Tashkent Medical Academy Volume 3
Download 377.53 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazmlik-beruniy-va-tibbiyot
Tashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o‘rni 346 December 16 https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference asrlarda Yerning hajmini aniqlashda yurtimizdan yetishib chiqqan olimlarning xizmatlari katta boʻlgan. Muso Muhammad al-Xorazmiy bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,8 kilometrga tengligini isbotlab bergan. Mashhur astronom, matematik, faylasuf va shoir Umar Xayyom (1048-1131) o‘zining astronomik kuzatishlarida, xurosonlik astronom va matematik Nasiriddin Tusiy (1201-1274) Beruniyning astronomiya va boshqa sohalardagi asarlaridan keng ravishda foydalanishgan. Beruniyning ilmiy g‘oyalari bu olimlar tomonidan davom ettirildi. Beruniy mashhur olim, tabiatshunos, tabib Ibn Sino bilan bir davrda yashagan, u bilan bir qancha vaqt birga ishlagan. Beruniy bilan Ibn Sino olam tuzilishi haqida ilmiy munozaralar olib borganlar, bu munozaralarda olg‘a surilgan g‘oyalar astronomiya va fizika tarixida katta ahamiyatga egadir. Beruniy shogirdi Abul Fadl as-Seraxsiy maʼlumoti boʻyicha 11-dekabr 1048-yilda Razna shahrida (hozirgi Afg‘oniston hududida) vafot etdi. ―Dorilar haqida‖ (―Kitob as-saydana‖) kitobida o‘sha davrlarda ma‘lum bo‘lgan dorivor o‘simliklarning lug‘atini alilbo tartibida tuzadi. Dori tayyorlanadigan dorivor o‘simliklar, ulardan ba‘zilarining o‘sadigan joylari haqida ma‘lumotlar beriladi. Bu asar yakka-yu yagona qo‘lyozma shaklida saqlangan bo‘lib, uning ba‘zi parchalari Yevropa tillariga tarjima qilingan. Bu asar birinchi marta 1973-yilda rus va o‘zbek tillarida Toshkentda nashr etildi. Juda ko‘p fanlar sohasida ajoyib, sermazmun asarlar yaratgan butun umrini fanga bag‘ishlagan va o‘tkir talantini tabbiyot sirlarini ochish uchun kurashga sarflagan, o‘z zamonasining qarama-qarshiliklariga, fan ahllari uchun tinch bo‘lmagan hayotga bardosh bergan Beruniy, haqiqatan ham progressiv olim hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Beruniyning nomi butun jahonga mashhurdir. 1973- yil 4—7-sentabr kunlari ―Beruniyning 1000 yilligi‖ ilmiy konferensiya ish olib bordi. Shunda sovet olimlari va chet ellik mehmonlar Beruniy ijodini o‘rganish sohasida ma‘ruzalar qildilar. Olim tavalludining 1000 yilligi uning ijodini o‘rganishga yana bir turtki bo‘ldi. Hozirgi kunda chet el olimlari HAM Beruniyning sermazmun asarlarini har tomonlama va chuqur ilmiy asosda o‘rganmoqdalar. YUNESKO Ijroiya kengashining 211-sessiyasida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tavalludining 1050 yilligi YUNESKO shafeligida 2022-2023- yillarda keng nishonlanishi bo‗yicha qaror qabul qilindi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling