Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5,36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
uylarida otinoyi maktablari tashkil etilgan. Bu maktab o’qituvchilari otinoyi yoki otinbibi deb yuritilgan. Taʼlim davlatdan ajratilganligi, bolalarning oʻqishi, asosan, ota- onalarning ishi hisoblangani uchun ham Turkistonda o’qituvchilik kasbiga maxsus tayyorlanilmagan. Madrasa koʻrgan yoki maktabdan soʻng oʻz ustida ishlagan savodli kishi o’qituvchi.lik bilan shugʻullanishi mumkin boʻlgan.19-asrning oxiridan, yaʼni oʻlkada maʼrifatchilik harakati paydo boʻlishi bilan o’qituvchining saviyasiga alohida eʼtibor beriladigan boʻldi. Turkistonda anʼanaviy yoʻsinda oʻqitadigan o’qituvchilar bilan birga Yevropa mamalakatlaridan oʻzlashtirilgan usullarda dars beradigan yangi muallimlar ham faoliyat koʻrsata boshladi. Bu hol, ayniqsa, jadidchilik harakati avj olgan kezlarda ancha keng yoyildi. o’qituvchilar saviyasining oshganligi millat ruhiyatida uygʻonish boʻlishiga, taraqqiyotning bir qadar tezlashuviga olib keldi. O’qituvchi oldida turgan vazifalar va uning mavqei jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha boʻlgan. Jamiyat gullabyashnagan davrda unga eʼtibor yuksak boʻddi yoki o’qituvchining mavqei koʻtarilgani uchun jamiyat rivoj topdi. Oktabr toʻntarishi amalga oshgandan soʻng va shoʻrolarning oʻz oldiga qoʻygan ommani yoppasiga savodli qilish vazifasini bajarish uchun Turkistonda ham tizimli ravishda o’qituvchi tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Chunki butun oʻlka boʻylab ochilgan maktablarda ishlaydigan mutaxassislar kerak edi. Shu sababli o’qituvchilar shoʻro hokimiyatining dastlabki yillarida urushga olinmaydigan boʻldi. Taʼlim tizimi ham mafkuraga boʻysundirilgan shoʻro davrida o’qituvchilar hukmron siyosatni oʻtkazuvchi kuchga aylantirildi. Ular bevosita taʼlimtarbiyaga tegishli boʻlmagan turli gʻoyaviy-siyosiy hamda tashkiliy ishlarga meʼyoridan ortiq jalb etildi. Shuni aytish kerakki, o’qituvchi alohida ijtimoiy hodisa boʻlib, jamiyat aʼzolarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgani uchun ham uning shaxslik sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi. Chunki u jamiyatning buguni va ertangi kuni qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun ham o’qituvchining professional jihatdangina yetuk boʻlishi kifoya qilmaydi.Uning maʼnaviy olami oʻquvchilarga singdirilishi koʻzda tutilgan ezgu insoniy sifatlarga toʻyingan boʻlishi kerak. O’qituvchilarni tayyorlaydigan oʻquv yurtlarida ayni shu jihatga alohida eʼtibor qaratiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling