Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
Buyuk mutafakkirlar o’qituvchi va muallimlar axloq-odobi haqida. O’rta 
Osiyoda yashagan allomalar yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash, shuningdek 
o’qituvchilik faoliyati va odobiga doir ta‘limotlarni ham yaratdilar. Abu Nasr Forobiy 
o’z asarlarida, har bir kishi jamiyatga, davlatga munosib inson bo’lishi uchun ta‘lim va 
tarbiya olishi lozim deb hisoblaydi. Yoshlarga ta‘lim va tarbiya beradigan ustoz 
shogirdiga nisbatan juda qattiq zug’um qilishga intilmasligi, shuningdek, haddan 
tashqari ko’p yon berishga ham intilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zug’um shogirdda 
ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi, bordi – yu, shogird ustozning juda yumshoqligini 
payqab qolsa, bu hol ustozni mensimaslikka va u beradigan bilimdan sovishga olib 
keladi.
Abu Ali ibn Sinoning fikricha, tarbiya yagona jarayon bo’lib, yoshlarga aqliy, 
jismoniy, nafosat, axloqiy tarbiya berishni, hunar o’rgatishni nazarda tutadi. Bolaga 
ta‘lim – tarbiya berish uchun saxovatli, dono, iymonli, axloqiy va aqliy tarbiya 
usullarini yaxshi biladigan, irodasi kuchli muallim –tarbiyachini tanlash zarur. Muallim 
sog’lom, pok, xalol, xushmuomala kishi bo’lmog’i lozim, deydi. 
Kaykovus. «Qobusnoma» da bolalarga hunar va kasb o’rgatmoq to’g’risida 
farzandiga qilgan nasixatida ota – onaning va muallimlarning bolaga muomala – 
munosabati masalasiga ham to’xtaladi.
Alisher Navoiy. O’qituvchi jamiyatda obro’li va xurmatga loyiq insondir, deb 
hisoblaydi. Shogirdlar muallimni xurmat qilishlarini, e‘zozlashlarini uqtiradi. 
Navoiyning fikricha, ba‘zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik kiladi. 
Muallim esa bir tuda bolalarga ilmu adab o’rgatadi. Bu jarayonda muallim ko’p aziyat 
chekadi, mashakkatlarni boshidan kechiradi. Shuning uchun shogirdlar ustozlari oldida 
umrbod qarzdor ekanliklarini xis etishlari lozim deb hisoblaydi:
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila, Aylamak bo’lmas ado oning xaqin 
yo’z ganj ila.

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling