O'zbekistonning ba'zi qishloqlarida "qiz yigit bilan yurar emish" degan mish-mishlarning o'zi shu qizga sovchi kelmasligiga, bokiralik obro'sining tushishiga, turmushga chiqish imkoniyatining keskin pasayishiga olib keladi. Davra suhbati. Sevgi-muhabbat haqida. Chin sevgi muhabbatni qanday tushunmoq kerak? Qiz yoki yigit birovni sevib qolsa qanday ish tutgani ma'qul? Qiz yoki yigit birovni sevib qolsa, ammo u bosh- qani sevsa nima qilishi lozim? ■ 4. Qiz bola oilali erkakni sevib qolsa-chi? 5. Qiz bola nomusiga dog' tushirib qo'ysachi? . 6. Qiz yoki yigit birovni sevsa, ammo ota-ona unga' rozilik bermasa-chi? 7. Sevgida, oila qurishda adashmaslik uchun nimalar shart? . 8. Sevgan kishing senga bevafolik qilsa-chi? 9. Yigit bilan qiz o'rtasidagi samimiy do'stlik muno- sabati sevgiga aylanishi mumkinmi? • 10. Muhabbat asosida qurilgan oilani asrab-avaylash uchun nimalar qilish kerak? Oilashunos, ruhshunoslarning ta'kidlashicha, oila ajralishlarining aksariyati mijozlarning mos kelmasligi, juftlarning bir-birini tushunmasligi oqibatidir. Bir-biriga yaqin yoki bir xil mijozli er-xotinlarda aytilgan fojia bo'lmasligi mumkin. Bundan xolerik mijozli er-xotin mustasno. Bunday er-xotinlar orasida janjalli hollar ko'p bo'ladi. Ikkovining ham jahli burnining uchida turadi. Bo'lar-bo'lmasga lovullab ketishadi. Odatda ular qilg'ilikni qilib qo'yib, keyin mulohaza yuritadilar, o'ta ehtirosli bo'ladilar. El ham bundan xabardor. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling