Tashkent Medical Academy Volume 3
Download 377.53 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazmlik-beruniy-va-tibbiyot
Tashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o‘rni 341 December 16 https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 995-yil hodisasidan so‘ng Beruniy o‘z vatani Xorazmni tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Bu davrda u yirik olim bo‘lib tanilgan edi. Ro‘y bergan hodisa uning ilmiy ishlariga putur yetkazgan edi. O‘z ilmiy ishlariga qulay sharoit va osoyishtalik izlagan Beruniy Kaspiy dengizining janubi-sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan Jurjon shahriga boradi. Yo‘lda, Eronning hozirgi Tehron shahri yaqinida joylashgan Ray shahrida to‘xtaydi va bu yerda O‘rta Osiyolik mashhur astronom matematik Xo‘jandiy bilan uchrashadi. Beruniy Ray shahridagi rasadxonada Xo‘jandiy bilan birgalikda kuzatish va o‘lchash ishlarini olib boradi. Beruniy bu rasadxonada Xo‘jandiy tomonidan yasalgan ―Faxriy sekstanti‖ nomli katta astronomik asbob bilan qiziqadi va ―Faxriy sekstanti bayoni haqida‖ nomli asar yozadi (995—997-yillar). O‗rta asrlarda O‗rta Osiyo davlatlarida fan va madaniyat yuksak darajaga ko‗tarildi. Yirik shaharlarda ilm-fan markazlari, dorilfununlar, madrasalar tashkil etildi. Ularda o‗nlab mashhur olimlar fanning o‗sha davrda ma‘lum bo‗lgan hamma sohalari ustida ijod qildilar, mashhur asarlar yaratdilar. Madrasalarda ko‗plab talabalar ta‘lim olar, ularga o‗sha zamonning ko‗zga ko‗ringan yirik olimlari dars berardilar. O‗sha davrda O‗rta Osiyodagi davlatlar fan va madaniyatning rivojlanishi jihatidan jahonda eng taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga chiqib oldi. Bunday umumiy yuksalish jarayonida tibbiyot ilmi ham juda rivojlandi. Shaharlar va aholi yashaydigan yirik kentlarda kasalxonalar, davo ma,skanlari, dorixonalar barpo etildi. Ularda tajribali hakimlar (o‗qimishli tabiblar) va dorishunoslar xizmat qilardilar. Ba‘zi yirik kasalxonalar qoshida maxsus oliy tibbiy bilim maskanlari ochilgan bo‗lib, ularda ko‗plab talabalar o‗qitilardi. Bu yerda talabalar ustozlari rahbarligida o‗z bilim va tajribalarini orttiradilar. Tib ilmi sohasida chuqur bilim va tajribaga ega bo‗lgan hakimlar talabalar uchun turli kasalliklarga tashxis qo‗yish va ularni davolashga oid darsliklar, qo‗llanmalar yaratdilar. Ular ko‗pgina ilmiy asarlar ustida ham ijod qildilar. O‗sha davrda yaratilgan ―Tib qonunlari‖ kitobi bunga yaqqol misoldir. O‗rta Osiyo olimlarining yaratgan tibbiy asarlari jahon tibbiyot ilmi xazinasiga yirik durdonalar bo‗lib qo‗shildi. O‗rta asrlarda O‗rta Osiyo davlatlarida ilm-fan va madaniyatning yuksalishi birinchi galda shu davlatlarda ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotda ro‗y bergan ijobiy omillar bo‗lsa, ikkinchidan o‗sha vaqtdagi davlat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling