Tashkent Medical Academy Volume 3
Download 377.53 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazmlik-beruniy-va-tibbiyot
Tashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o‘rni 343 December 16 https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference namoyandalari, shoirlar va hakimlar yashardilar. Xorazmdagi olimlar shoh saroyida tashkil etilgan ―Olimlar jamiyati‖ga uyushgan edilar. Bu jamiyat tarixda ―Ma‘mun Akademiyasi‖ nomi bilan mashhur bo‗lgan. ―Akademiya‖ga buyuk o‗zbek ensiklopedist olimi Abu Rayhon Beruniy rahbarlik qilardi. ―Akademiya‖ga o‗sha zamonda ma‘lum bo‗lgan fanlarning hamma sohalari bo‗yicha yirik mutaxassislar, shu jumladan, taniqli tib olimlari ham a‘zo edilar. Ulardan bizga mashhur Abu Ali ibn Sino, Abu Saxl Masihiy, Abu Abdulloh Iloqiy, Abu Mansur Qamariy, Abul Xayr al-Hammarlar ma‘lum. ―Ma‘mun Akademiy‖si Xorazmda turli fanlarning rivojlanishida juda muhim o‗rin tutadi. Xorazmlik olimlar fanlarning hamma sohalarini yuksak darajada rivojlantirdilar, ularni boyitganlar va yangi-yangi kashfiyotlar qildilar. Ayniqsa, falakiyot ilmi (astronomiya), riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), tarix, jug‗rofiya sohalarida ijobiy natijalarga erishildi. Bunday umumiy yuksalish jarayonida tibbiyot ham tez rivojlandi. Bu sohada yirik olimlar yetishib chiqdilar. Bundan tashqari Xorazmda, xususan, uning poytaxti Urganchda, xorijiy mamlakatlardan kelgan ko‗pgina hakimlar ham yashardilar. Mamlakatning poytaxti Urganchda va boshqa shaharlarda kasalxonalar va shifoxonalar barpo etilgan edi. Ularda tajribali hakimlar ishlardilar. Urganchdagi kasalxonada bir qancha vaqt mashhur olimlar Ibn Sino va Abu Sahl Masihiylar ishlaganlar. Abu Abldulloh Iloqiy ham shu kasalxonada xizmat qilgan. Ular kasallarni davolash bilan birga turli kasalliklar ustida kuzatish ishlari olib borardilar. Bu kuzatishlar natijasida to‗plangan ma‘lumotlar umumlashtirilib, kerakli xulosalar chiqarilgan va tashxis hamda davolash sohalarida yangi usullar joriy etilardi. Ular o‗z bilim va tajribalari asosida tibbiyotning muhim sohalariga oid asarlar yozardilar. Masalan, Abu Ali ibn Sino o‗zining mashhur «Tib qonunlari» kitobining dastlabki boblarini Urganchda yozgan, Abu Abdulloh Iloqiy, Umar Chag‗miniylar ham tibga oid o‗z kitoblarini Xorazmda yozganlar. Shunday qilib, o‗rta asrlarda Xorazm davlatida boshqa fanlar qatorida tib ilmi ham yuksak darajada rivojlandi va muhim yutuqlarga erishdi. Beruniy yoshligidanoq mehnatsevar bo‘lib, ko‘p vaqtini turli kuzatishlar bilan o‘tkazar edi. U yoshlik chog‘larida astronomik asbob – devor kvadratini yasagan. U Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash bilan shug‘ullandi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling