Tashkent Medical Academy Volume 3


Download 377.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi377.53 Kb.
#1624037
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xorazmlik-beruniy-va-tibbiyot



Tashkent Medical Academy 
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural 
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in 
the development of science 
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy 
merosining ahamiyati va uning fan 
taraqqiyotidagi o‘rni 
 
 
 
 
 
340
 
December 16 
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
XORAZMLIK BERUNIY VA TIBBIYOT 
 
Odiljon Umidjon o’g’li Farhodjonov 
Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son davolash ishi fakulteti 1-bosqich talabasi 
odiljonfarhodjonov2004@gmail.com
 
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy Xorazm vohasidagi qadimiy 
shaharlardan biri bo‘lgan Kat shahrida 973-yil 4-sentabrda tug‘ilgan. Uning nasl-
nasabida ―berun‖ soʻzi ―tashqi shahar‖, ―Beruniy‖ esa ―tashqi shaharda yashovchi 
kishi‖ maʼnosini bildiradi. Uning bolalik va yoshlik davri Katda o‘tdi. Kat shahri 
O‘rta Osiyoning feodalizm davridagi taraqqiy etgan markaziy shaharlaridan biri 
bo‘lgan. 
X asr oxirlarida Xorazm ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, janubiy Xorazm - 
markazi Kat, shimoliy Xorazm - markazi Urganch shahri edi. Bu davrda 
Xorazmning Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalari 
taraqqiy etgan, umuman Xorazm davlatining gullagan davri edi. 
Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar 
yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bagʻishlaydi. Beruniy ona tilidan tashqari 
yana bir qancha tillarni: arab, soʻgʻdiy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy 
tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini oʻrganadi. Oʻz ilmiy asarlaridan 
birida yozishicha, u Xorazmda yashagan davrida, 990-yillardan boshlab Kat 
shahrida muhim astronomik kuzatishlar oʻtkazgan. Bu kuzatishlar uchun oʻzi 
astronomik asboblar ixtiro etgan. Xorazm zodagonlari orasida taxt uchun 
boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon 
bermaganligi bois 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur boʻldi va bir 
qancha vaqt Jurjon shahrida muhojirlikda yashadi. 
Xorazmning katta shaharlari Kat va Urganchda ko‘plab mashhur olimlar 
fanning turli sohalarida chuqur va keng ilmiy ishlar olib borar edilar. Bu olimlar 
fan sohasida ensiklopedist bo‘lganlar. Xorazmning ikkala qismi hukmdorlari 
orasidagi taxt uchun kurash Ma‘mun g‘alabasi bilan tugadi. 995-yilda Urganch 
amiri Ma‘mun Xorazmning ikkala qismini yagona bir davlatga birlashtirdi. Kat 
hukmdori Abdullohning yengilishi Kat shahrida ilmiy ish bilan shug‘ullangan 
olimlar hayotiga salbiy ta‘sir ko‘rsatdi. 



Download 377.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling