Tashkent Medical Academy Volume 3
Download 377.53 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazmlik-beruniy-va-tibbiyot
Tashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o‘rni 344 December 16 https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference va 995–996-yillarda Kat shahrida diametri 15 ziro (Ziro-qadimgi o‘lchov birligi, 49 sm chamasida) bo‘lgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik o‘lchash ishlari olib bordi. 998–1004-yillarda Beruniy Jurjon shahrida yashaydi. Bu joyda o‘zining birinchi eng katta asari ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ nomli kitobini yozadi. Beruniy bu asarida Sharq mamlakatlari xalqlarining taqvimlari, fan va madaniyatlari haqida ko‘p faktlarni bayon etdi. Bu asar orqali Beruniyning shuhrati butun sharqqa tarqaldi. Xorazmning Mahmud Gʻaznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qoʻyadi. U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga Gʻazna shahriga asir qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017–1048-yillarda Gʻaznada kechirgan hayoti bir tomondan nihoyatda ogʻir kechgan boʻlsa, ikkinchi tomondan uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr boʻldi. Beruniyning ―Xorazmning mashhur kishilari‖ asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik- geografik asari ―Tahdid nihoyot al-amoniya li tasʼhidi masofat al-masokin‖ (―Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash‖ – ―Geodeziya‖) 1025-yilda yozib tugatilgan. Beruniyning ―Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar‖ asari ham 1029-yil Gʻaznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda oʻsha zamon astronomiyasi bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha fanlar haqida muhim maʼlumotlar berilgan. Beruniyning ―Hindiston‖ nomli mashhur yirik asari ―Tahqiq molil Hind min maʼquda maqbula fil aql av marzula‖ (―Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigʻmaydigan taʼlimotlarini aniqlash kitobi‖) 1030-yilda yozilgan boʻlib, bu shoh asar Gʻarb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baholangan. Akademik V.R.Rozen ―Sharq va Gʻarbning qadimgi va oʻrta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yoʻq‖, deb baho bergan. Mahmud Gʻaznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh boʻlgan Beruniy u yerda sanskrit tilini puxta oʻrganishi hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning oʻsha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida oʻlmas asar yaratishga imkon berdi. Beruniy ko‘p yillarni Hindistonda o‘tkazdi. U hind xalqining madaniyati va fani, turmushi va adabiyotiga juda qiziqdi va uni o‘rgandi. U qadimiy hind tili – sanskrit tilini o‘rgandi, bir qancha hind |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling