Tashkent Medical Academy Volume 3


Download 377.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi377.53 Kb.
#1624037
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xorazmlik-beruniy-va-tibbiyot

Tashkent Medical Academy 
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural 
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in 
the development of science 
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy 
merosining ahamiyati va uning fan 
taraqqiyotidagi o‘rni 
 
 
 
 
 
342
 
December 16 
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
boshliqlarining fan va madaniyat ahllarini qo‗llab-quvvatlashlari natijasi edi. 
O‗sha vaqtda hakimlik qilgan davlat arboblari o‗zlari o‗qimishli kishilar 
bo‗lganlar. Shuning uchun ular ilmning qadriga yetar va ilm ahllarini qo‗llab 
quvvatlashganlar. Ularga o‗z saroylaridan joy berib, ilmiy ishlari uchun zarur 
sharoit yaratib berardilar. Tarixda o‗sha zamondagi Xorazm, Buxoro hamda 
Samarqand hokimlarining shunday ilm-fan homiylari bo‗lganliklari ma‘lum. 
Shuning uchun bu hokimliklar hududida ilm-fan va tibbiyot ravnaq topgan edi. 
X–XII asrlarida Xorazmshohlar, Somoniylar va Qoraxoniylar davrida 
tibbiyot yuksak darajada rivojlangan. IX–X asrga kelib jahonga mashhur bo‗lgan 
qadimgi Xorazmshoh mavqei qaytadan ko‗tarila boshladi. Arablar istilosi davrida 
parchalanib ketgan Xorazm davlati shoh Ma‘mun ibn Muhammad shimoliy va 
janubiy Xorazm shohliklarini birlashtirib Xorazm davlatini barpo etgandan so‘ng, 
Xorazm siyosiy va iqtisodiy jihatdan bir butun davlat bo‗lib taraqqiy eta boshladi. 
Buning natijasida Xorazm yana sharqning eng rivojlangan mamlakatlaridan biriga 
aylandi. Uning poytaxti Gurganj (Urganch) o‗z madaniy hayoti va turli fanlarning 
rivoji jihatidan butun Sharqqa mashhur bo‗ldi. Shaharda turli hunarmandchilik, 
ishlab chiqarish, savdo-sotiq ishlari rivoj topdi. Xorazm zargarlari yasagan bezak 
buyumlari o‗zining nozikligi va nafisligi bilan kishini hayratda qoldirardi. Ular 
dunyo bozorida juda yuksak baholanardi. Xorazm ustalari metall buyumlar 
yasashda ham juda mohir edilar. Ular yasagan qurol-aslahalar Damashq qilichlari 
kabi mashhur edi. Shunday qilib IX–X asrga kelib, Xorazm yana dunyoga tanildi. 
Xorazm davlatining poytaxti Urganch o‗sha davrda katta karvon yo‗llari tutashgan 
yerda joylashgan bo‗lib, mamlakatlararo savdo-sotiq ishlarida muhim o‗ynardi. 
Shaharga uzoq o‗lkalardan ko‗plab savdogarlar, sayyohlar kelib turardilar. 
Shuning uchun Urganchda bir qancha karvonsaroylar barpo etilgandi. Shaharda 
juda ko‗p masjid-madrasalar, bozorlar, hammomlar, hashamatli saroylar qurilgan 
edi. Bu yerda ko‗p olimlar, faylasuflar, me‘morlar, sa‘nat namoyandalari, shoirlar 
va tabiblar yashardilar. Xorazm shohlari ularga homiylik qilardilar, ular olimlarga 
o‗z saroylaridan joy berib, ularning yashashlari va ijodiy faoliyatlari uchun zarur 
sharoit yaratib bergan edilar. Xorazm Ma‘mun ibn Muhammadning o‗g‗li Ma‘mun 
ibn Ma‘mun shohlik qilgan davrda (IX asr boshi), ayniqsa, ravnaq topdi. Bu 
shohning o‗zi ancha bilimdon va o‗qimishli kishi edi. Shuning uchun u ilm-
fanning qadriga yetar va fan ahllarini har tomonlama qo‗llab-
quvvatlardi. Uning saroyida o‗nlab olimlar, faylasuflar, san‘at 



Download 377.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling