Tashkent Medical Academy Volume 3
Download 377.53 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazmlik-beruniy-va-tibbiyot
Tashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o‘rni 345 December 16 https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qildi. Yunon matematiklarining o‘lmas asarlari hisoblangan Yevklidning ―Negizlar‖ nomli va Ptolemeyning ―Almagest‖ nomli asarini sanskrit tiliga tarjima qildi. Beruniy bu ajoyib mamlakatning ko‘p shaharlarida bo‘ldi, undagi xalqlarning turmushlariga va to‘plagan ma‘lumotlariga asosan 1031-yilda ―Hindiston‖ nomli kitobini yozib tugatdi. ―Hindiston‖ asari yozib tugatilgan yili Mahmud Gʻaznaviy vafot etdi va uning oʻrniga taxtga oʻgʻli Masʼud oʻtirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid ―Masʼud qonuni‖ asarini sulton Masʼudga bagʻishladi. Oʻsha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha ―Masʼud qonuni‖ kitobi matematika va astronomiya boʻyicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini oʻchirib yuborgan. Beruniy o‘zining o‘lmas asari ―Qonuni Mas‘udiy‖ni yozish bilan astronomiyaning o‘z zamonigacha bo‘lgan holatini fan tarixida yozib qoldirdi. Beruniy bu asarini yozishda qadim zamonlardan boshlab to o‘zi yashagan davrgacha bo‘lgan matematika va astronomiya fanlarining tarraqiyoti bilan tanishib chiqdi. Bu asarda astronomiya va matematikaga doir bilimlarni bayon qildi. Bulardan tashqari Beruniyning ―Quyosh harakatini tekshirish‖, ―Astrolyabiya haqida risola‖, ―Oy haqida risola‖, ―Farg‘oniyning astronomik tekshirishlari‖, ―Hind astronomlari savollariga javoblar‖, ―Xorazmiyning astronomik ishlari haqida‖, ―Planisfera haqida risola‖ va boshqa asarlari bor. Beruniy asarlari orasida matematika faniga oidlari ham bor. Masalan, ―Trigonometrik funksiyalarni soddalashtirish‖, ―Sfera nuqtalarini tekislikda tasvirlash‖ asarlari shular jumlasidandir. Miloddan avval oʻtgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar Yer dumaloq va shar shaklida degan fikrni aytganlar. Jumladan, miloddan avvalgi 250-yilda iskandariyalik olim Eratosfen Yer shar shaklida deb, uning oʻlchamlarini quyidagicha aniqlagan. Iskandariya bilan Sienya (hozirgi Asvon) shaharlari orasidagi masofani karvonlarning yurish muddati bilan oʻlchaydi, keyin bu qiymatni ikki shahar kengligining ayirmasiga boʻladi va Yer radiusini 6840 kilometr deb chiqaradi. Bu gradus meridian yoyining uzunligi esa 119,444 boʻladi yoki meridian yoyining uzunligi 70121 ga tengligini aniqlab, bu yoy meridian aylanasi uzunligining 1/50 qismi ekanligini hisoblagan. Yer meridian aylanasining uzunligi 39500 kilometrga yaqin boʻlsa kerak, degan fikrga kelgan. Eratosfendan soʻng Misr, Xitoy va yunon olimlaridan bir qanchasi Eratosfen oʻlchagan usul bilan Yerning kattaligini aniqlaganlar. O‗rta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling