Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Kalit so'zlar: radiatsiya,ionlahtiruvchi nurrlanish, rentgen, gamma nurlanish, alfa
zarralar,
elektronlar, neytronlar ,
protonlar ,radiatsion nurlanish dozasi,
yutilgan doza,
ekvivalent doza.
Radiatsiyaning tirik organizmga ta`sirini o`rganayotgan tadqiqotchilar radiatsiya-
ning keng tarqalayotganidan jiddiy havotirda. Bitta tadqiqotchi aytgan ekan, zamonaviy
inson radiatsiya ummonida cho`milmoqda. Ko`zga ko`rinmaydigan radioaktiv
zarralar
tuproq- da va havoda,
suvda va oziq-ovqatda, bolalar o`yinchog`ida,qurilish
materiallarida va bosh qalarda. Ilk nigohda eng beozor ko`ringan narsalar aslida sog`liq
uchun juda xavfli bo`lishi mumkin.
Radiatsiya so'zi lotincha "radiation"- ya'ni nurlanish energiyasi ma'nosini
anglatadi. Radiatsiya ionlashtiruvchi nurlanish hisobiga paydo bo'ladi. Ionlashtiruvchi
nurlanishning bir qancha turlari: rentgen,
gamma nurlanish, alfa zarralar, elektronlar,
neytronlar va pro- tonlar oqimi ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Atom yadrosi proton va neyronlardan tarkib topgan.
Ularning tarkibiy tuzilishi, soda qilib aytganda, unchalik omadli emas. Aynan shu
tufayli yadrolar nostabil holatga o`tadi. Bunday yadrolarda har doim ortiqcha energiya
mavjudligidan undan halos bo`lishga intilish kuzatiladi.
Alfa zarralar- nisbatan katta massaga ega bo'lganligi uchun, o'z energiyasini
tezda yo'qotadi va arzimas yugurish yo'liga: havoda 20-100 mm, biologik to'qimalarda
30-150 mm, alyuminiyda 10-70 mm gacha bo'lib, shuncha qalinlikka kira oladi.
Betta zarralar - bu elektron va pozitronlar oqimi bo'lib, katta kiruvchanlik va alfa
zarralarga nisbatan kichik ionlashtiruvchi qobiliyatga ega. Ular radioaktiv parchalanish
paytida paydo bo'lib, nurlanish paytida yorug'lik tezligiga yaqin tezlikga ega bo'ladilar.
O'rtacha eneigiyalarda betta zarralarni yugurish yo'li havoda bir necha metr, suvda 1-2
sm, odam to'qimalarida-1 sm ga yaqin, metallarda - 1 mm atrofida bo'ladi.